O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Zinda ya’ni “tirik shoh” ma’nosini anglatuvchi tarixiy ansamblning nozik va 
nafis chizmalari har qanday kishini rom etadigan maqbaralar va masjidlardan 


313 
iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda Shohi-Zinda o‘z zamonasini bezab turgan san’at 
asarining bebaho durdonasidir. Hatto Bibixonim masjidi ham beqiyos ulug‘vorligi 
bilan ajralib turadi. Bu yodgorliklar kishilarda uchmas taasurot qoldiradi va o‘sha 
davr qurilish texnikasi va arxitekturasi to‘g‘risida tasavvur beradi. Go‘ri-Amir 
maqbarasining ulug‘vor gumbazi o‘tmish me’morchilik san’atining namunalaridan 
biridir. Shaharning shimoliy - sharqiy qismida butun dunyoga mashxur Ulug‘bek 
rasadxonasi harobalari hanuzgacha saqlanib qolgan. Rasadxona o‘sha davr uchun 
mukammal bo‘lgan uskunalar bilan jihozlangan edi. Ulardan faqatgina ulkan 
sikstantning bir qismi saqlanib qolgan xolos. Hozirda rasadxona qayta ta’mirlangan 
va davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Samarqand markazida yana bir mashxur me’moriy ansambl Registon bo‘lib, 
u Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalarini birlashtiradi. Ular orasida o‘quv 
yurti sifatida bunyod etilgan Ulug‘bek madrasasi alohida o‘rin tutadi. Har 
tomonlama mohiyati katta bo‘lgan bu madrasada ma’lumotlarga ko‘ra ulug‘ 
mutafakkir olim, taniqli munajjim, matematik, o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan 
davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning o‘zi dars bergan. Ulug‘bek xukmronligi davrida 
Samarqand o‘rta asrning jahonshuml markazlaridan biriga aylanadi. Uning atrofida 
Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va shu singari boshqa yirik olim-astronomlar
matematiklar birlashib ilmiy maktab yaratadi. Ulug‘bek tomonidan asos solingan 
maktablarda diniy ilmlardan tashqari geografiya, tarix, falakkiyot kabi fanlar ham 
o‘qitilgan. Komusiy olim Ulug‘bekning jahon fani va taraqqiyotiga qo‘shgan 
hissasini hisobga olgan YUNESKO bosh konferensiyasining 27 sessiyasi uning 
yubiley-tavallud topgan kunining 600 yilligini dunyoviy qadriyatlar ruyxatiga 
kiritish va bu sanani 1994 yilda butun dunyoda bayram qilish xaqida qaror qabul 
qilgandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan 1994 yilni 
«Mirzo Ulug‘bek yili» deb e’lon qilindi. Shunday qilib, 1994 yil oktyabr oyida 
O‘zbekiston Republikasida YUNESKO bilan birgalikda buyuk vatandoshimiz 
tavalludining 600 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi. Bu sana 
sayyoramizning boshqa hududlarida ham munosib tarzda nishonlandi. Jumladan, 
Ulug‘bek sharafiga bag‘ishlangan tantanalar Parijda ham bo‘lib o‘tdi. Bu yerda
“Ulug‘bek va Buyuk Temuriylar davri” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. 
Bu anjuman ishtirokchilari Ulug‘bek yirik mutafakkir olim sifatida tarixdan joy 
olgani, dunyo fani va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini alohida 
ta’kidladilar. Ushbu tarixiy obidalarimiz hozirgi kunda ham o‘zining betakror 
san’ati bilan butun dunyo turistlarini o‘ziga jalb etib kelmokda. Bu yerga har yili 
tashrif buyurayotgan turistlar soni yildan yilga ko‘paymokda. Agar o‘tgan yillarda 
Samarqandga tashrif buyurgan turistlar sonini tahlil qilsak juda yuqori natijalarga 
erishilayotganligining guvohi bulamiz. 
“Buyuk Ipak Yuli”da joylashgan tarixiy va madaniy markazlar orasida 
Buxoro alohida ahamiyatga ega. Buxoro ham Samarqand kabi ko‘plab sayyohlar 
e’tiborini tortgan qadimiy arxitektura yodgorliklariga boy, tarixiy jihatdan ulkan 
ahamiyatga ega bo‘lgan shahardir. O‘zining 140dan ortiq arxitektura yodgorliklari 
bilan ma’lum va mashxur bo‘lgan Buxoro O‘rta Osiyoning boshqa har qanday 
shahardan ko‘ra ko‘prok qadimiy sharq shahri qiyofasini saqlab qolgan. Buxoro 
shahri Markaziy Osiyo me’morchiligining ming yillik tarixi va asosiy rivojlanish 


314 
bosqichlarini o‘zida aks ettirgan chinakam yilnomadir. Shahardagi har bir yodgorlik 
o‘z sukunatida uzoq o‘tmish sirlarini saqlab qolgan. Bu ajoyib shaharning yoshi bir 
necha o‘nlab asrlar bilan o‘lchanadi. Ma’lumki, 1995 yil kuzida Parijda YUNESKO 
konferensiyasining 28-sessiyasida Buxoro shahrining 2500 yilligini dunyo 
ko‘lamida nishonlash haqida qaror qabul qilindi va ushbu anjuman katta tantanalar 
bilan o‘tkazildi.
Uzoq o‘tmishda Buxoro hududidan o‘sha davr uchun muhim bo‘lgan xalqaro 
yo‘llar, eng avvalo “Buyuk Ipak Yuli” o‘tgan keng rivojlangan savdo almashuvi 
Buxoro shahri hududlarining rivojlanishiga imkoniyat yaratgan. Buxoroni haqli 
ravishda sharaf manzili, samimiyat ka’basi va mashxur kishilar to‘planadigan joy 
deb atashgan. Qadimiy Buxoroning ziynati va nodirligi uning betakror arxitektura 
yodgorliklaridadir. 
Qator asrlar davomida Buxoro, Turkiston o‘lkasi shaharlari orasida yetakchi 
mavqiyeini egallab kelgan. Shahar rivojlanishining bu davri hunarmandchilik, 
savdo-sotiq, qurilish texnikasi, fan, adabiyot, san’at taraqqiyoti bilan harakterlanadi.
Bu yerda O‘rta Osiyoning taniqli shoirlari Firdavsiy, Rudakiy, butun jahonga 
mashxur ensiklopedist (qomusiy) olim Abu Ali Ibn Sino va boshqalar yashagan va 
ijod qilgan. Buxoro musulmon dunyosida alohida o‘rin egallaydi. Buxoroda tarixiy 
madaniy yodgorliklar juda ko‘p bo‘lib, ular Buxoroni muzey shahar deb atashga 
imkon beradi. 
Musulmon tarixining ajoyib yodgorligi Ismoil Somoniy maqbarasi uzoq yillar 
davomida saqlanib, bizning kunlargacha yaxshi holatda yetib kelgan. Unda o‘rta asr 
ilk davri me’morchililigining eng yaxshi yutuqlari o‘z aksini topgan. Bu maqbara 
kompozitsiyasining oddiyligiga qaramay, arxitektura usullarining rang-barangligi 
bilan kishini xayratga soladi va xaqli ravishda «Sharq durdonasi» hisoblanadi. 
Buxoro shahrini Minorai Kalonsiz tasavvur etish mumkin emas. O‘rta 
Osiyodagi mashxur arxitektura yodgorliklari orasida eng balandi hisoblangan va 900 
yildan ziyodroq ilgari qurilgan bu minora Buxoro qiyofasida alohida mavqiyega ega. 
Uni ba’zida o‘lim minorasi yoki “Ajal minorasi” deb atashgan. Afsonalarga 
qaraganda o‘limga xukm etilgan jinoyatchilar va bevafo xotinlarni undan 
tashlashgan. 
Buxoro shahrining markaziy qismida qadimiy qal’a - Ark qad ko‘targan. U 
muzey shaharning eng ko‘hna arxitektura yodgorligidir. 
Shahardagi boshqa yodgorliklar ham katta qiziqish o‘ygotadi. To‘rtta baland 
minoralari bo‘lgan Chorminor madrasasi, yigirmata yogoch ustunli ayvoni bo‘lgan 
Baloxovuz masjidi, Abdulazizxon, Mir Arab madrasalari va boshqa turistlar diqqat 
e’tiborini o‘ziga jalb qiladi. Yozgi xon saroyi Sitorai Moxi-Xosa kabi muxtasham 
binoni gapirib o‘tmaslik mumkin emas. Tarixiy yodgorliklarning shohidlik 
qilishicha, bu saroy ko‘rilishida ajoyib mahalliy va boshqa joylardan taklif etilgan 
yevropalik ustalarning ijodiy saloxiyati mushtaraklashib ketgan. Ushbu yodgorlik 
juda muhtasham ko‘kalamzorlashtirilgan maydonni egallaydi. Sitorai Moxi-Xosa 
saroyidagi ko‘p imoratlar ichida tantanali qabullar uchun mo‘ljallangan “Oq zol” 
ayniqsa ajralib turadi.
Buxoro viloyatining ma’muriy, iqtisodiy markazi Buxoro shahrida 240 
mingdan ortiq aholi yashaydi. Shaharda qator sanoat korxonalari mavjud. Zarduzlik 


315 
va shoyi to‘qish xunarlari Buxoroni jahonga tanitgan. Mohir mahalliy ustalar 
yaratgan buyumlar-badiiy so‘zanalar, ayollar kiyimlari, turli shoyi belbog‘lar, zar 
do‘ppilar, respublikamizdan uzoq-uzoqlarga ham mashhurdir. Buxoro jahonning 
qator mamlakatlaridan O‘zbekistonga keladigan turistlarning ko‘pini o‘ziga jalb 
qiladi. Bu yerga kelayotgan turistlarning o‘tgan yillardagi tahlilini hisoblab ko‘rsak 
juda ko‘p turistlar, ayniqsa musurmon davlatlaridan kelayotgan sayyohlar 
ko‘pchilikni egallaydi. 
Zamin turistlari diqqat-e’tiborini o‘ziga karatgan, ajoyib tarixiy obidalar 
markazi bo‘lgan yana bir shahar Xivadir. Shahar to‘g‘risidagi yozma 
ma’lumotlarning ko‘pchiligi bizgacha to‘lik yetib kelmagan. 
XVII asr boshida Xiva Xorazm davlatining poytaxti edi. Keyinchalik bu 
davlat Xiva xonligi degan nomni oldi. Xiva uzoq yillar davomida musulmon 
madaniyatining muhim markazlaridan biri bo‘lib keldi. O‘sha davrlarda bu yerda 
turli xil xalq xunarmandchiligi keng rivojlandi. 
Shaharning ichki qismini tashkil etadigan Ichan qal’a va Dishon qal’a 
shaharning ajoyib yodgorliklaridan hisoblanadi.
Ichan qal’a shaharning eng eski qismi bo‘lib, to‘rt tarafdan qal’a devorlari 
bilan o‘ralgan. Ichan qal’ada qadimgi me’morchilik uchun mos bo‘lgan qator 
arxitektura yodgorliklari joylashgan. Bu yodgorliklar orasida madrasalar, masjidlar, 
maqbaralar va yopiq bozorlar o‘rin egallagan. 
Dishon qal’ada savdogarlar, xunarmandlar uylari, shuningdek qator masjid va 
madrasalar qad ko‘targan. 
Xiva shahri o‘rtasida ko‘p ustunli Juma masjidi Markaziy Osiyoning eng 
qadimiy inshootlaridan biri hisoblanadi. Xiva arxitekturasi o‘z shaklining salobatligi 
va bezaklarining nafisligi bilan kishini hayratga soladi. Shahardagi yodgorliklar 
mahalliy ustalar va umuman Xorazm me’morlarining yuksak mahorati va 
muxandislik ishlari kishini o‘ziga jalb etadi. 
Xivada 50 mingga yaqin aholi soniga ega bo‘lib, u o‘zining tarixiy obidalari 
bilan jahonga tanilgan. U turistlar diqqatini o‘ziga tortadigan shaharlar qatoridan 
o‘rin oladi. Respublikamizning Toshkent, Andijon, Qo‘qon, Shahrisabz, Termiz 
kabi shaharlarida ham o‘ziga xos bo‘lgan tarixiy yodgorliklar anchagina ko‘p. 
Hozirgi kunda jahonning turli mamlakatlaridan keladigan ming-minglab 
turistlar uchun marshrutlar (yo‘nalishlar) belgilangan. «O‘zbekturizm” milliy 
kompaniyasi ixtiyorida turistlarga xizmat ko‘rsatadigan qator sayyohlik tashkilotlari 
(bo‘limlari) mavjud bo‘lib, ular barcha viloyatlarda turizm bilan bog‘liq bo‘lgan 
faoliyat ustida ish olib boradi.

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling