O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aluminiy qotishmalarini suyuqlantirish texnologiyasi.
3
kg/m 3 va suyuqlanish temperaturasi past bo‗lgan (186,5 °C) organik moddadir. Geksaxloretan sarfi 0,3—0,7% ni tashkil qiladi, 740—750 °C da ishlov beriladi. Xlorli tuz, C 2 C1 6 lardan farqli o‗laroq, gigroskopik emas va u uchun maxsus saqlash sharoitlari talab etilmaydi. Quyish sexlarida «Degazer» preparati tabletkalari qo‗llaniladi, tab- letkalar tarkibida geksaxloretan va xlorli bariy bo‗ladi (massasidan 10 %). 226 Suyuqlanmada xlorli birikmalar aluminiy bilan o‗zaro ta‘sirlashadi: 3MeCl 2 + 2A1 → 3A1C1 3 + 3Me. (3.77) Pufakchalar ko‗rinishidagi xlorli aluminiy suyuqlanmadan o‗tayotganida metallmas aralashmalarni o‗zi bilan olib ketadi. Bundan tashqari, suyuqlanmadagi vodorod pufakchaga diffuziyalanadi, natijada metallning metallmas aralashmalaridan tozalanishi ta‘minlanadi. Aluminiy qotishmalarini tozalash filtratsiyalab ham amalga oshirilishi mumkin. Bu usul metall—filtr ajralish chegarasida suyuqlan- maning fizik va kimyoviy adsorbsiyaga hamda suyuqlanmadagi muallaq metallmas aralashmalarni mexanik tarzda ushlab qolishga asoslangan. Filtrlash uchun turli materiallar ishlatiladi. Masalan, shisha to‗qima qotishmaning metallmas aralashmalar bilan ifloslanganligini taxminan 2-2,8% kamaytirishga imkon beradi; donalarining kattaligi 3—6 mm bo‗lgan maydalangan glinozyom qotishmadagi metallmas aralashmalar miqdorini pasaytiradi, lekin vodorod miqdorini kamaytirmaydi. Alu- miniy qotishmalarini tozalash uchun vakuum, ultratovush va boshqalardan ham foydalaniladi. Aluminiy qotishmalarini suyuqlantirish texnologiyasi. Shixta materiallari sifatida quymalar ko‗rinishidagi birlamchi aluminiy va silumin, quymalar ko‗rinishidagi aluminiy qotishmalari, qaytgan metall, aluminiy temir- tersaklari va chiqindilari, shuningdek, ligaturalar ishlatiladi. Ligaturalar aluminiy qotishmasiga qiyin eriydigan komponentlar (Cu, Ni va boshq.) yoki yo‗qotishlar eng kam bo‗ladigan, oson oksidlanadigan aktiv komponentlar kiritish maqsadida tayyorlanadi. Ligaturaning suyuqlanish temperaturasi suyuq qotishma temperaturasiga yaqin bo‗lishi kerak (3.11- jadval). Ligaturalarni istalgan suyuqlantirish pechida tayyorlash mumkin. Qiyin eriydigan ligaturalar (Ti, Be, Zr, Cr) grafit tigellarda suyuqlantiriladi. Ligatura quyidagi tartibda tayyorlanadi: avval aluminiy suyuqlantiriladi, so‗ngra uncha katta bo‗lmagan porsiyalar bilan ma‗lum temperaturali legirlovchi qo‗shilma kiritiladi 227 (3.11- jadval), so‗ngra suyuqlanma aramshtiriladi, bu esa legirlovchi qo‗shilmalarning tez o‗zlashtirilishiga yordam beradi, suyuqlanmani oksidlanishdan saqlaydigan qoplama fluslar kiritiladi va u tozalanadi. Barcha aluminiy qotishmalari (alummiy-magniyli qotishmalar bundan mustasnodir) shunga o‗xshash suyuqlantiriladi. Temperatura ortgan sari gazlarning yutilishi jadallanishiga asoslanib, aluminiy qotishmalarini suyuqlantirish tezlashtirilgan tarzda va optimal temperaturalarda olib borilishi tavsiya etiladi (3.12- jadval) [7]. Tigelli induksion pechlarda suyuqlantirish jarayonini ko‗rib chiqamiz, chunki ulardan barcha gruppalar qotishmalari uchun foydalanish mumkin. Induksion pechlarda suyuqlantirishda tozalangan tigelga ehtiyotlik bilan, zarbalarsiz shixta yuklanadi: tigel tagiga qaytarilgan xususiy metall zich yotqiziladi, so‗ngra quyma ko‗rinishidagi metall va uning ustiga mayda qaytgan xususiy metall yuklanadi. Pech ishga tushiriladi va suyuqlantirish operatsiyasi boshlanadi. Shixtaning birinchi porsiyalari suyuqlanayotganda qolgan qismi yuklanadi. Induksion pechlardagi suyuqlantirish jarayonini jadallashtirish uchun suyuqlantirish tigelning uchdan bir hajmini tashkil etadigan «botqoq» bilan olib boriladi. Metall otilib chiqishining oldini olish uchun yuklanadigan shixta nam, moy va emulsiyadan tozalangan bo‗lishi kerak. ZILdagi induksion pechlarda AЛ4 qotishma suyuqlantiriladi. Kokilga quyish (№ 11) va bosim ostida quyish (№ 10) uchun qotishma suyuq fluslar bilan tozalanadi (3.10- jadvalga q.). Suyuq fluslar bilan ishlangandan keyin qotishmadagi gazlarning qoldiq miqdori texnologik vakuum- namuna bilan kontrol qilinadi. Agar tarkibdagi gaz miqdori katta bo‗lsa, qotishma flus bilan takror ishlanadi yoki suyuqlanmani 3-5 soat davomida saqlab turish yo‗li bilan gazdan tozalash uchun u kanalli induksion mikserga qayta quyiladi. Suyuqlanmani atmosfera bilan o‗zaro ta‘sirlashishdan № 3 tarkibli qoplama flus vositasida himoya qilinadi (3.10- jadvalga q.). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling