285
ajratib, kristallizatsiyalanadi. Bu zarrachalar qotishmalar- ning mexanik xossalarini
yomonlashtiradi va yuqori darajada qattiq bo‗lgani uchun mexanik ishlov berishni
qiyinlashtiradi [23]. Kremniyning birlamchi kristallarini
maydalash kremniyga
nisbatan sirtiy- aktiv bo‗lgan fosforni (0,05—0,1%) suyuqlanmaga kiritib, amalga
oshiriladi (4.9- rasm). Foydalaniladigan modifikatorlar 4.2- jadvalda ko‗rsatilgan.
Magniy qotishmalarini modifikatsiyalash o‗ta qizdirish yoki qo‗shimchalar
kiritish bilan amalga oshiriladi. O‗ta qizdirish
yordamida modifikatsiyalash
tozalashdan keyin amalga oshiriladi: po‗lat tigelda qotishma 850—925 °C
gacha
qizdiriladi, 10—15 min saqiab turiladi va tezlikda 680—720 °C
gacha sovitiladi,
shundan keyin qoliplarga quyiladi.
4.2- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: