O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Jadval 28  Milliy turistlarni xorijga yuborishda milliy va xorijiy turfirmalarni


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Jadval 28 
Milliy turistlarni xorijga yuborishda milliy va xorijiy turfirmalarni 
o‘zaro harakati 
Turistlar 
Yo‘nalish 
bo‘yicha 
turoperator 
Qabul qilish 
bo‘yicha 
xorijiy 
turoperator 
Tur xizmat 
yetkazib 
beruvchi 
xorijlik 
Manba: 
Ekonomika i organizatsiya turizma. M. 2006 
 
Ushbu keltirilgan jadvalga muvofiq: 
1) chiqish turizmi bozorida turoperator xorijiy tur mahsulotni sotish va 
harakatini ta’minlaydi va turistlarni xalqaro tashishini tashkil qiladi; 


297 
2) xorijiy turoperator turistik mahsulotni shakllantiradi, xizmatlar paketga 
narx belgilaydi va qabul qilishni tashkil etilishini va turistlarga o‘z mamlakatida 
xizmat ko‘rsatilishni ta’minlaydi. 
Bu bo‘g‘indan xorijiy operatorni chiqarish mumkinmi? Bu savolga nazariy 
jihatdangina ijobiy javob berish mumkin. Chunki xorijiy funksiyasini bajarish 
uchun milliy turfirmaga chet elda xususiy firmasini ochishga to‘g‘ri keladi. Bu 
uning uchun yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan harajatlarni qilishga olib keladi yoki har bir 
mehmonxona kompaniyasi, ekskursion byuro va boshqalar bilan ularning 
xizmatlarini yagona turmahsulotga barcha yo‘nalishlar bo‘yicha birlashtirib, alohida 
bevosita aloqani yo‘lga quyishi zarur bo‘ladi. Bu shubhasiz, texnik ishlar hajmini 
keskin ko‘paytiradi va biror bir iqtisodiy samara ko‘rishga imkon bermaydi. 
Turli mamlakatlar turistik firmalari o‘rtasida uyushtiriladigan hamkorlik 
xalqaro turizm taraqqiyotining asosidir. Bunday hamkorlik barcha mamlakatlarda 
keng qo‘llaniladi va xalqaro iqtisodiy aloqalari taraqqiyotiga sezilarli hissa 
qo‘shadi. 
11.4. Xorijiy turfirmalar bilan sheriklik
munosabatlarini yo‘lga qo‘yish 
 
Xalqaro turistik sayohatlarni tashkil qilish to‘g‘risida qaror qabul qila turib, 
turfirmalar avval boshdan manfaatdor xorijiy turfirmalar bilan ishbilarmonlik 
aloqalarini o‘rnatishi lozim. Alohida olingan mamlakatda xorijiy sheriklar soni 
tarkibi masalasi turistik bozor yoki xorijiy potensialni baholash yoki turfirmaning 
moddiy – texnik imkoniyati asosida hal etiladi. Bunda optimal variantga erishishga 
intilish kerak. Aks holda xorijdagi ko‘p sonli sheriklar bozorni maydalanib ketishiga 
va potensial haridorlarni «olib borish»ga olib keladi, ularning sonini yagona bosh 
vakilgacha qisqartirish esa milliy turfirmalarni raqobat omillaridan foydalanish 
imkoniyatdan mahrum qiladi va uni xorijlik sherikka qaysidir jihatdan tobe qilib 
qo‘yadi. 
Sheriklik munosabatlari mo‘ljallangan mamlakatdan istiqbolli va salmoqli 
turfirmalarni qidirishni yo‘lga qo‘yish orqali boshlanadi. Shu maqsadda Internetdagi 
axborotlardan turfirmalarning xorijiy spravochniklari, ularni reklama materiallari, 
turistik ko‘rgazma, birjalar, taqsimotlarda xorijiy turfirma vakillari bilan 
uchrashuvlardan foydalaniladi. Turistik agentliklar assotsiatsiyasi va boshqa turistik 
tashkilotlar tavsiyasiga amal qilinadi. Bunda qidiruvning faol usullari tavsiya etiladi. 
Masalan, milliy turfirma rahbarlarining xorijga ishga doir safarlari, xorijiy turistik 
ishbilarmonlar doirasida maqsadli reklama yo‘li bilan milliy turfirma nufuzini 
oshirish lozim. 
Ishbilarmon sheriklarni tanlash konkurs asosida bir nacha xorijiy turfirmalar 
bilan qayta aloqani o‘rnatish, ularni ishchanlik sifatiga baho berilgandan keyin uzil-
kesil muzokoralar olib borish uchun va nisbatan maqbul variantlarda shartnomalar 
tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Xorijiy turfirmalar ishchanlik sifatlariga baho berishda yordam qiladigan 
asosiy masalalar odatda quyidagicha:
 turfirmaning manzili va yuridik nomi, telefon, faks, e-mail; 
 huquqiy – tashkiliy shakli (mulkchilik shakli); 


298 
 firma huquqiy maqomi qanday (litsenziya, patent, registratsiya, ularning 
amal qilish muddati) rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlangan; 
 firma tashkil qilingan yil; 
 nizom jamg‘armasi hajmi, moliyaviy javobgarlik summasi; 
 pullash mumkin bo‘lgan asosiy boyliklar fondi mavjudligi bino, 
mehmonxona, avtotransport va boshq.; 
 faoliyat turlari (yo‘nalish, turistlarni qabul qilish, ixtisoslashish); 
 asosiy statiyalar bo‘yicha bo‘lingan yillik oborot (inklyuziv turlarni sotish, 
transport hujjatlari, alohida xizmatlar, sug‘urta va boshq.); 
 firma qaysi bozorda ishlaydi (sotiladigan hududda, maqsadli bozor 
segmentida); 
 firma hisobi ochilgan bank nomi va ma’lumoti, bankda xorij banklari bilan 
korrespondentlik munosabatlari mavjudligi; 
 firmaning milliy turistik assotsiatsiyasi va boshqa turistik tashkilotlarga 
a’zoligi; 
 firmada transport kompaniyalari tomonidan akkreditatsiya mavjudligi; 
 firmada chakana turagentlik tarmog‘i mavjudligi, uning soni va hududiy 
joylashuvi; 
 reklamalar hajmi va turlari (ularning namunalari); 
 firma tarkibining tashkil etilishi, uning xodimlari soni, rahbarlar ism 
shariflari; 
O‘rganilayotgan firma haqida turli manbalardan olingan bu va boshqa 
axborotlar tizimlashtirilishi kerak. Ya’ni ikkinchi darajali ma’lumotlar elakdan 
o‘tkaziladi va faqat ishchanlik sifatlarini baholash imkonini beradiganlarigina ajratib 
olinadi. Eng avvalo uchta asosiy savolga javob olish lozim: huquqiy qobiliyat, 
kredit qobiliyati va bizni qiziqtirayotgan firmaning layoqatligi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling