O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Ispaniya o‘zining «Port Aventura» tematik parki bilan faxrlanadi. Sakkiz yil 
davom etgan loyihalashtirishdan keyin u 1995 yilda yozgi turistik mavsumda ochildi. 
Park Yevropada kattaligi jihatdan «Yevro Disneylend»dan keyin ikkinchi o‘rinda 
turadi va O‘rta yer dengizi zonasidagi shunday turdagi yagona diqqatga sazovar joy 
hisoblanadi. 
Park 115 gektar maydonni egallagan va 30 attraksion, 30 restoran va kafe – 
bar, 22 magazin va 260 avtobus, 6 ming yengil mashinani saqlovchi maydonga ega. 
«Port Aventura» xilma-xil sarguzashtlar olamida olingan taasurotlar, park 
infratuzilmasi ko‘lami haqida hikoya qilishga til ojizdir. Uning mehmonlari zamon va 
makonda besh tematik zonaga ko‘chib sayohat qiladilar. «O‘rta yer dengizi» 
bo‘limida tipik ispan qishlog‘i qayta tiklangan, xushbuy atirgullar va qaynoq hayot, 
ehtirosni ko‘zlovchi xalq raqslari, hunarmand ustalar taklif etgan ajoyib buyumlar 
kishini lol qilib qo‘yadi. «Polineziya» bo‘limida esa xushmanzara orolchalar diqqatni 
tortadi. ular ustida an’anaviy shinam turar joylar joylashgan. Ko‘priklar bilan 
tutashgan, tashrif buyuruvchi maori rasm-rusumini ado etgach, Marko Polo 
zamonidagi Xitoy imperiyasida paydo bo‘ladi. Buyuk Xitoy devori ortidagi milliy 
teatrlarda akrobotlar va gimnastikachilar, qo‘g‘irchoqlar va sehrgarlar tomosha 
ko‘rsatdilar. Chichen – Itsa piramidasi yonida esa boshqa qit’aga o‘tib ketiladi. 
Meksikada, mayya sivilizatsiyasi darida paydo bo‘lib qolinadi. Afsonaviy Yovvoyi 
G‘arb Penitens degan joychada, Amerikaning mustaqilligi yuz yilligi bayrami 
ko‘rinishida namoyish qilinadi. Qo‘rg‘oncha bayramona bezalgan, kioskalarda turli 
shirinliklar sotiladi. Shu yerda tir va hamma uchun sevimli bo‘lgan kamon 
otishmalari musabaqasini tomosha qilish mumkin. 
O‘zining huquqiy maqomiga ko‘ra «Port Aventura» aksiyadorlik jamiyati 
hisoblanadi. Uning 40 % aksiyasi «Tussaude» guruhiga, 30 % «Kaiksa» ispan 
bankiga tegishli, 20 % aksiyani esa Amerikada yirik tematik parklar egasi «Anneuser 
Bush» firmasi sotib olgan. Qolgan 10 % aksiyani esa Ispaniyaning «Feksa» 
elektrotexnika kompaniyasi sotib olgan. Umumiy qiymatda loyihaga 50 mln. pest 


211 
qo‘yilgan. Turistlar o‘rtasida shuningdek Germaniya, Daniya, Niderlandiya tematik 
parklari ham mashhur. 
Tematik parklar sayyoramiz bo‘ylab o‘zlarining shohona yurishlarini Sharqiy 
va Janubiy Osiyo va Okeaniyada davom ettirdi. Jahon turizm bozoriga shiddat bilan 
kirib kelgan hududda parklar turistik industriyaning ajralmas qismi sifatida gurkirab 
rivojlanayapti.
Osiyoda eng mashhur «Hayolat mamlakati» Yaponiyada, Tokio yaqinida 
joylashgan. U olti zona: Butunjahon yarmarkasi, Romantika va sarguzashtlar 
mamlakati, Amerika Yovvoyi g‘arbiy, do‘stona alvastilar mamlakati, ertaklar va 
Disney qahramonlari, ertangi kun mamlakatlari yoki kosmik sarguzashtlardan iborat. 
Tokio «Disneylendi», «Oriyentallayend» guruhi boshqaruvi tasarrufida. 
Yaqinda u Tokio fond birjasida 23 dan 25 mln. gacha aksiyasi, shu jumladan 15 dan 
18 mln.gacha yangilari sotuvga qo‘yilganini ma’lum qildi. Shu yo‘l bilan kompaniya 
o‘z mablag‘ini ko‘paytirishni mo‘ljallayapti. Tushgan pul mablag‘i esa hozir ishlab 
turgan park qatorida ikkinchi Disney tematik parkni qurishga sarflanadi. Uni shu o‘n 
yillik oxirida – 2010 yilda ochish mo‘ljallangan. 
Tematik parklar tarmog‘i jahonning boshqa mamlakatlari va regionlarida ham 
kengaymoqda. Shotlandiyada birinchi tematik park tashrif buyuruvchilarni qabul 
qilishni boshlamasdan, britaniyaning «Renk» firmasi Em-Si-Ey bilan hamkorlikda 
Yevropada navbatdagi attraksion parki loyihasini yaratish ustida ish olib bormoqda. 
«Lego» - bolalar o‘yinchoqlari ishlab chiqaruvchi guruh, har uch yilda «Hayolot 
mamlakati» ochishni mo‘ljallayapti. Bir vaqtning o‘zida yangi tipdagi tematik parklar 
paydo bo‘layapti, ularning tematikasi rang-barang tus olayapti. 
AQShda, Virjiniya shtatida Fuqarolar urushi davrida eng qonli jang kechgan 
joylardan birida «Xeritidj Amerika» parki ochilgan. Florida shtatida 1998 yilda 
«Eniml Kindom» tematik parki birinchi tashrif byuuruvchilarni qabul qildi. Bu yerda 
Afrika ekzotik hayvonlari va ulkan baobab daraxtlari qad ko‘targan savanna 
tiklangan. Yaponiyada qumlik plyaji bor suv parki ishlab turibdi. Unda sun’iy 
ravishda to‘lqin mavjlari hosil qilinadi. Italiyada qadimgi Rim qiyofasidagi tematik 
park qurilmoqda. Bularning barchasi jahon turizm industriyasi va parkchilik ishlari 
yuksalib borayotganidan dalolat beradi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling