O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

7.5. Sayr-tomosha sektori 
 
Sayr - tomosha – bu nafaqat zavq-shavqlik va huzur-bahshlik, balki yildan-
yilga o‘sib borayotgan milliard-milliardli jahon oboroti industriyasi hamdir. Sayr – 
tomosha sektori turizmning bosh motivlari sirasiga kiradi. Usiz biron bir turistik safar 
amalga oshmaydi. Odamlar yangi untilmas taasurotlar, ijobiy his-tuyg‘ular, o‘tkir 
sezgilar bilan yo‘lga otlanadilar. Kishining bu va boshqa ehtiyojlarini qondirish 
uchun sayr-tomosha vositalari yaratiladi va ko‘ngil xushlik tadbirlari o‘tkaziladi. 
Ko‘pincha sayr - tomosha ekskursiya dasturlari bilan chegaralanadi. 
Muzeylarga boriladi, tarixiy yodgorliklar va tabiatning diqqatga sazovar joylariga
tomosha qilinadi. Shahar va turar joylar bo‘ylab ekskursiyalar uyushtiriladi. Ular 
boshqa – boshqa bilimni boyituvchi yoki ko‘ngil ochar tadbirlar (masalan, magazinlar 
yoki o‘yin muassasalariga borish)ni o‘z ichiga olishi ham mumkin. 
Kurortlar va yaxshi otellarda turistlarni sayr- tomoshaga jalb etish uchun 
maxsus animator xodimlar yollanadi. 


203 
Jahonga mashhur «O‘rta yer dengiz klubi» dunyoning hamma burchaklaridan 
105 turistik qishloqlarni o‘z ichiga olgan va jahondagi eng katta ikki hashamatli 
yelkanli kemaga ega. Mehmonlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tishni tashkil etish 
uchun bir necha instruktorlar maktabi bor. «Mehribon tashkilotchilar» yoki qisqacha 
JIO deyiluvchilar ma’lumotli, hayotiy falsafasi shakllangan va begona individuallikni 
hurmat qiladigan dunyoqarashi keng kishilardan tanlab olishadi. Bu yosh yigit va 
qizlar bir necha xorijiy tillarda erkin so‘zlashisha oladi, musiqiy va raqs tushish 
qobiliyatiga egadirlar. 
JIO zarur rasmiyatchiliklar bilan shug‘ullanadi va barcha kerakli xizmatlarni 
ko‘rsatadilar. Dam olish vaqtida «Mehribon tashkilotchilar» mehmonlar uchun 
do‘stga aylanishadi, enaga bo‘lishadi. Ular – kunduzi sport trenerlari, oqshomgi 
o‘yinlarda boshlovchi-qiziquvchilar, davra suhabtdoshi, diskotekalarda raqslarda 
sherik bo‘lishadi. JIO hamisha maslahat beradi, yordam ko‘rsatadi, bolalarga qarab 
turadi. 
«O‘rta yer dengizi klubi» 67 millatga mansub bo‘lib 25 ming kishi bayram 
muhitini yaratishadi. Yaqinda u Rossiyadan ham xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar 
olishni boshladi. Bir qancha yosh kishilar allaqachon Tunisda stajirovkani o‘tib 
qaytdilar. 
Dam oluvchilar va xodimlar o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik klubning o‘ziga 
xos ajralib turuvchi xususiyatlaridir. Bu tizim ta’til juda maroqli va ko‘ngilli o‘tadi. 
Servisning 
yagona 
konsepsiyasi 
sharofati 
tufayli 
baynalminallashuv 
(internatsionalizm)ga asoslangan klub yaxshi natijalarni qo‘lga kiritmoqda. Har yili u 
2 mln. dan ziyod sayyohlarni qabul qiladi. Xizmat paketlarini sotish hajmi 1,6 mlrd. 
amerika dollariga baholanadi. 
Sayr – tomosha sektorida tematik parklar alohida o‘rin tutadi. Keyingi 
vaqtlarda ular juda katta miqdordagi tarixiy, madaniy yodgorliklari bilan an’anaviy 
turistik manzillarga jiddiy raqobatchi bo‘lishayapti. Tematik parklar g‘oyasi 
Yevropada tug‘ildi va huzur – halovat parklari ko‘rinishida amalga oshirildi. XIX asr 
oxirlarida ko‘plab Yevropa mamlakatlari poytaxtlari – Kopengagenda Sadi Tivoli
Venada Park Praterda va boshqa joylarda faoliyat ko‘rsatdi. Hozirgi zamon tematik 
parklar modeli ham aslida uning yaratuvchisi amerikalik rassom va proyudesser, 
kinorejissyor – multiplikator Uolt Disney deb hisoblansada, u birinchi bor Yevropada 
paydo bo‘ldi. Aniqlangan ma’lumotlarga qaraganda, «Disneylend» ochilishidan uch 
yil avval 1953 yilda «De Efteling» korporatsiyasi Niderlandiyaning Janubi – g‘arbida 
Yevropa ertaklari motivlari asosida park barpo etgan. Ammo ko‘hna qit’ada tematik 
parklar kamtarona ko‘lamda sekin rivojlandi. 
U chinakam ravishda AQShda gurkirab rivojlandi va so‘ngra butun dunyo 
bo‘ylab yoyildi. AQShda birinchi, tematik parklar 1950- yillar o‘rtalarida, an’anaviy 
dam olish tushkinlikka yuz tuta boshlaganda paydo bo‘ldi. 
Amerikaliklar o‘rtasida mashhur bo‘lgan bu dam olish va ko‘ngil xushlik 
ob’ektlari inqiroziga bir qator sharoitlar sabab bo‘ldi. Ularni kattaroq va zamonaviy 
tematik parklar tipidagi «Disneylend» yoki «Siks Flegs» kabilar turistik bozordan 
siqib chiqara boshladi.
Ularning so‘nishi ko‘p jihatdan o‘ylanmagan narx siyosati mahsuli bo‘ldi. 
Mijozlarni jalb etish uchun juda past baho belgilanardi. Ammo har bir attraksion va 


204 
tamosholarga alohida bilet olish talab etilardi. Bu dam oluvchilarga noqulayliklar 
tug‘dirar, eng yomoni ular o‘zlarini aldangan his etib chiqib ketishardi. Ko‘ngilochar 
ob’ektlarda o‘tkazilgan narx siyosati boshqa salbiy oqibatlarga ham olib keldi. Ya’ni 
hudud qo‘riqlanmasdi, parklar asta-sekin bezori-bekorchilar to‘planadigan joyga 
aylanib, bu tashrif buyuruvchilarni cho‘chitib qo‘ygandi. 
Bundan tashqari, vaqtni o‘tkazishning avvalgi tizimi turistlarga takliflar 
qismida talabga javob bermasdi. Parklar harakatlanishining asosiy vositasiga 
aylangan avtomobillardan ommaviy foydalanishga o‘tgan amerikaliklarning paydo 
bo‘lgan yangi takliflari va xohishlarga mos ravishda qayta qurilmadi. Endi odamlar 
uik-endga borish uchun tabiat qo‘yniga chiqib keta boshladi. Jamoat transportining 
oxirgi bekatiga bog‘langan parklar esa shahardan tashqarida joylashgan bo‘lib, 
to‘laqonli dam olishga imkon bermasdi. 
Baribir ularda bo‘sh vaqtni o‘tkazishga qaror qilgan amerikaliklar o‘z 
mashinalarida borib, ularni qo‘yadigan joy muammosiga duch keldilar. Parklar 
avtomobillarni qo‘yish uchun maydonchalarga ega emasdi. 
Yer, uskunalar va ishchi kuchlari qiymati, yashashi bilan vaziyat yanada 
murakkablashdi. Parklar dam olish boshqa ob’ektlari bilan raqobatga dosh berolmadi 
(kinoteatrlar, yaxmalak, basseynlar va h.k.). Ahvolni o‘nglash uchun boshqa 
daromadliroq faoliyat turlari qidirila boshlandi. Savdo markazlari ochilib, ular 
kengaytirila boshladi. 
Park xo‘jaligi nufuzining tushishi amerekaliklarni tomoshaga qiziqishlari 
yo‘qolganini bildirmaydi. Ko‘ngilxushlikka ehtiyoj avvalgidek mavjud edi. Ammo 
biroz tubdan o‘zgardi va dam olishni tashkil etishning eski tizimi doirasida amalga 
oshirilishi mumkin emasdi. Bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan arzon attraksionlar, 
mayda savdo va arzon ovqatlanish-an’anaviy sayr - tomosha parklarining tashrif 
buyuruvchilarga taklif etgan xizmatlari bor-yo‘q ruyxati mana shular edi. 
Vaqt o‘tishi bilan dam olishning mutlaqa boshqa prinsipial yo‘nalishi 
(konsepsiya)si rasmiylashtirildi va tematik parklar hayotiga tatbiq etildi. Yangicha 
yondoshuv mohiyati uning nomidan ham ko‘rinib turibdi. Diqqat tortar mavzu u xoh 
«Qo‘rqinchli mamlakat»ga sayr bo‘lsin, hoh dengiz sirlari qa’riga sayohat bo‘lsin, 
park ishlari asosini tashkil etadi. Bular attraksion tomoshalarda rivojlanayapti, parkda 
barcha yordamchi xizmatlar ularga buysundirilgan. Tashkil etuvchilar, birinchi 
navbatda U.Disney fikricha, tematik park-bu oilaviy dam olish va sayr-tomosha 
markazi bo‘lib, ko‘p jihatdan temaning o‘zini tanlashni belgilaydi. Turli yoshdagi 
odamlarni birlashtirish va birinchi navbatda katta yoshdagi jalb etish uchun u nafaqat 
ko‘ngilxushlik maskani, balki bilimni boyitishga qaratilgan axborot – ma’lumot 
berish markazi ham bo‘lishi kerak. 
«Disneylend» doimiy harakatlanuvchi ekspozitsiyalari Amerika tarixi, turli 
xalqlar madaniyati haqida hikoya qiladi, Kaliforniya shtati, San-Diyegodagi «Si 
Uorld» parkida dengiz hayvonlari ishtirokidagi rang-barang shouni tomosha qilish, 
suv osti olami va uning yashovchilar bilan tanishish mumkin. U shuningdek 
o‘rgatilgan tyulenlar, kasatkalar va delfinlar salohiyati va xulqi-atvori haqidagi 
bebaho ilmiy ma’lumotlarga ham ega. 
Park bo‘ylab ekskursiya chog‘ida tashrif buyuruvchilar e’tiboriga havola 
etiladigan umumiy axborotlardan bu sayr - tomosha industriyasi muassasa to‘liq 


205 
o‘qish jarayonini tashkil etishga o‘tdi. Tematik park ma’lumotni oshirishga yirik 
maqsadli mablag‘ ajratiladi. Huzurida ixtisoslashgan maktablar ochadi, o‘qitish 
dasturlari tuzadi, mashg‘ulot o‘tishga o‘qituvchilar taklif qiladi, kitoblar chiqaradi. 
Ma’lumotni oshirish ufqlari favqulodda keng. 
Uning bir qismi kichik yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan, boshqasi esa katta 
yoshdagi bolalar va kattalarga mo‘ljallangan. Shuningdek kattalar uchun qisqa 
muddatli seminarlar tashkil etiladi. Dastur mavzulari g‘oyat xilma-xil. Misol uchun, 
«Disney Uorld» tematik parki butalarga shakl berish kursidan taortib, menejment 
nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha seminarlar o‘tkazishgacha taklif qiladi. Madaniy 
oqartuv va bilim berish siyosati tematik parklarga o‘z mevalarini berdi. 
Bugungi kunda ularning tashrif buyuruvchilarini bolalar emas balki, kattalar 
tashkil qilayapti. «Yevro Disneylend» da mehmonlar umumiy sonining 80 % larga 
to‘g‘ri keladi. 
U Disney ijodiy tafakkuri cho‘qqisi 1982 yilda «Disney Uorld» parkida 
ochilgan sayr-tomosha axborot markazi EPKOT (Expenntenlal Prororype Cottunky 
oF Totoggosh) g‘oyasi bo‘ldi. Mohiyatan unda tematik parklar yangi konsepsiyasi 
o‘z ifodasini topgan va kattalarni odamlar bilan birgalikda kelgusida yangi 
mukammal modellarni qidirish uchun izlanishga da’vat qiladi. 
EPKOT markaz – bu fan va texnika sohasidagi yutuqlar ko‘rgazmasi. Bu yerda 
ijaraga olingan maydonda ko‘p sonli kompaniyalar ularning futurustik 
ekspozitsiyalarini joylashtiradi. Namoyish etiladigan barcha amaldagi namunalar sayr 
– tomosha biznesi bilan bog‘langan va kompaniyalar tomonidan o‘zini reklama qilish 
maqsadida foydalaniladi. 
EPKOT va turli xil bilimni boyituvchi axborotlar, ma’lumotni oshiruvchi 
dasturlar tashrif buyuruvchilar o‘rtasida juda ommalashgan bo‘lib, mutaxassislarning 
fikrlaricha, bu madaniy oqartuv markazlariga aylanish tendensiyasi to‘g‘risida 
guvohlik beradi. 
Original konsepsiyadan tashqari, tematik parklarning an’anaviy sayr-tomosha 
parklari oldida bir qator boshqa afzalliklarga ham egaligi ularni keng tanilishini 
ta’minlaydi. Odatdagi dam olish va sayr-tomosha markazlaridan farqli ravishda 
tematik parklar shahar tashqarisida joylashtirilishadi. Ular daromadli faoliyat 
ko‘rsatishlari uchun 20 mln. potensial tashrif byuruvchilar uchun ikki soatlik 
masofada yoki yirik turistik markazdan bir soatlik yo‘lda va 5-6 mln. aholi yashovchi 
manzilgohdan ikki soatlik yo‘lda joylashishi ma’qulligi hisoblab chiqilgan. 
AQShning eng keksa tematik parki «Disneylend» Los Anjelosdan 60 km. 
janubiy-sharqda (Koliforniya shtati) qurilgan. Eng mashhur Amerika tematik parki 
«Disney Uorld» Floridadan uncha uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan. Yevropada eng 
yirik tematik park «YevroDisneylend» Fransiya poytaxtidan 30 km. narida 
joylashgan. Finlyandiyadagi «strana mumii – trol-ley» (Mott / yorlel) Turku 
shahridan 20 km. narida joylashgan. 
Ko‘pchilik tematik parklar qir-adir yam-yashil maydonlarda barpo etilgan. Bu 
joylarda yer shahardagidan ancha arzon. Shuning uchun ham ko‘pchilik tematik 
parklar katta maydonlarni egallaydi. «Disney Uorld» uchun 12 ming gektar yer 
ajratilgan. 2 ming gektarlik Yevropa «Disneylend» atrofida besh stansiya bilan 
temiryo‘l qurilgan. Bundan tashqari, shahardan narida park yaratuvchilar o‘zlari 


206 
o‘ylagan g‘oyalarini amalga oshirish uchun keng erkinlikka egadirlar. Ular turli – 
tuman cheklovlar bilan siqib qo‘yilgani yo‘q. Vujudga kelgan arxitektura usullarini 
hisobga olishib, o‘zlari boshlagan qurilishlarni bemalol didlaridek qurib bitkazishlari 
mumkin. Ularga attraksion qurish uchun hech narsani buzishga, ko‘chirishga to‘g‘ri 
kelmaydi. Shu sababli ham bular o‘zining hajmi va chiroyli jihozlanganliklari bilan 
hayrat uyg‘otadi. 
Tematik parklarning muhim sirlari orasida ayniqsa yuqori texnologiyani 
alohida ajartib ko‘rsatish zarur. «Disneylend» va «Disney Uorld» texnik jihozlangan 
attraksionlarning pionerlari hisoblanishadi. Xususan, ular birinchi bo‘lishib yorug‘lik 
tovush va mul’tipliatsion samara beruvchi kompyuter tizimiga o‘tishda, bu tufayli 
tashrif buyuruvchilar o‘tkir hissiyot sezishadi, yanada yorqinroq taasurot olishadi. 
Bugun «Disneylend» parkka tashrif buyuruvchilarga kosmik sayohatni taklif 
qilmoqda. Bu attraksionda maxsus kompyuter audiokuzatuvli kreslo jihozlangan, 
unda o‘tirgan kishi haqiqiy kosmosda bo‘lgandek hissiyotni boshidan kechiradi. 
Boshqa Amerika tematik parki «Yuniversal Styudioz Gollivud», «Ekran orqasi» ga 
sakrab o‘tib tomosha qilinayotgan triller yoki jangari film qahramoniga aylanish 
mumkin bo‘lgan yerdagi yagona joy. Misol uchun, «Terminator»da uch o‘lchamli 
fantastik sarguzashtda ishtirok etish, Xichkoka dahshatlar olamida bo‘lish, «Jag‘» 
filmida ulkan akulani mag‘lub etish mumkin. Orlandodan uncha uzoq bo‘lmagan 
«Bush Gardens» parkida 360
0
buriladigan «Amerika gorki»si o‘rnatilgan. U eng 
so‘nggi modifikatsiyasida bo‘lib, eng oliy darajadagi murakkab attraksion 
hisoblanadi. Amerikaning «Si Uorld» tematik parkida yaqinda «Antraktidagi 
sayohat» attraksioni ochildi. U yangi lazer texnologisi va golografik jihozlar bilan 
«Amerika gorki» - sida uchishni ta’minlaydi. 
Keyingi vaqtlarda tematik parklar loyihachilari mohirona texnologiya 
yordamida tomoshalar yaratishga e’tiborni qaratishmoqda. Bu sayr-tomoshalarga 
yanada ko‘p ishqibozlarni jalb etishga keng imkon yaratayapti. «U. Disney» 
korporatsiyasi bundan «Amerika» tarixiy parki yaratishda foydalanmoqchi. Uning 
ijodkorlari ishonch bilan: «Biz sizni Fuqarolar urushi askariga aylantiramiz…qullikni 
his etishga majbur qilamiz… yer osti temir yo‘li bo‘ylab qochish paytida odamni 
qamrab oladigan hissiyotni sinab ko‘rasiz» deyishmoqda. 
Yillar o‘tishi bilan tematik parklarga qiziqish so‘nmasligi uchun vaqti-vaqti 
bilan attraksionlarni yangilab turish talab etiladi. Yil bo‘yi tunu - kun ishlaydigan 
parklarda odatda ulardan foydalanish muddati uch-to‘rt yilni tashkil qiladi. So‘ngra 
ular yanada takomillashtirilgan sayr-tomosha vositalari bilan almashtiriladi. 
Mavsumiy parklar moliyaviy jihatdan biroz cheklangan. Attraksionlar turini 
muntazam o‘zgartirib turishadi va yangi tematik tomoshalar tashkil qiladi. 
«Disneylend» da «Metik Ai» teatrida repetuar muntazam yangilanib turadi. 
Keyingi super shouda stereokino yutuqlari teatr imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirilib
tomosha ko‘rsatiladi. Ya’ni harakatlanuvchi sahna film syujtiga mos ravishda 
ko‘chirilib turiladi. Xudi shu parkda «teatr karusel» attraksioni bilan birga yangi 
«Innovatsiya» paviloni paydo bo‘ldi. Ularda kinetik haykallar va interfaol fontanlar 
misolida kelajak texnologiyalari namoyish etiladi. Yangi «Tomorroulend» dasturi 
uning «Tasavvur mamlakati va undan tashqarida» degan nomiga to‘la mos keladi. 


207 
Sayr-tomosha dasturlari va attraksionlarni tizimli ravishda yangilanib turishi 
tufayli tematik parklar doimiy mijozlarga ega bo‘layapti va keng turistik oqimlarni 
jalb qilayapti. Shu bilan birga tashrif buyuruvchilardan ayrimlari eng sevimli 
attraksionlarning yoplishishini haqiqiy yo‘qotish sifatida qabul qilib, parkka boshqa 
qadam bosmaydilar. Misol uchun «Disney Uorld» parkidagi «Mikki Besdeylend» 
attraksionining buzib olinishi bir qism tashrif buyuruvchilar uchun haqiqiy 
ko‘ngilsizlik bo‘ldi. Biroz vaqt o‘tgach, «Disney Uorld» o‘ta ishqibozlar uchun 
Internetda «Lost Uorld» («Yo‘qotilgan olam») sahifachisini ochdi, unda bir vaqtlar 
mashhur bo‘lgan attraksionning eski tasvirlarini topish mumkin. 
Amaldagi attraksionlarni takomillashtirish va yangilarini ochish, tematik 
parklar qurilishini aytmasa ham bo‘ladi, yirik investitsiyalarni talab qiladi (jadval 16). 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling