236
Masalan, Msensk aluminiy quyish zavodida ЦАМ-1 qotishma olish uchun quyma
ko‗rinishidagi qotishma, ЦАМ10-5 qotishma uchun esa birlamchi rux va ligaturalar
ishlatiladi [3].
ЦАМ4-1 tipidagi rux qotishmasini tigelli induksion
pechda suyuqlantirishda
shixta sifatida shu tipdagi quyma ko‗rinishidagi qotishmadan 50% va ishlab
chiqarishdan qaytgan materiallardan 50% (litniklar,
brakka chiqarilgan quymalar,
past sifatli chiqindilarning qayta suyuqlantirmalari) ishlatiladi. Zarur bo‗lganda
qotishma magniy bilan qo‗shimcha shixtalanadi. Shixtaning barcha komponentlari
diet aralashmalar (namlik, moy va boshqa qo‗shilmalar) dan tozalanadi. Tigelning
uchdan bir sig‗imini to‗ldiradigan suyuq qotishma chiqib ketishining oldini olish
uchun shixtani ehtiyotlik bilan yuklash kerak.
Vannaga dastlab yengil vaznli shixta (qaytarilgan mayda qotishma), so‗ngra
quyma ko‗rinishidagi materiallar yuklanadi. Suyuqlantirish
jarayoni jadal olib
boriladi. Metall eritiladi va 440—460 °C gacha o‗ta qizdiriladi, bundan keyin shlak
olib tashlanadi va ekspress- analiz uchun namuna olinadi. Zarar bo‗lganda qalpoq
yordamida suyuqlanmaga magniy kiritiladi. Agar kimyoviy analiz ijobiy natija
bersa, metallning temperaturasi 440—460 °C ga yetkaziladi va metall 400—450 °C
gacha
qizdirilgan kovshga quyiladi, so‗ngra uni transportirovka qilib, tortib oluvchi
zont ostiga o‗rnatiladi. Bu yerda qotishma tozalanadi.
Tozalash uchun kovshga
suyuqlanma massasidan 0,4% miqdorda tabletkalar kiritiladi. Tabletkalar tarkibiga
87% geksaxloretan, 0,3% ultramarin va 12,7% NaCl kiradi.
Qotishma yaxshilab
aralashtiriladi, shlak tozalanadi va metall qoliplarga quyish uchun transportirovka
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: