O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

ko‘rsatuvchi restoranlar tashkil qiladi. Ular bizning shiddatli davrimizda keng rasm 
bo‘layapti. Insonning eng yoqimli fiziologik ehtiyojini tez qondirish usuli 
boshlovchisi AQSH hisoblanadi. 
Menyu (taomnoma)– restoranlarda alohida rasmiylashtirilgan papkada taklif 
qilinadi. Menyuning bir nechta asosiy turlari shakllangan.
«Alya kart» - bu shunday menyu turiki, unda keltirilgan har bir taom, uning 
narxi yoziladi. Bunday ko‘rinishdagi menyu fransuzcha servisga ega bo‘lgan nisbatan 
qimmatroq restoranlarda qo‘llaniladi. O‘z navbatida bu restoranlar ham narxlari 
qimmat bo‘lgan mehmonxonalar bilan hamkorlik qiladi. 
«Tabldot» - buya gona, umumiy kompleks narxda ko‘rsatiladigan menyu 
turidir. Bunda kiritilgan bir necha xil kopleks holdagi taomlarni tanlash imkoniyati 
ham bo‘ladi, lekin unda kiritilgan taomlarni o‘zgartirishning iloji yo‘q.
Oxirgi yillarda har xil ko‘rinishdagi taomlar va narxlar darajasi berilgan 
aralash turdagi menyular qo‘llanilayapdi. 
Ommaviylashgan xizmatlardan biri bu, «shved stoli» dir. Buning asosiy 
mohiyati shuki, unda umumiy stolda juda ko‘p turdagi gazaklar va taomlar quyilib
har bir mehmon o‘ziga-o‘zi xizmat qiladi. Bu ko‘rinishdagi xizmatlar nonushta 
hamda kechki ovqatlarda uyushtiriladi. 
Kafeteriy – bu shunday korxonaki, unda beriladigan ichimliklar 
assortimentiga bir necha xildagi kofe hamda u bilan birga qo‘yiladigan rom, likyor, 
konyak abi spirtli ichimliklar albatta ishtirok etadi. Bunda asosan «Alya kart» 
ko‘rinishidagi servislar xizmati amalga oshiriladi. Kafeteriyda yana cheklanmagan 
assortimentda issiq-sovuq ichimlklar, har xil pishiriqlar ham tayyorlanadi va sotiladi. 
Menyuda issiq ichimliklar (kofe, choy, issiq shokolad), sovuq ichimliklar (kofe 
glyase, sutli kokteyllar), kulinariya mahsulotlari va issiq taomlar ham kiritiladi. 
Menyuda bular bilan birga albatta ko‘p variantli mineral suvlar, soklar va mevalar 
ham kiritiladi. Kafeteriyda xizmatlar ofitsiantlar tomonidan amalga oshiriladi. 
Kafelar quyidagicha farqlanadi: 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling