O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
10.2. Butunjahon turistik tashkiloti
Butunjahon turistik tashkiloti turizm sohasida yetakchi xalqaro tashkilot hisoblanadi. Turistik siyosat masalalarini muhokama qilishda global forum bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek turistik statistika va turizm sohasida amaliy texnologiyalar manbaidir. BTT -World Tourism Organization, WTO, turistik tashkilotlar rasmiy xalqaro ittifoqi, merosxo‘ri sifatida 1975 yil tashkil etilgan. BMT bosh Assamblyasi EKOSOS bilan kelishgan holda BTTni hukumatlararo tashkilot maqomini tan olgan. 2002 yilda uning tarkibiga 139 mamlakat, 6 hudud va 350 ga yaqin xususiy sektor, o‘quv yurtlari, turistik assotsiatsiyalar va mahalliy turistik tashkilotlar kirgan. BTTning – Butunjahon turistik tashkiloti shtab kvartirasi Madrid (Ispaniya)da joylashgan. Unda dunyoning barcha joylaridan turizm sohasidagi 90 mutaxassis xodimlar ishlaydi. BTT hukumatlararo tashkilot hisoblanib, BMT topshirig‘iga ko‘ra hamma uchun ochiq turizmni rivojlantirish, turizm harakatiga keng ko‘lam baxsh etishda markaziy va hal qiluvchi rol o‘ynash vazifasi yuklangan. BTTning asosiy vazifasi yana yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, atrof-muhitni, madaniy merosni muhofaza etish va targ‘ib qilish 282 hamda dunyoda turizm orqali inson huquqlarini xurmat qilishga erishish hisoblanadi. BTTning asosiy maqsadlari: Iqtisodiy taraqqiyot vositalari sifatida turizmni qo‘llab-quvvatlash va tinchlikni, xalqlararo o‘zaro tushunishni, farovonlikni, tili, irqi, jinsi, diniy e’tiqodidan qat’iy nazar inson huquqlariga rioya etilishni ta’minlash; Turizm sohasida rivojlanayotgan mamlakatlar manfaatlariga rioya etish. BTT yetarli rejalashtirish, boshqaruv va monitoring bo‘lmasa turizm madaniy, ekologik va ijtimoiy taraqqiyotga salbiy ta’sir qiladi deb hisoblaydi. Shu munosabat bilan BTT hukumatlarni, xususiy sektor, mahalliy xukumat organlari va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda turizm sohasida muhim rol o‘ynashga chaqiradi. BTT fikricha, turizm bizning davrimizda faoliyatning dinamik turi sifatida qashshoqlikka qarshi kurashda samarali foydalanilishi mumkin. BTT kambag‘allikka barham berish vositasi sifatida turg‘un turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslarda o‘z kuchini YUNKTAD bilan birlashtirdi. «Turg‘un turizm – kambag‘allika bar ham»(ST-EP) dasturi tashkilotni uzoq muddatga ishlashga mo‘ljallangan, kambag‘allik bilan kurashishi uchun turg‘un turizm harakatiga qaratilgan. U 2003 yilda «Turizm kambag‘allik bilan kurashish, ish o‘rinlari yaratish va ijtimoiy gormoniya uchun qudratli omil» shiori ostida hayotga tadbiq etildi. BTT- Butunjahon turistik tashkilotining barcha a’zolari uch kategoriyaga bo‘lindi: Haqiqiy a’zo maqomiga ega bo‘lgan suveren davlatlar; Assotsiyalashgan a’zo maqomi (BTT assotsiyalashgan a’zosi har qanday davlat yoki guruxlar territoriyalari bo‘lishi mumkin, ular o‘z tashqi siyosati uchun mustaqil javobgar emas)ga ega bo‘lgan davlatlar; BTT birlashgan a’zolari turizm sohasida manfaatdor har qanday hukumatlararo yoki nodavlat tashkilotlari, shuningdek faoliyat BTT vakolati yoki turizmning ba’zi asoslariga daxldor tijorat tashkilotlar va birlashmalar (aviakompaniyalar, mehmonxonalar, banklar, tadqiqot institutlari, nashrlik guruxlari va boshqalar). Birlashgan a’zolar esa uch guruhga bo‘linadi: - BTT ish kengashi; - BTT ta’lim bo‘yicha soveti; - BTT turistik markazlarni boshqarish bo‘yicha operativ markazlari. Birlashgan a’zolarga kirish uchun nomzod shtab – kvrtirasi joylashgan mamlakatning qo‘llab- quvatlovchi rasmiy roziligi talab qilinadi. BTT turistik industriya rahbarlari va hukumatlararo faol hamkorlikni ta’minlovchi hukumat vakillari bilan ish olib boradigan operativ sektor mavjud bo‘lgan yagona hukumatlararo tashkilotdir. Birlashgan a’zolarning keng tarkibi o‘z ish dasturiga ega. Unda har yili majlislar va texnik seminarlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Masalan 2001 yilda «Turizmda elektron biznes», 2002 yilda «Davlat va xususiy sektor hamkorligi va sherikchiligi » kabi maxsus mavzularda seminarlar o‘tkazildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling