qimmatbaho gavhari”, “Sharq Rimi”, “Qadimgi Sharq Jannati” kabi so‘zlar
bilan atashgan.
Go‘zalligi bilan mashxur bo‘lgan Samarqand xaqida qadimgi Gresiya
tarixchilari, sharqshunoslari, salnomachilari ajoyib fikrlarni bildirishgan. Shoirlar,
yozuvchilar u xaqda gazallar, qo‘shiqlar aytishgan. Jahon mamlakatlarida sayyohlar
va olimlar uni xalq dahosini asrlar sahifasiga muhrlangan ajoyib xalq ustalarining,
zukko me’morlarning, betimsol quruvchilarning badiiy va ilmiy tafakkur mutassami
sifatida tilga olganlar.
Samarqandning toshdan, yog‘ochdan bunyod etilgan monumental qurilish
inshootlari kishilarning ko‘z o‘ngida milliy madaniyatlarning o‘ziga xos tomonlarini
yorqin, chuqur ochgan holda butun go‘zalligi va nazokati bilan namoyon bo‘ladi.
Ulug‘vor, betakror, nodir arxitektura inshootlari bugungi kungacha saqlanib qolgan
bo‘lib, ular oddiy kishilar tarixining ajoyib ijodkorlari qo‘llari bilan bo‘nyod
etilgandir. Bu qo‘li gul ustalar asrlar mobaynida o‘lmas asarlar yaratganlarki, ular
hozir ham barchani xayratga solib fahrlantirmoqda. Shaharda zarb qilish, zargarlik,
shoyi to‘qish va boshqa turli buyumlarning ajoyib ustalari o‘chmas iz qoldirganlar
va unda sharqning taniqli olimlari, yozuvchilari, rassomlari yashab ijod qilgan.
Shahardagi tarixiy obidalar Xitoy, Hindiston, Gresiya, Rim, Misr
yodgorliklari kabi o‘zining go‘zalligi, nazokati bilan hammani hayratga soladi.
Samarqand 2007 yilda o‘zining 2750 yilligini tantanali ravishda bayram qildi. Har
yili dunyoning turli burchaklaridan kelgan yuz minglab sayyohlar ulardan zavq
oladi.
Shaharda qadimgi me’morchilik san’atining ajoyib namunalari qatoriga
Shohi-Zinda, Go‘ri-Amir maqbarasi, Bibixonim masjidi, Registon ansambli
(maydoni), Ulug‘bek rasadxonasi va bir qancha arxitektura yodgorliklarini va
boshqalarni kiritish mumkin. Eng maftunkor va nisbatan yaxshi saqlangan Shohi-
Do'stlaringiz bilan baham: |