O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Metallmas qo‘shilmalarning hosil bo‘lishi va chiqarib tashlanishi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
Metallmas qo‘shilmalarning hosil bo‘lishi va chiqarib tashlanishi.
Qo‗shilmalarning hosil bo‗lish jadalligi vaqt birligi ichida hajm birligida ularning hosil bo‗ladigan miqdori bilan baholanadi [9]: , ( ) ( ) - , (4.17) bu yerda: I – qo‗shilmalarning hosil bo‗lish jadalligi, dona/m 3 · s; – kritik o‗lchamli qo‗shilma sirtidagi atomlar soni; n — dastlabki fazaning hajm birligidagi atomlar soni; — metall- qo‗shilma chegarasidagi fazalararo taranglik; V — hosil bo‗ladigan fazaning mol hajmi; ΔG — kritik o‗lchamli kurtaklar hosil bo‗layotganida erkin energiyaning o‗zgarishi: ( ) ( ) . (4.18) α — o‗ta to‗yinish darajasi (element- oksidsizlantirgich va kislorodning amaldagi konsentratsiyasi ko‗paytmasining muvozanat konsentratsiyaga nisbati). Qo‗shilmalar suyuqlanmadan ikkita bosqichda: qo‗shilmalarni hajmdan ajralish sirtiga ko‗chirishda va ularning fazalararo chegaradan o‗tishida chiqarib yuboriladi. Qo‗shilmalarning fazalar orasidagi chegaraga ko‗chirilishi suzib chiqish va konvektiv oqimlar, shuningdek, gaz pufakchalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Birinchi va uchinchi yo‗llar qaytmasdir. Konvektiv ko‗chirish esa qaytar yo‗ldir, ya‘ni konvektiv oqimlar metallmas qo‗shilmalarni suyuqlanmaga faqat kiritishi emas, balki chiqarishi ham mumkin. Masalan, induksion pechlarda aluminiy qotishmalarini suyuqlantirishda jadal aralashtirish himoya pardasi A1 2 O 3 ni ilib ketishi mumkin. Qo‗shilmalarning suzib chiqishi Stoks qonuniga bo‗ysunadi: , (4.19) 266 bu yerda: — suzib chiqish tezligi, m/s; r — qo‗shilishlar radiusi, m; va — metall va qo‗shilmalar zichligi, kg/m 3 ; — qovushoqlik, Pa · s. Fazalarning ajralish chegarasidan o‗tishi sirtiy hodisalarga bog‗liq. Metalldan shlakka o‗z- o‗zidan o‗tish sharti quyidagidan iborat: . (4.20) Yomon ho‗llanadigan qo‗shilmalar (A1 2 O 3 , ZnO 2 va boshq.) ajralish chegarasini qarshiliksiz o‗tadi. Metall bilan yaxshi ho‗llanadigan qo‗shilmalar (po‗lat uchun bu FeO, MnO, SiO 2 ) ajralish chegarasida to‗planishi mumkin, u yerdan konvektiv oqimlar ularni qaytadan suyuqlanma hajmiga olib ketishi mumkin. Bunda konvektiv oqimlarning tezligi jiddiy ahamiyatga ega. Bu tezlik induksion pechlarda juda yuqori (3—8 m/s) va alanga pechlarida juda kichik (0,1—1 m/s) bo‗ladi. Suyuqlanmalarda gaz pufakchalarining hosil bo‗lishi va undan chiqarib yuborilishi sirtiy hodisalarga hamda ko‗rib o‗tilayotgan sistemada bosim kattaliklariga bog‗liq. Suyuqlanma ichida radiusi r bo‗lgan pufakchaga gazning ajralib chiqishi uchun zarur bo‗lgan eng kichik bosim quyidagi formuladan aniqlanadi: , (4.21) bu yerda: va — metall va shlakning solishtirma og‗irligi, g/sm 3 ; ( ) ( ) va — metall va shlak zichligi, g/sm 3 ; va — metall va shlak qatlamining balandligi, m; — 98065 Pa — atmosfera bosimi; — sirt taranglik, N/m. Pufakchalarning hosil bo‗lishi va ularning chiqarib yuborilishi bilan, masalan, 267 po‗latning FeO + C = Fe + CO reaksiya bo‗yicha qaynashi va aluminiy qotishmalarining xloridlar bilan tozalanishi 3ZnCl 2 + 2A1 = 2A1C1 3 + 3Zn xarakterlanadi, bunda gazsimon A1C1 3 ning suzib chiqadigan pufakchalari tozalagich rolini bajaradi. Tozalash samaradorligi termodinamik va kinetik faktorlar qanchalik to‗g‗ri hisobga olingan va tanlangan tozalash usulida jarayon mexanizmi qo‗yilgan masalaga qanchalik javob berishiga bog‗liq bo‗ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling