Komission taqdirlashlar. Ular turagent va turoperator hamkorligi
shartlarining negizi hisoblanadi. Komission taqdirlash ikki funksiyani bajaradi:
birinchidan, turagentning yagona daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi; ikkinchidan,
uni faol ishlashga rag‘batlantiradi. Agar turagent o‘zini komission taqdirlanishi
oshishidan manfaatda bo‘lsa, turoperator uchun har qanday komission oshirilish
uning shaxsiy daromadining kamayishini bildiradi. Turoperator va turagent
o‘rtasidagi munosabatlarda hamisha differensiyalashgan, tamoil jihatidan progressiv
komission narx qo‘llaniladi: turagent qancha ko‘p tur sotsa, unga to‘lanadigan
komission taqdirlash shuncha yuqori bo‘ladi. Komission taqdirlashning quyidagi
turlari mavjud:
turoperator va turagent hamkorligining dastlabki bosqichida o‘sib
boruvchi hajm uchun minimal darajada bazaviy komissiya;
nomavsumiy turlarni sotishni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha
nomavsumiy komissiya qo‘llaniladi;
qo‘shimcha komissiya guruh turlarni (15-20 kishi) sotish uchun ham
to‘lanadi;
qo‘shimcha komissiya turlarni sotishning yillik hajmiga muvofiq
mo‘ljaldan ziyodi uchun ham ko‘zda tutiladi (retrafaol komissiya);
qo‘shimcha komissiya turagentning barqaror ishi uchun to‘lanadi.
Komission taqdirlashdan tashqari, turagent ishini rag‘batlantirish uchun
boshqa raqobatlantirish choralaridan ham foydalaniladi, masalan, bonuslar to‘lash,
ya’ni turlarni belgilangan hajm (norma)dan ortiq sotib, oshirib bajargani uchun qayd
etib qo‘yilgan summa to‘lash, bepul safar yo‘llanmasi, qimmatbaho suvenirlar bilan
taqdirlash.
Hisob – kitoblar. Turoperatorlar va turagentlar hisob-kitoblari joylashgan
manzilga qarab, naqd pul to‘lash va bevosita bank o‘tkazmalari yo‘li bilan amalga
oshirildi. Bunda shuningdek turagent tomonidan komission taqdirlashni ushlab
qolish tartibi ham aniqlanadi, avans muddatlari va yakuniy hisob – kitoblar, sotuvlar
haqida oylik hisobot tartibi belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |