O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
3.28- rasm. Konvertorlar
Havo metall bilan kontaktlashib, birinchi navbatda (1.16) reaksiya bo‗yicha temirni oksidlaydi. Kremniy va marganes (1.19), (1.22) reaksiyalar bo‗yicha kislorodda, shuningdek, temir ikki oksidi bilan (1.28), (1.29) reaksiyalar bo‗yicha oksidlanadi. Metallning temperaturasi ko‗tarila boshlaydi va (1.25) hamda (1.30) reaksiyalar bo‗yicha uglerodning yonishi boshlanadi. Havo berib tozalashning bu davri konvertor og‗zidan chala CO ning yonishidan hosil bo‗ladigan alanga ajralib chiqishi bilan xarakterlanadi: 205 1600 1500 1400 1300 . (3.67) Metall va shlak tarkibini, shuningdek, metall temperaturasining o‗zgarishi 3.29- rasmda ko‗rsatilgan. Havo berib tozalash oxirida alanga pasayadi, bu esa metallni me‘yoriga yetkazish va uni oksidsizlantirishni boshlashga imkon beradi. Yetishmagan uglerod miqdori tarkibida 7% gacha C bo‗lgan ferromarganes bilan kiritiladi. Bir yo‗la Mn bo‗yicha me‘yoriga yetkazish va (1.37) reaksiya bo‗yicha oksidsizlantirish operatsiyalari bajariladi. Chiqarishdan oldin yoki chiqarilayotgan vaqtda ferrosilitsiy, so‗ngra aluminiy qo‗shiladi. Po‗lat (1.36) va (1.38) reaksiyalar bo‗yicha oksid- sizlantiriladi. Oltingugurt va fosforni chiqarib yuborish imkoniyatining yo‗qligi kislotali konvertorda havo berib po‗lat olishning jiddiy kamchiligidir. Suyuq cho‗yanni tagi ochilmaydigan konvertorda vertikal furma orqali 0,8—1,2 MPa bosim ostida beriladigan kislorod bilan tozalash mumkin. Bu konvertorning asosli futerovkasi oltingugurt va fosforni chiqarib yuborishga imkon beradi. Kislorodning qo‗llanilishi jarayonni jadallashtiradi, po‗lat temir-tersaklari qo‗shishga imkon beradi, uning cho‗yan tarkibiga bog‗liq bo‗lmasligini ta‘minlaydi. 3.29- rasm. Metallni konvertorda havo bilan puflashda kimyoviy tarkibining va temperaturasining 206 o‗zgarishi. Kislorod konvertorlariga qayta ishlanadigan suyuq cho‗yan quyiladi. Bu cho‗yanning tarkibida, odatda, 3,7 – 4,4% C; 0,3 – 1,7% Si; 0,4 – 2,5% Mn; 0,3% P va 0,03 – 0,08% S bo‗ladi. Konvertorga yuklanadigan po‗lat temir-tersaklarining miqdori Si va Mn lar miqdori hamda quyiladigan cho‗yanning temperaturasiga bog‗liq. Po‗lat temir-tersagining miqdori, odatda, quyiladigan cho‗yan massasining 25 – 30% ini tashkil qiladi. Shlaklar hosil qilish uchun metal shixta massasining 9% i miqdorida ohakdan foydalaniladi. Jarayonlarning fizik- kimyoviy mohiyati (1.16), (1.19), (1.22), (1.25), (1.28) - (1.38) reaksiyalar yordamida tavsiflanadi. Kislorod-konvertor jarayonining yuqori darajada unumdorligi va keng metallurgik imkoniyatlari uni po‗latdan shakldor quymalar olish uchun ham qo‗llashga imkon beradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling