O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Ulik servisli – bu restoranlar keng tanlovli taomlar, yuqori darajadagi 
oshxonalari bilan ajralib turadi. Bunday restoranlar rasmiy va norasmiy bo‘lishi 
mumkin. Ularni narxlari, menyusi bo‘yicha klassifikatsiya qilish mumkin. Bu 
restoranlarda asosan fransuzcha va italyancha kulinariya an’analarini qo‘llaydilar. 
Ixtisoslashgan – bunga, biron-bir bir tipda, masalan, tez, ommaviy, kundalik 
xizmat ko‘rsatish yoki milliy taomlar tayyorlashga ixtisoslashgan restoranlar kiradi. 
Bitta restoran, ham to‘liq xizmat ko‘rsatuvchi, ham ixtisoslashgan bo‘lishi 
mumkin. 
Restoranlar quyidagilarga bo‘linadi: 
- tez xizmat ko‘rsatuvchi, bular bitta asosiy taomni tayyorlashga ixtisoslashgan 
bo‘ladi: (gamburgerlar, pitssa, dengiz mahsulotlari, tovuq, quymoqlar, sendvichlar
Meksika taomlari). 
- Oilaviy restoranlar – bular eski kofeen prinsipiga moslashtirib 
tashkillashtirilgan. 
- Milliy oshxona restoranlari – bularni AQSH da etnik oshxonalar deb atashadi. 
Bunday etnik (yoki etnografik) ovqatlanish korxonalari sayyohlar tomonidan katta 
qiziqish bilan foydalaniladi. 
- Tematik restoranlar – bu biron-bir temani, masalan musiqa eshitish: futbol 
tomosha qilish imkoniyatini ishlab chiadilar. Bu restoranlar chegaralangan 
assortimentdagi taomlarni taklif qiladilar. Ularning asosiy maqsadi – muhit yaratish. 
Tematik ovqatlanish korxonalari nafaqa AQSH da, paydo bo‘lmoqda. Masalan, 
Isroildagi Tell-Aviv va Iyerusalim yoki Ulik dengizigacha bo‘lgan yo‘l kesishuvida 
«kafe» joylashgan. Bu kafe Elvis Preslining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan. Bu esa 
sayyohlarning katta e’tiborini qozonib kelmoqda. 
Turistlar o‘rtasida restoranlarga talab juda katta ular ikkita katta guruhga 
bo‘linadi: klassik va tez xizmat ko‘rsatish sohasi. Mashhur klassik restoranlar misoli 


196 
san’at asaridek ko‘zga tashlanadi. U noyob, hayratomuz, sherik bilan uzoq suhbat 
qurishga juda ham qulay yoki hechbo‘lmaganda ichki bezak va jihozlari bilan 
xo‘randalarga zavq-shavq bag‘ishlaydi. Ammo ularning narxi haddan tashqari juda 
qimmat. 
Birinchi klass restoranlarining muhim belgisi individuallikka intilish 
hisoblanadi. Ularning betakror qiyofasi ichki shinamlik va lazzatli taomlari bilan 
to‘ldiriladi. «Leynsboro» otelining ana shunday vegetarian restorani Londonda 
Bukingmen saroyi ro‘parasida noklassik qarorgohda joylashgan. 
Angliyaning mashhur kishilari, aktyorlar va rok-n-rolla va duzlari 
mehmonxonalari davrasida o‘z vaqtni o‘tkazish, xohlagan mashhur leynsboro tansiq 
taomlaridan tatib ko‘rishda huzur bag‘ishlaydi. Rang-barang va nafis taomnomaga 
gulsafsar va limonli yalpizdan arman likyorigacha qo‘shilgan xushbo‘y va lazzatli 
suplar kiritilgan. 
Umumiy ovqatlanish korxonalarining boshqa guruhlarini tez xizmat 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling