O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Qiyin eriydigan metallar asosida tayyorlanadigan
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
3.17. Qiyin eriydigan metallar asosida tayyorlanadigan qotishmalarni suyuqlantirish Qiyin eriydigan metallar jumlasiga xrom, vanadiy, niobiy, molibden, tantal, volfram va boshqa metallar kiradi. Metallarning bu gruppasi faqat yuqori suyuqlanish temperaturasi (1860—3400 °C) bilan emas, balki suyuqlantirilgan holatda kislorod, vodorod, azot, uglerod va olovbardosh materiallar bilan o‗zaro ta‘sirlashganda katta kimyoviy aktivlikka ega bo‗lishi bilan ham xarakterlanadi. Shu sababli qiyin eriydigan metallar va ularning qotishmalari vakuumda yoki neytral gazlar muhitida suyuqlantiriladi. Suyuqlantirish uchun vakuum-yoy, elektron-nur va plazma pechlaridan (3.33- rasmga q.) foydalaniladi. Suyuqlanmaning metallmas aralashmalar bilan biroz ifloslanishiga yo‗l qo‗yiladigan hollardagina induksion-vakuum peehlardan foydalaniladi. Tigellarni tayyorlash uchun o‗tga chidamli materiallar sifatida sirkoniy ikki oksidi, yuqori magnezitli o‗tga chidamli materiallar va aluminiy oksididan foydalaniladi. Qiyin suyuqlanadigan metallar (niobiy, molibden, volfram) ni suyuqlantirishda ko‗p umumiylik bor, lekin ular elektrodlarning suyuqlanish tezligi va sifati yaxshi metall olish uchun zarur bo‗ladigan siyraklanish darajasi bilan tafovutlanadi. Vakuum- yoy va garnisaj tigelli electron-nur pechlarida suyuqlantirish juda keng 252 ko‗lamda qo‗llaniladi. Shixta materiallari sifatida poroshok metallurgiyasi metodi bilan tayyorlanadigan shtabiklar (shtabik o‗lchami 16x18x500 mm) ishlatiladi. Sarflanadigan elektrod hosil qilish uchun shtabiklar 1,5—2,5 m uzunlikkacha flus qatlami ostida uchma- uch qilib payvandlanadi, qumqayroq bilan tozalanadi hamda 4—12 donadan (suyuqlantirish agregatining quvvatiga qarab) paket qilib yig‗iladi. Polosalar yoki bo‗lakchalar ko‗rinishidagi legirlovchi elementlar sarflanadigan elektrodlarga ulanadi. Qiyin suyuqlanadigan metallarni suyuqlantirish jarayoni titan qotishmalarini suyuqlantirish jarayoniga o‗xshash bo‗ladi. Niobiy vakuumda, shuningdek, argon yoki geliy atmosferasida suyuqlantiriladi. Qotishma uglerod, seriy yoki ittriy vositasida oksidsizlantiriladi. Molibden va uning qotishmalari shunga o‗xshash usulda suyuqlantiriladi. Oksidsizlantirish uglerod yoki aluminiy vositasida bajariladi. Qiyin suyuqlanadigan metallarni elektron- nur pechlarida suyuqlantirish — eng istiqbolli suyuqlantirish usullaridan biridir. Bu usul vakuum-yoy va induksion usullarga nisbatan afzalliklarga ega: elektron- nurlar yuqori darajada bir joyda to‗plangan isitish energiyasini olishga, suyuqlantirish jarayonini keng chegarada boshqarishga, istalgan ko‗rinishdagi shixta komponentlarini ishlatish va qotishmaning tigel materiali bilan ifloslanishiga yo‗l qo‗ymaslikka imkon beradi, shuningdek, kichik suyuqlantirish tezligi va chuqur vakuumda suyuqlantirilgan metallni o‗ta qizdirishga imkon beradi. Elektron-nur pechlarida suyuqlantirish niobiy, molibden va ular asosida tayyorlanadigan qotishmalar, shuningdek, boshqa metallardan quymalar olishga imkon beradi, chunki u suyuq vannada fizik-kimyoviy jarayonlarning o‗tishi va qiyin suyuqlanadigan metallarning oksidsizlanishi uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bunda oksidsizlantirish uchun suyuqlantiriladigan elektrodlar tarkibiga kislorodga ancha yaqin bo‗lgan sirkoniy yoki seriy qo‗shiladi. Elektron-nur pechlarida ko‗p marotaba qayta suyuqlantirish metall tarkibidagi zararli aralashmalar (kislorod, azot, vodorod va metallmas qo‗shilmalar) miqdorini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi, bu esa metall sifatini ancha 253 yaxshilaydi. Qiyin suyuqlanadigan metallarni suyuqlantirish uchun plazma pechlari ham ishlatiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling