O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Pechdan tashqarida tozalash metodlari va usullari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
Pechdan tashqarida tozalash metodlari va usullari. Pechdan tashqarida
tozalash zararli qo‗shilmalardan ancha chuqur tozalashga yordam beradi. Cho‗yanni suyuqlantirishda pechdan tashqarida tozalash usuli kam qo‗llaniladi, chunki uning tarkibida geterogen fazalar miqdori ancha bo‗ladi va uni tozalash zaruriyati tarkibida oltingugurt kam bo‗lgan maxsus cho‗yanlarni olishdagina vujudga keladi. Bunday holda cho‗yan odatdagi kovshda yoki maxsus qurilmalarda (4.5- rasm) ishlanadi. Tozalash operatsiyasi aralashtirilayotgan cho‗yanga turli qo‗shimchalar kiritib amalga oshiriladi. Qo‗shimchalar sifatida soda va kalsiy karbididan foydalaniladi. Oltingugurt quyidagi reaksiyalar bo‗yicha chiqarib yuboriladi: FeS + Na 2 CO 3 = Na 2 S + FeO + CO 2 , (4.22) MnS + Na 2 CO 3 = Na 2 S + MnO + CO 2 , (4.23) FeS + CaC 2 + 2FeO = CaS + 2CO + 3Fe, (4.24) MnS + CaC 2 + 2MnO = CaS + 2CO + 3Mn. (4.25) Lekin shuni hisobga olish kerakki, kalsiy karbidini kiritishda cho‗yan uglerodlanishi mumkin: FeS + CaC 2 = CaS + Fe + 2C. (4.26) Chet el firmalarining tajribasi shuni ko‗rsatadiki [17], cho‗yan kovshda tozalanganda (4.5- a rasm) uning tarkibidagi oltingugurtni 0,1% dan 0,005% gacha kamaytirish mumkin. 3 min davomida tozalash sharsimon grafitli juda puxta 268 cho‗yan olish maqsadida keyinchalik modifikatorlar bilan ishlov berish uchun yetarli bo‗ladigan darajagacha oltingugurt miqdorini kamaytirishga imkon beradi. Metallmas qo‗shilmalarning miqdori va tuzilishi po‗latning sifatiga jiddiy ta‘sir qiladi, shuning uchun pechdan tashqarida tozalash uning sifatiga ta‘sir qilishga imkon beradi [5, 18]. Suyuqlantirib olinayotgan po‗latlar sortamenti va foydalaniladigan asbob- uskunalarga qarab: po‗latga suyuq oq yoki sintetik shlaklar, fluslar poroshogining aralashmalari bilan, shuningdek, neytral gazlar yordamida tozalab, injektor vositasida poroshok kiritib tozalab, vakuumlash hamda kovshda ishlov berish turlarini vakuumlash bilan birgalikda bajarib, suspenzion quyib kompleks yoki alohida- alohida ishlov berish amalga oshiriladi. Elektr pechlarda asosliligi 2,5 dan ortiq va tarkibida 1% gacha FeO bo‗lgan (FeO kuchli desulfuratsiyalovchi reagent hisoblanadi) oq shlaklardan foydalaniladi. Po‗lat bu shlaklar ostida saqlab turilganda diffuziya jarayonlari suyuqlantirib olingan po‗latni kovshga chiqarish vaqtida uning shlak bilan tez siljishi hisobiga tezlashtirilishi mumkin. Avval unga shlakning katta qismi quyiladi, so‗ngra esa balandlikdan kuchli po‗lat oqimi beriladi. Bunda shlak po‗latning butun massasi bilan o‗zaro ta‘sirlashadigan tomchi ko‗rinishidagi emulsiyaga aylanadi va oltingugurt hamda kislorod miqdori 2—3 marta kamayadi. Sintetik suyuq shlak alohida agregatda tayyorlanadi. Optimal ishlov berish sharoitlari uchun shlak miqdori metall massasidan 3—5% ni tashkil qiladi, shlakning tarkibi 60% CaO va 40% Al 2 O 3 , suyuqlanish temperaturasi 1410°C. Sintetik shlaklar bilan ishlangandan keyin kislorod miqdori 0,003% gacha, oltingugurt esa 0,005—0,01% gacha kamayadi. Ishlov berish uchun yangi so‗ndirilgan ohak (80%) va plavik shpati (20%) poroshoklari aralashmasidan ham foydalaniladi. Aralashma 2—3% miqdorida po‗lat oqimiga beriladi. Bunda oltingugurt miqdori 1,5—2 marta kamayadi. Lekin bu holda chiqarilayotgan po‗latning temperaturasini 20—30 °C ga oshirish zarur. Po‗latga neytral gazlar bilan ishlov berish pech tubida o‗rnatilgan o‗tga chidamli g‗ovak magnezit quyma- bloklar, soxta stopor yoki o‗tga chidamli material bilan 269 qoplangan maxsus cho‗ktirma furmalar orqali bajariladi. 3- 7 minut quritilgandan (tozalangandan) keyin tarkibdagi kislorod miqdori 10—20% ga, vodorod miqdori 15—30% ga kamayadi, azot biroz chiqarib yuboriladi. Ishlov berish natijasida po‗latning mexanik xossalari sezilarli darajada yaxshilanadi. Nisbiy uzayish va siqilishi 10—25% ga, zarbiy qovushoqligi 15—30% ga ortadi. a) b) d) Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling