O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Quyma qotishmalarga suyuq holatda ishlov berish jarayonlarining


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet105/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

Quyma qotishmalarga suyuq holatda ishlov berish jarayonlarining 
klassifikatsiyasi va uni amalga oshirish usullari. Qotishmani modifikatsiyalash, 
legirlash yoki tozalash maqsadida unga pechda yoki pechdan tashqarida (novda, 
cho‗michda, maxsus qurilmalarda) ishlov berilishi mumkin (4.1- rasm). Ishlov 
berish turli- qo‗shimchalar kiritib yoki tashqaridan ta‘sir qilib (aralashtirish, 
vibratsiya, vakuum va shunga o‗xshashlar) amalga oshiriladi. Qo‗shimchalar 
bevosita metallga yoki shlakka aralash kiritilishi ham mumkin. Tashqaridan ta‘sir 
qilish usuli ham xuddi shunday bo‗ladi. 
Pechdan tashqarida ishlov berish usuli suyuq metallga bevosita qo‗shimcha 
kiritib yoki tashqaridan ta‘sir qilish uchun mo‗ljallangan maxsus qurilmalar 
yordamida amalga oshiriladi (4.2- rasm). Qo‗shim- chalar gazsimon (G — kislorod, 
N — azot, NG—neytral gazlar), qattiq (M — metallar va boshqa texnik sof 
moddalar, elementlar yoki birikmalar, A — aralashmalar, L — ligaturalar, ya‘ni bir 
nechta M qotishmalari, F— flyuslar) va suyuq (F — flyuslar, Sh — shlaklar) 
bo‗lishi mumkin. Qo‗shimchalar kiritish uchun turli qurilmalardan foydalaniladi: D 
— dozator, PGV — gazlarni yuqoridan puflash uchun teshiklari bor truba, PGN — 
gazlarni pastdan puflash uchun g‗ovak tub yoki po‗kak, MV — modifikator, 
masalan, chiviqni mexanik tarzda kiritish uchun qurilma, ZK — zaryadlash 
kamerasi, I — bug‗latgich, K — modifikator joylashtiriladigan qalpoq. 
Ishlov beriladigan joy suyuqlantirish pechi (P), pechdan tashqarida ishlov 
berishda esa suyuqlantirish pechining novi, ochiq cho‗mich, germetik cho‗mich va 
litnik sistemasida ish kamerasi (RK) bor quyish qolipi (F) bo‗lishi mumkin; ish 
kamerasida modifikator joylashtiriladi (4.2- rasmga q.). Tashqaridan ta‘sir qilish 
uchun maxsus qurilmalardan foydalaniladi: filtrlash uchun qurilma UF, A — 


256 
avtoklav, VK — vakuum kamera (ular tuzilishi jihatdan o‗xshash, lekin avtoklavda 
ortiqcha bosim bo‗lishi mumkin) VU, VZ, MP — vibratsiya, ultratovush va 
aralashtirish qurilmalari, EU — elektr qurilma. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling