O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet113/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

 
4.6- rasm. Po‗latni pechdan tashqarida vakuumlash usullari: 
a — kovshda (kamerada); b — kamerada kovshdan kovshga qayta quyishda


271 
d — parsial vakuumlash, e — sirkular kamerada vakuumlash.


272 
3) po‗latni parsial vakuumlash (metall kichik porsiyalar bilan vakuum kamerasi 
orqali o‗tkaziladi, 4.6- d rasm; vakuumlash po‗latni pastga tushadigan va 
ko‗tariladigan kameraga vaqt- vaqti bilan olish natijasida sodir bo‗ladi); 
4) sirkulatsion kamerada vakuumlash (metallni sirkulatsiya qilish neytral gaz 
bilan puflash hisobiga amalga oshiriladi, 4.6- e rasm). 
Vakuumda metallni pechdan tashqarida degazatsiya qilish vodorodning 
miqdorini dastlabki miqdordan 40—60% ga, kislorodni 50—70% ga, azotni 
5—10% ga pasaytirishga, shuningdek, metallmas qo‗shilmalar miqdorini 
kamaytirishga imkon beradi. Po‗latni vakuumda ishlash natijasida uning elastikligi, 
zarbiy qovushoqligi, sovuqqa chidamliligi ortadi va darzlar hosil bo‗lishga moyilligi 
pasayadi. 
Agar barcha suyuqlantirish jarayoni vakuumda sodir bo‗lsa, vakuumda ishlov 
berish samaradorligini oshirish mumkin [25]. Bu jarayon induksion vakuum 
pechlarida (IVP) amalga oshiriladi. Po‗lat chuqur degazatsiyalanadi, vakuumda 
uzoq muddat saqlab, ancha tola oksidsiz- lantiriladi va elektr magnit vositasida 
aralashtiriladi. Bunda po‗latdan yengil uchuvchan rangli metallar aralashmasi 
chiqarib yuboriladi. 
Induksion vakuum pechida amalda istalgan kimyoviy tarkibli po‗latni 
suyuqlantirib olish mumkin (yengil uchuvchan metallari bo‗lgan legirlangan 
po‗latlar bundan mustasno). IVPda, odatda, olovbardosh va yuqori legirlangan 
po‗latlar suyuqlantiriladi. Ulardan ba‘zi birlarini oddiy pechlarda olib bo‗lmaydi, 
chunki havoda suyuqlantirish imkoniyati cheklangan. Faqat vakuumda 
suyuqlantirish usuli qo‗llanilgandagina tarkibida aluminiy, titan, bor va shular kabi 
elementlari bo‗lgan murakkab tarkibli qotishma hamda po‗lat ishlab chlqarish 
imkoni bo‗ladi. 
Vakuumda suyuqlantirishda suyuq metallda sodir bo‗ladigan jarayon bir- biri 
bilan o‗zaro bog‗langan hamda bir yo‗la sodir bo‗ladi. Metallni uglerod bilan 
oksidsizlantirish (bunda uglerod oksidi yoki uglerod ikki oksidi ajralib chiqadi) azot 
va vodorodning ajralib chiqishi, metallmas aralashmalarning suzib chiqishi hamda 
qaytarilishi, tez uchuvchan komponentlar aralashmalarining bug‗lanishi va 


273 
hokazolar bilan birgalikda sodir bo‗ladi. Bu jarayondan foydalanilganda tarkibida 
kislorodi kam metall olish imkoniyati tug‗iladi. Oksidsizlantirishda qariyb metallda 
erimaydigan uglerod oksidi va uglerod ikki oksidi hosil bo‗ladi. Ular reaksiya 
zonasidan chiqib ketadilar va suyuq metalldan ajralib chiqadilar, bu esa uglerod 
bilan oksidsizlantirishning kislorod bilan o‗zaro ta‘sirlashish mahsulotlari metallda 
qoladigan boshqa oksidsizlantirgichlardan foydalanishga qaraganda afzal ekanligini 
ko‗rsatadi. Vakuum qanchalik chuqur va CO bosim qanchalik past bo‗lsa, 
uglerodning oksidsizlantirish qobiliyati shunchalik yuqori hamda uglerodning 
berilgan konsentratsiyasi biian shunchalik oz miqdordagi kislorod muvozanatda 
bo‗lishi kerak. 
Lekin oksidsizlantirgich sifatida bitta uglerodning ishlatilishi po‗latning, ayniqsa 
kam uglerodli po‗latning to‗la oksidsizlanishini ta‘minlamaydi. Chuqur 
oksidsizlantirish uchun metall oksidsizlan- tirgichlardan ham foydalanish kerak. 
Vakuumda oksidsizlantirganda odatdagi ochiq sharoitlarda suyuqlantirishdagi 
oksidsizlantirishga qara- ganda (bunda kiritiladigan elementlar shlak va oksidlovchi 
atmosfera bilan oksidlanadi) metall oksidsizlagichlar ancha kam talab etiladi. 
Legirlash uchun, odatda, sof materiallardan foydalaniladi. Agar ferroqotishmalar 
ishlatilsa, ularni pechga yuklashdan oldin adsorbsiyalangan gazlar va namlikni 
chiqarib yuborish hamda vannaga materialning sovuq bo‗laklari tushganda suyuq 
metallning qattiq chayqalib sepilishining oldini olish uchun yaxshilab qizdiriladi. 
Yirik IVPlarda suyuq holda quyish usulidan foydalaniladi. Yarim (chala) mahsulot 
sifatida yoy pechida suyuqlantirib olingan yarim oksidsizlantirilgan po‗latdan 
foydalaniladi. Sovuq tigel gaz gorelkasi bilan 700 °C gacha qizdiriladi. Suyuq 
metall pech ichida o‗rnatilgan maxsus quyish trubasi yordamida quyiladi. Truba 
po‗lat oqimini bevosita tigelga yo‗nlatiradi va metall siyraklashtirilgan atmosferaga 
tushganda uning sachrashini kamaytiradi; bosim bundan oldin 300—330 Pa gacha 
pasaytiriladi. Suyuq metall yuklab ishlaganda suyuqlantirib olish vaqti qisqaradi 
[25]. 
Eng muhim davr tozalash davri hisoblanadi. Bu davr metalldan eriydigan gazlar, 
uglerod va oltingugurtni chiqarib yuborish uchun zarur bo‗lgan texnologik 


274 
operatsiyalarni o‗z ichiga oladi. Bu davr ichida metall shixta tarkibidagi uglerod 
hisobiga ham, shuningdek, grafit, cho‗yan, uglerodli ferroqotishmalar hisobiga ham 
uglerod bilan oksidsizlantiriladi. Uglerod bilan oksidsizlantirishda saqlab turish 
vanna to‗la tinchimaguncha davom ettiriladi. Vakuumlash metalldan vodorod, azot 
va kislorodni chiqarib yuborishga yordam beradi. 
Metalldagi kislorod konsentratsiyasini pasaytirish uchun yakunlovchi bosqichda 
metall oksidsizlantirgichlar: aluminiy seriy bilan, shuningdek, ligaturalar 
ko‗rinishidagi kalsiy yoki magniy ishlatiladi. 
Rangli qotishmalarni pechdan tashqarida tozalash kovshda xlorli va ftorli tuzlar 
bilan ishlov berish, vakuumlash hamda filtrlash yo‗li bilan bajariladi. Ayrim 
hollarda elektr flus yordamida tozalash qo‗llaniladi. Vakuumlashda eng yuqori 
darajada degazatsiyalashga erishiladi. Vakuumda metall 1330 Pa bosimda 10—30 
min davomida saqlab turiladi; bunda suyuqlanmaning temperaturasi 720—740 °C 
atrofida saqlab turiladi. Vakuumlash qizdirmasdan olib boriladigan hollarda 
suyuqlanma ishlov berish oldidan 760—780 °C gacha o‗ta qizdiriladi. 
Aluminiy suyuqlanmalarini metallmas qo‗shilmalardan tozalash uchun to‗r 
donador va g‗ovak keramik filtrlar orqali filtrlash, shuningdek, elektr flus 
yordamida tozalash qo‗llaniladi. To‗r filtrlar suyuqlanmalarni yirik qo‗shilmalar 
hamda pardalardan tozalash uchun keng ko‗lamda qo‗llaniladi. Ular o‗lchami to‗r 
katagidan katta qo‗shilmalarni ajratadi. To‗r filtrlarni tayyorlash uchun katagining 
o‗lchamlari 0,5 x 0,5 dan 1,5 x 1,5 mm gacha bo‗lgan shisha matodan va titandan 
tayyorlangan metall to‗rdan foydalaniladi. Shisha matodan tayyorlangan filtrlar 
litnik kanallarida o‗rnatiladi: ularning ishlatilishi yirik metallmas qo‗shilmalar va 
pardalarni 1,5—2 marta kamaytirishga imkon beradi, lekin ular dispers qo‗shilmalar 
hamda vodorod miqdoriga ta‘sir qilmaydi. Donador filtrlar yordamida tozalash 
ancha sezilarli natija beradi, chunki ular metallga tegib turadigan yuzasining 
kattaligi hamda o‗zgaruvchan kesimli, uzun ingichka kanallarga ega ekanligi bilan 
farqlanadi. 
Aluminiy suyuqlanmalarini pardalar va yirik qo‗shilmalardan eng samarali 
tozalash usullaridan biri — elektr flus yordamida tozalashdir. Bu jarayonning 


275 
mohiyati shundan iboratki, suyuqlanmaning ingichka oqimlarini suyuq flus qatlami 
orqali bir yo‗la metallni qoplab o‗tkazilganda va o‗zgarmas hamda o‗zgaruvchan 
tok maydonining flusi qo‗shilmalarni flus bilan adsorbsiyalanishi uchun qulay 
sharoitlar yaratishidan iborat. Buning natijasida metall bilan chegaradosh zonada 
fazalararo taranglikpasayadi [23]. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling