O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Jadval 28 Milliy turistlarni xorijga yuborishda milliy va xorijiy turfirmalarni
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Manba: Ekonomika i organizatsiya turizma. M. 2006
Jadval 28
Milliy turistlarni xorijga yuborishda milliy va xorijiy turfirmalarni o‘zaro harakati Turistlar Yo‘nalish bo‘yicha turoperator Qabul qilish bo‘yicha xorijiy turoperator Tur xizmat yetkazib beruvchi xorijlik Manba: Ekonomika i organizatsiya turizma. M. 2006 Ushbu keltirilgan jadvalga muvofiq: 1) chiqish turizmi bozorida turoperator xorijiy tur mahsulotni sotish va harakatini ta’minlaydi va turistlarni xalqaro tashishini tashkil qiladi; 297 2) xorijiy turoperator turistik mahsulotni shakllantiradi, xizmatlar paketga narx belgilaydi va qabul qilishni tashkil etilishini va turistlarga o‘z mamlakatida xizmat ko‘rsatilishni ta’minlaydi. Bu bo‘g‘indan xorijiy operatorni chiqarish mumkinmi? Bu savolga nazariy jihatdangina ijobiy javob berish mumkin. Chunki xorijiy funksiyasini bajarish uchun milliy turfirmaga chet elda xususiy firmasini ochishga to‘g‘ri keladi. Bu uning uchun yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan harajatlarni qilishga olib keladi yoki har bir mehmonxona kompaniyasi, ekskursion byuro va boshqalar bilan ularning xizmatlarini yagona turmahsulotga barcha yo‘nalishlar bo‘yicha birlashtirib, alohida bevosita aloqani yo‘lga quyishi zarur bo‘ladi. Bu shubhasiz, texnik ishlar hajmini keskin ko‘paytiradi va biror bir iqtisodiy samara ko‘rishga imkon bermaydi. Turli mamlakatlar turistik firmalari o‘rtasida uyushtiriladigan hamkorlik xalqaro turizm taraqqiyotining asosidir. Bunday hamkorlik barcha mamlakatlarda keng qo‘llaniladi va xalqaro iqtisodiy aloqalari taraqqiyotiga sezilarli hissa qo‘shadi. 11.4. Xorijiy turfirmalar bilan sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish Xalqaro turistik sayohatlarni tashkil qilish to‘g‘risida qaror qabul qila turib, turfirmalar avval boshdan manfaatdor xorijiy turfirmalar bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishi lozim. Alohida olingan mamlakatda xorijiy sheriklar soni tarkibi masalasi turistik bozor yoki xorijiy potensialni baholash yoki turfirmaning moddiy – texnik imkoniyati asosida hal etiladi. Bunda optimal variantga erishishga intilish kerak. Aks holda xorijdagi ko‘p sonli sheriklar bozorni maydalanib ketishiga va potensial haridorlarni «olib borish»ga olib keladi, ularning sonini yagona bosh vakilgacha qisqartirish esa milliy turfirmalarni raqobat omillaridan foydalanish imkoniyatdan mahrum qiladi va uni xorijlik sherikka qaysidir jihatdan tobe qilib qo‘yadi. Sheriklik munosabatlari mo‘ljallangan mamlakatdan istiqbolli va salmoqli turfirmalarni qidirishni yo‘lga qo‘yish orqali boshlanadi. Shu maqsadda Internetdagi axborotlardan turfirmalarning xorijiy spravochniklari, ularni reklama materiallari, turistik ko‘rgazma, birjalar, taqsimotlarda xorijiy turfirma vakillari bilan uchrashuvlardan foydalaniladi. Turistik agentliklar assotsiatsiyasi va boshqa turistik tashkilotlar tavsiyasiga amal qilinadi. Bunda qidiruvning faol usullari tavsiya etiladi. Masalan, milliy turfirma rahbarlarining xorijga ishga doir safarlari, xorijiy turistik ishbilarmonlar doirasida maqsadli reklama yo‘li bilan milliy turfirma nufuzini oshirish lozim. Ishbilarmon sheriklarni tanlash konkurs asosida bir nacha xorijiy turfirmalar bilan qayta aloqani o‘rnatish, ularni ishchanlik sifatiga baho berilgandan keyin uzil- kesil muzokoralar olib borish uchun va nisbatan maqbul variantlarda shartnomalar tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Xorijiy turfirmalar ishchanlik sifatlariga baho berishda yordam qiladigan asosiy masalalar odatda quyidagicha: turfirmaning manzili va yuridik nomi, telefon, faks, e-mail; huquqiy – tashkiliy shakli (mulkchilik shakli); 298 firma huquqiy maqomi qanday (litsenziya, patent, registratsiya, ularning amal qilish muddati) rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlangan; firma tashkil qilingan yil; nizom jamg‘armasi hajmi, moliyaviy javobgarlik summasi; pullash mumkin bo‘lgan asosiy boyliklar fondi mavjudligi bino, mehmonxona, avtotransport va boshq.; faoliyat turlari (yo‘nalish, turistlarni qabul qilish, ixtisoslashish); asosiy statiyalar bo‘yicha bo‘lingan yillik oborot (inklyuziv turlarni sotish, transport hujjatlari, alohida xizmatlar, sug‘urta va boshq.); firma qaysi bozorda ishlaydi (sotiladigan hududda, maqsadli bozor segmentida); firma hisobi ochilgan bank nomi va ma’lumoti, bankda xorij banklari bilan korrespondentlik munosabatlari mavjudligi; firmaning milliy turistik assotsiatsiyasi va boshqa turistik tashkilotlarga a’zoligi; firmada transport kompaniyalari tomonidan akkreditatsiya mavjudligi; firmada chakana turagentlik tarmog‘i mavjudligi, uning soni va hududiy joylashuvi; reklamalar hajmi va turlari (ularning namunalari); firma tarkibining tashkil etilishi, uning xodimlari soni, rahbarlar ism shariflari; O‘rganilayotgan firma haqida turli manbalardan olingan bu va boshqa axborotlar tizimlashtirilishi kerak. Ya’ni ikkinchi darajali ma’lumotlar elakdan o‘tkaziladi va faqat ishchanlik sifatlarini baholash imkonini beradiganlarigina ajratib olinadi. Eng avvalo uchta asosiy savolga javob olish lozim: huquqiy qobiliyat, kredit qobiliyati va bizni qiziqtirayotgan firmaning layoqatligi. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling