O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Jadval 26  Turistik xizmatlar oldi-sotdi jarayonida turistik


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Jadval 26 
Turistik xizmatlar oldi-sotdi jarayonida turistik
firma o‘rni. 
Turistik xizmatlar 
iste’molchilari 
(sayyohlar ) 
Turistik 
firma 
Turistik xizmatlar 
ishlab 
chiqaruvchilar 
Manba: 
Ekonomika i organizatsiya turizma. M. 2006
 
 
Mamlakat katta qismida turistik biznes ko‘psonli tadbirkorlik strukturalariga 
berilgan. Ular milliy qonunchilikka muvofiq tuziladi va faoliyat yuritadi. Ular 
o‘rnatilgan standartlar, talablar, shartlariga qat’iy amal qilishga majburdirlar. 
Masalan, Rossiya Federatsiyasida XXI asr boshlarida 10 turistik almashinuvda faol 
ishtirok etuvchi xorijiy mamlakat katta qismidagi turistik biznes ham xuddi shu 
raqamlarga yaqinroq baholanadi. 
Ta’kidlash kerakki, turistik firmalar faoliyatida operatsiyalar hajmi va 
harakteri, bozordagi o‘rni, faoliyat ixtisoslashuvi va turistik bozorning boshqa 
shartlari bilan bog‘liq sezilarli farqlar ko‘zga tashlanadi. Eng avvalo, turistik 
firmalar turoperatorlar (turtashkilotchilar) va turagentlik (turagentlar)ga bo‘linadi. 
Turoperatorlar. 
Ular 
turistik 
mahsulotlarni 
ulgurji 
sotuvchilar 
hisoblanishadi Turoperatorlar turistik xizmatlar ishlab chiqaruvchilar va ularni 
chakana sotuvchilar o‘rtasida bog‘lovchi o‘rinni egallaydi. Ommaviy turistik 
mahsulotlar (inklyuziv safarlar) yaratish uchun ular mehmonxona, restoranlar, 
transport korxonalari katta hajmdagi xizmatlarini sotib oladilar. Ulardan belgilangan 
yo‘nalishda guruh va individual sayohatlar uchun safar paketlarini shakllantiradilar. 
Turoperatorlar uyushtirilgan turizmning bosh generatorlari hisoblanadi. 
Ularning asosiy vazifasi bozor talablarini o‘rganish va qondirishdan iborat. Ulgurji 
turfirmalarga o‘z biznesini rivojlantirish uchun sezilarli moliyaviy vositalarni 
investitsiya qilishga to‘g‘ri keladi. Bu o‘z savdo markazi va mahsulotning harakati, 
samarali sotish tarmog‘i yaratish va boshqalar uchun zarurdir. 
Turistik 
bozorning 
katta bo‘lakligi va segmentatsiyasi va talab 
tuoperatorlarning faoliyatini o‘z mahsulotini aniq ixtisoslangan yo‘nalishga 
qaratishiga zarurat tug‘diradi. Tuoperatorlik faoliyatining asosiy ixtisoslashga 
yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: 
1. Xorijiy sayyohlarni qabul qilish va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashish. Bu 
faoliyat bilan shug‘ullanuvchi turfirmalar qabul qilish bo‘yicha turoperatorlar 
deyiladi. O‘zlarining asosiy vazifalarini bajarish uchun ular: 
 mamlakatda mavjud turistik resurslarni va ulardan foydalanish, egallash, 
o‘z mamlakati bo‘ylab turistik sayyohatlar xususiyatlari haqida 
axborotlarni yaxshi bilishi; 
 o‘z mamlakatida turizmning moddiy-texnik bazasi haqida axborotga ega 
bo‘lish, turistik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bilan ishchan aloqada 
bo‘lish va xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun ulardan foydalanish 
imkoniyatlari; 
 xorijiy turistlarni vizali qo‘llab-quvvatlash, turfirma taklif etadigan 
mamlakatga safarlarni sotib olish huquqi (referens)ga ega bo‘lish; 


293 
 xorijiy turistik bozorda o‘z mahsulotini sotish va harakatlanish kanallariga 
ega bo‘lish. 
2. O‘z mamlakati fuqarolarining xorijga turistik safarga borishini tashkil 
qilishga ixtisoslashish. Bu operatsiyalar bilan shug‘ullanuvchi turfirmalar yo‘nalish 
bo‘yicha turoperatorlar deyiladi. O‘zlarinining asosiy funksiyalarini bajarish uchun 
ular: 
 o‘z mamlakatida chiqish turizmi bozorida yaxshi o‘ringa ega bo‘lishi, o‘z 
yurtdoshlariga xorijga turistik sayohatlarni taklif etish va sotish imkoniga 
ega bo‘lishi; 
 o‘z turistlarini xalqaro uchastkalarga borishini ta’minlash uchun xalqaro 
tashrifchilar (avia va avtotransport, temiryo‘l va suv transporti) bilan 
mustahkam ishchanlik aloqasida bo‘lish;
 qabul qilinadigan xorijiy turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatish va vizaviy 
qo‘llab – quvvatlashni ta’minlash uchun qabul qilish bo‘yicha chet el 
turoperatorlari bilan mustahkam sherikchilik munosabatlariga ega bo‘lish; 
 turli mamlakatlarga turistik sayohatlar shartlari bo‘yicha zarur axborotga 
ega bo‘lish. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling