O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Bufetning asosiy mo‘ljallanganligi


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Bufetning asosiy mo‘ljallanganligi – bu mijozlarga tez xizmat ko‘rsatish va 
ularga yaxna gazaklar, buterbrodlar, issiq va sovutilgan ichimliklar, non va konditer 
mahsulotlari taklif etishdir. Bufetlarda shuningdek, tayyorlanishi qiyin bo‘lmagan 
taomlar (katlet, sosiskalar) ham sotiladi. Bunday bufetlar mehmonxonalarda, tezyurar 
trassalardagi yoqilg‘i quyish shaxobchalari stansiyalarida tashkillashtirilishi mumkin.
Kofe rastasi yoki kofeynya – bu, asosan kofe tayyorlashga ixtisoslashtirilgan, 
cheklanmagan assortimentli, ovqatlanish korxonalaridir. Kofeynining assortimentiga 
kofening ko‘plab turlari, choy, shuningdek, pishiriqlar va konditer mahsulotlari 
kiradi. Spirtli ichimliklar ham bu assortimentga kiritilishi mumkin. Pishiriqlar va 
konditer mahsulotlari joyida tayyorlanishi mumkin yoki yetkazib beruvchiga 
buyurtma berilishi mumkin. Ba’zan esa buterbrod va sendvichlarga o‘xshagan, uncha 
qiyin bo‘lmagan taomlar ham tayyorlanishi mumkin. 
Barlar. Ular butun dunyoda mavjud. Bu katta assortimentdagi aralashgan 
ichimliklarni sotish uchun mo‘ljallangan va shunga ixtisoslashgan, tez xizmat 
ko‘rsatish korxonasidir. Barda konditer mahsulotlari, ba’zan esa hatto gazaklar va 
issiq taomlar ham sotilishi mumkin. Barning asosiy mo‘ljallanganligi – mehmonlarga 
shinam joylarda dam olish, musiqa eshitish yoki futbol o‘yinlarini tomosha qilish 


198 
(masalan Ispaniyada) imkoniyatini yaratish hisoblanadi. Barlar shahar markazlarida 
ham, sohil buylarida ham (agar gap kurortlar haqida ketsa) joylashishi mumkin. 
Barlar assortimentiga qarab: 
Pivo barlari, shuningdek, kokteyl-xollar va kokteyl barlarga bo‘linadi. Ular 
bir-biridan o‘zining o‘lchamlari va asbob uskunalarining turli-tumanligi bilan ajralib 
turadi. 
Ma’lumki, sayyohlar barlarga tashrif buyurishni xush ko‘radilar. Bir qator 
mamlakatlarda, masalan Angliyada barlarga tashrif buyurish tur dasturiga kiritilishi 
mumkin. 
Tez xizmat ko‘rsatish korxonalari dunyoda bora-bora ommaviylashib 
bormoqda. Sayyohlar ularga individual holatda ham, shuningdek tashkillashtirilgan 
guruh sayohatlaridagi guruhlar tarkibida ham tashrif buyurishlari mumkin. 
Assortiment odatda bir nechta taomlar bilan chegaralanadi. Ularga: sovuq ovqatlar, 
issiq ovqatlar, buterbrodlar, ichimliklar, muzqaymoqlar va shu kabilar kiradi. 
Ko‘pchilikka tanilib ulgirgan “Fast Food”, “Me Donald`s”, “Burger King” lar 
gamburgerlar tayyorlashga ixtisoslashgan; “Pizza Hut” pitssa tayyorlashga 
ixtisoslashtirilgan. 
Fransiyada «Fnac» nomli tamaddixonaning asosiy assortimentiga sabzovatli 
salatlar, desertlar, (mevali va konditer) va chegaralangan assortimentdagi asosiy 
taomlar (go‘sht va baliqdan tayyorlangan taomlar) kiradi.
Germaniyada bunday tamaddixona “Nordsee” deyiladi. Bu yerda baliqli 
taomlar va dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar, sabzovatli salatlar va soklar 
assortimentdan joy egallashgan. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling