O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.4. Modifikatsiyalash Umumiy xarakteristikasi.
Rangli qotishmalarni legirlash. Aluminiy qotishmalarida asosiy legirlovchi
elementlar sifatida Mg, Cu, Si va boshqalar, magniy qotishmalarida Sn, Al, Zn, Ni va boshqalar, mis qotishmalarida Zn, Sn, Sb, Al, Ti, Si, Be va boshqalar ishlatiladi. Rangli qotishmalarni legirlash suyuqlantirishda asosiy operatsiyalardan biri hisoblanadi va tarkibi maxsus tanlangan ligaturalar yordamida yoki tayyor ligaturalardan foydalanib bajariladi. Quymakorlikda rangli qotishmalar sof komponentlar bilan kamdan kam legirlanadi; ko‗pincha, ligaturalar yoki legirlovchi elementlar quyma qotishmalarni tayyorlash jarayonida kiritiladi. Bu qotishmalarning tarkibida asosiy komponentlar ham, legirlovchi komponentlar ham bundan oldin bo‗lgan. 4.4. Modifikatsiyalash Umumiy xarakteristikasi. Modifikatsiyalash deb, qotishmaning kristallanishi va strukturasiga maxsus qo‗shimchalar — modifikatorlar kiritib ta‘sir etilishiga aytiladi. Modifikatsiyalash oitiqcha fazalarni dispers yoki koagulatsiyalangan ajratmali mayda donador struktura (intermetallidlar, karbidlar, grafit va h.k.) olish maqsadida amalga oshiriladi. Modifikatsiyalovchi effektning namoyon bo‗lishiga qarshilik ko‗rsatadigan qo‗shimchalar yoki aralashmalar demodifikatorlar deb ataladi. Modifikatsiyalovchi qo‗shimchalar ularning kristalik kurtaklarning hosil bo‗lish jarayoniga fizik- kimyoviy ta‘sir etish tabiatiga ko‗ra I va II tur modifikatorlarga bo‗linadi. I tur modifikatorlar jumlasiga suyuqlanmada kristallizatsiyalanish markazlari shakllanadigan va yuqori dispers qattiq zarrachalar hosil qiladigan moddalar kiradi. II tur modifikatorlar jumlasiga esa kristalik kurtak qirralarida tanlab adsorbsiyalanadigan hamda fazalararo sirt taranglikni va kristallarning o‗sish xarakterini o‗zgartiradigan eruvchan moddalar kiradi. Aluminiy qotishmalari uchun I tur modifikatorlar jumlasiga titan yoki vanadiy qo‗shimchalari, po‗lat uchun — aluminiy va titan qo‗shimchalari kiradi. 278 Yangi qotishmalar uchun modifikatorlar ishlab chiqishda ko‗pincha turli elementlarning oldindan ma‘lum bo‗lgan ta‘sir etish qonuniyailariga amal qilinadi. Masalan, I gruppa elementlari (Li, Na, K, Pb, Cs) ning qo‗shimchalari aluminiy qotishmalarining strukturasiga; noyob- yer elementlariniki po‗latning strukturasiga; III gruppa elementlari (Sc, Y, La) ning qo‗shimchalari cho‗yan strukturasiga ijobiy ta‘sir qiladi. Eng maqsadga muvofigi — kompleks modifikatorlardan foyda- lanishdir. Bunda qo‗shimcha yoki bir nechta qo‗shimcha (tayyor ligatura ko‗rinishida) bir yo‗la I va II tur modifikatorlar tipi bo'yicha qotishmaga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Kompleks modifikatorlar eng samarali modifikator sifatida sanoatda keng qoilaniladi (masalan, kulrang cho‗yanlarni modifikatsiyalash uchun qoilaniladigan Fe— Si—Ca asosida Al, Ti, Ce va La qo‗shib tayyorlangan modifikator). Modifikatorlarni qotishmalar strukturasiga ta‘sir qilish xususiyati modifikatsiyalashning texnologik sharoitlari va kiritiladigan modifikator miqdoriga bog‗liq. Modifikatsiyalashda qotishmalar strukturasining o‗zgarishi mexanik xossalar kompleksining o‗zgarishiga olib keladi. Bunda metallning gazlar bilan ifloslanishi kamayadi va quyma zichligi ortadi. Modifikatsiyalash effektiga turli tashqi ta‘sir metodlari bilan ham erishish mumkin: ultratovush yordamida ishlov berib, vibratsiya yordamida, elektr magnit maydonlari bilan ta‘sir qilib va shunga o‗xshashlar. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling