O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
3.32- rasm. Mis va nikel qotishmalarini suyuqlantirish pechlarining texnologik
sxemalari. Tigel yoki baraban tipidagi kanalli pechlar, asosan, jezlarni suyuqlantirish uchun ishlatiladi (ILK seriyali pechlar). Baraban tipidagi pechlar (3.32- e rasm) sig‗imi tigel tipidagi pechlar sig‗imiga nisbatan katta bo‗ladi. Metall joylashgan 4 barabanning pastki qismida, odatda, bir nechta induksion elementlar bo‗ladi: 3 birlamchi o‗ramli 2 o‗zak suyuq metalli 1 kanalni qamraydi. Suyuq metall ikkilamchi o‗ram vazifasini o‗taydi va unda issiqlik energiyasi generatsiyalanadi. Induksion vakuum pechlari (3.32- f rasm) nikel qotishmalarini suyuqlantirish uchun qo‗llaniladi. Vakuum kamerasida 2 pechning o‗zi ham, 3 qolip ham joylashadi. Yoy pechlari, asosan, bronzani suyuqlantirish uchun qo‗llaniladi. Ular mustaqil yoyli pechlardir (3.32- g rasm).Ular baraban tipidagi 1 ishchi bo‗shlig‗iga ega, unga yon tomonlaridan grafitlantirilgan 2 elektrodlar kiritilgan, bu elektrodlar orasida yoy yonadi. Titan qotishmalari va qiyin eriydigan metallarni suyuqlantirish uchun pechlarning uchta tipidan foydalaniladi: vakuum- yoy, plazma va elektron- nur pechlari. Elektrod sarflanadigan vakuum- yoy pechi (3.33- a rasm) suv bilan sovitiladigan 221 3.33- rasm. Titanli qotishmalarni va qiyin eriydigan metallarni suyuqlantirish pechlarining texnologik sxemalari. 4 mis tigel joylashgan 1 vakuum kamerasiga ega. Tigel tashqi muhit bilan 2 elektr kabeli va suv bilan sovitish shlangasi 3 vositasida bog‗langan. Tigel atrofida yoy razryadini fokusga to‗plash va suyuq metallni aralashtirish uchun mo‗jallangan 6 solenoid joylashgan. Qayta suyuqlantiriladigan metall va suv bilan sovitiladigan tigel devorlarida qotib qolgan qotishma qatlamidan iborat 5 garnisaj tigel futerovkasi bo‗lib xizmat qiladi. Elektrod vazifasini, odatda, shixta yombisi o‗taydi. Lekin ba‘zan sarflanmaydigan elektroddan foydalaniladi, shixta yombisi esa alohida uzatiladi. Shixta yombisi 8 elektrod tutgichga mahkamlangan va u erigan sayin uni pastga siljitadi. Qiyin eriydigan massani eritish uchun tigelning quyish burnida sarflanmaydigan 9 yordamchi elektrod bo‗ladi. Jarayon 10 tuynukcha orqali kuzatib turiladi. Qolip 11 lar 12 burilma stolda joylashgan. Elektron- nur pechi (3.33- b rasm) shunga o‗xshash qurilgan bo‗lib, faqat issiqlik energiya manbayi 4 elektron to‗p bo‗ladi. Vakuum kamera 1 da, shuningdek, suv bilan sovitiladigan 2 garnisaj tigel va 5 qolip joylashgan. Shixta yombisi yon tomondan uzatiladi. Qayta suyuqlantiruvchi plazma pechlarida (3.33- d rasm) ham 1 vakuum kamerasi, 2 tigel va 4 shixta yombisini eritadigan bir nechta 3 plazmatron bor. Suyuq metall 5 qolipga, shuningdek, 2 burilma tigeldan quyiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling