O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
4.4- rasm. Kinetik (a) va kvazimuvozanat (b) tozalash sxemalari.
Agar jarayon boshlanishida reaktor tarkibida i- komponent bo‗lmagan deb qabul qilinsa (masalan, jarayon bo‗sh sig‗imda qayta suyuqlantirishdan boshlangan) va (4.13) tenglama integrallansa, quyidagiga ega bo‗lamiz: . (4.14) /Ω nisbat solishtirma unumdorlik, ya‘ni reaksiya sodir bo‗ladigan yuza birligi P ga to‗g‗ri keladigan unumdorlik deb ataladi. Bunda . (4.15) 264 Shunday qilib, kvazimuvozanat jarayonining tozalash qobiliyati uning solishtirma unumdorligiga bog‗liq. Binobarin, Ω va larning qiymati ning talab etiladigan qoldiq darajasiga bog‗liq bo‗ladi. Kinetik usulda tozalashda talab etiladigan qiymatga τ t va Ω larni o‗zgartirib erishiladi. Tozalash usuli kо‗rib o‗tilayotgan jarayonning imkoniyatlarini termodinarnik analiz qilish, uning mexanizmini analiz qilish va uning parametrlarini kinetika jihatidan aniqlash asosida tanlanadi. Tozalash sirtda sodir bo‗ladigan hodisalarga sezilarli darajada bog‗liq. Unga sirtiy aktiv moddalar, ya‘ni fazalarning ajralish yuzasida to‗planishga va uning erkin energiyasini pasaytirishga qobil bo‗lgan moddalar jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bunda yuzada to‗plangan moddalar hajmda to‗plangan moddalardan ancha farq qilishi mumkin: . (4.16) bu yerda: — adsorbsiyalangan modda miqdori (2.43 formulaga q ); va — yuza va hajmdagi i- komponentning mol ulushi; ω — 1 molga to‗g‗ri keladigan sirt yuzasi, m 2 /mol. Masalan, oltingugurt uchun uning hajmiy konsentratsiyasi 0,05 bo‗lganda, sirtiy konsentratsiya 20% ga yetadi [9]. Agar jarayon diffuziya bilan limitlansa, unda sirtiy aktiv moddalar uning tezligiga ta‘sir qilmaydi. Shu holning o‗zida sirtiy aktiv moddalarning o‗zi ajralish sirtida reaksiyaga kirishsa, jarayon ikkita variantga ega bo‗lishi mumkin: — kimyoviy akt bilan limitlanish (kinetik tenglamaga adsorbsiyani hisobga olib sirtiy konsentratsiya qiymati qo‗yiladi); — diffuziya bilan limitlash (yuqori darajadagi sirtiy konsentratsiya ishlab chiqiladi va kattalik hajmdagi konsentratsiyaga qaraganda past bo‗ladi). Shu boisdan bittasi sirtiy aktiv modda hisoblangan komponentlarning o‗zaro ta‘sirlashish katta tezliklari diffuzion tormozlash uncha sezilarli bo‗lmagan hollarda kuzatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling