O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
4.1- rasm. Quyma qotishmalarni suyuq holatda ishlov berish jarayonlarining
klassiflkatsiyasi. Pechdan tashqarida ishov berish 4.2- rasmda ko‗rsatilgan elementlarni birlashtirib amalga oshiriladi. Masalan, modifikatsiyalashning quyidagi metodlari mavjud: L ∪ VJ — novda ligatura bilan modifikatsiyalash, L ∪ D ∪ VJ — shuning o‗zi, lekin dozator ishlatiladi, M ∪ ZK ∪ GK — germetik cho‗michda metall (masalan, magniy) bilan modifikatsiyalash, L ∪ RK ∪ F — qolipda ligatura bilan modifikatsiyalash va h.k. Bu yerda bo‗lishi mumkin bo‗lgan kombinatsiyalar soni ancha ko‗p. Tozalash. Tozalash deganda metallarni zararli qo‗shilmalardan tozalash tushuniladi. Undan birlamchi metallurgiyada hamda qotishmalar va metallarni ikkinchi marta suyuqlantirishda ham foydalaniladi. Tozalashning pirometallurgik, elektrolitik va kimyoviy metodlari bir- biridan farq qiladi. 257 Quymakorlikda yuqori temperaturada amalga oshiriladigan va zararli aralashmalarning bir fazadan boshqasiga o‗tishi bilan bog‗liq bo‗lgan pirometallurgik usul keng tarqalgan; bir fazadan boshqasiga o‗tishga oksidlanish—qaytarilish reaksiyalari, aralashmalarni boshqa faza bilan adsorbsiyalash (adsorbsion usul) yoki qo‗shilmalarning metallda bo‗lish sharoitlarini o‗zgartirish, masalan, vakuumdan foydalanish (bu usul ba‘zan noadsorbsion usul deb ataladi) yordamida erishiladi. Chiqarib yuboriladigan zararli qo‗shimchalarni uchta turga bo‗lish mumkin: metallda erigan va metallmas qo‗shilmalar yoki gazlar ko‗rinishida bo‗ladigan aralashmalar. Metallda erigan aralashmalar oksidlab tozalash usuli bilan chiqarib yuboriladi. Bu usul aralashma- larning O, S, Cl, F lar bilan asosiy metall shu elementlarning o‗zi bilan hosil qiladigan birikmalarga qaraganda ancha mustahkam birikmalar hosil qilish qobiliyatiga asoslangan. Bu usuldan, masalan, misni tozalashda foydalaniladi. Masalan, suyuq misni havo bilan puflab tozalashda misga nisbatan kislorodga ancha yaqin bo'lgan Fe, Ni, Zn, Pb, Sb, As, Sn lar vanna yuzasiga suzib chiqadigan va so‗ngra oson chiqarib yuboriladigan oksidlar hosil qiladi. Temir suyuqlanmalaridan S va P lar temirga qaraganda oltingugurtga ancha yaqin bo‗lgan elementlar yoki birikmalar yordamida chiqarib yuboriladi: FeS + CaO = CaS + FeO , (4.1) FeS + CaO = CaS + FeO , (4.2) Fosfor oskidlab tozalash yo‗li bilan chiqarib yuboriladi: 2P + 5FeO = P 2 O 5 + 5Fe , (4.3) 3FeO + 2P 2 O 5 = (FeO) 3 P 2 O 5 , (4.4) (FeO) 3 P 2 O 5 + 4CaO = (CaO) 4 P 2 O 5 + 3FeO . (4.5) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling