O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Jadval 27  Turoperator va turagentliklarning turmahsulotlar sotishni


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Jadval 27 
Turoperator va turagentliklarning turmahsulotlar sotishni 
tashkillashtirishdagi o‘rni
Turmahsulot 
iste’molchilari 
(turistlar ) 
Chakana 
turagent 
liklar 
Turoperator-
turmahsulot 
yaratuvchi 
Tur 
xizmatlar 
yetkazib 
beruvchilar 
Manba: 
Ekonomika i organizatsiya turizma. M. 2006
 
Ammo biroq ulgurji turoperator va chakana turagentlik funksiyalarini hamma 
vaqt ham aniq chegaralab bo‘lmaydi. Chunki unisi ham, bunisi ham ulgurji, ham 
chakana operatsiyalarni bajarishi mumkin. Turoperatorlar ko‘pincha o‘z turlarini 
chakana sotish uchun xususiy agentliklar tashkil qiladilar. 
Turagentlik katta talab mavjud chog‘ida o‘z navbatida uncha katta bo‘lmagan 
ulgurji operatsiyalarning zimmasiga olishi mumkin. 
11.2. Agent bitimi 
 
Turoperator va turagent o‘rtasida hamkorlik agent bitimi asosida olib boriladi. 
Bu bitimda tomonlarning o‘zaro asosiy hamkorlik tamoillari – turlarni sotish, bir – 
birlarining va turistlar oldida ularning burch va huquqlari belgilab olinadi. Agent 
bitimining nisbatan ko‘proq tarqalgan formulasi quyidagilar hisoblanadi: 
Turoperator huquq beradi, turagent esa o‘z nomidan turoperatorning turlarini 
sotish majburiyatini qabul qiladi va ma’suliyatni bo‘yniga oladi. Evaziga 
turoperator tomonidan komission taqdirlay oladi. Bunday formula shuni bildiradiki: 
 turist bilan tuziladigan oldi-sotdi shartnomasi va boshqa safar hujjatlarda 
turagent aytilishi kerak; 
 Tursotish bilan bog‘liq barcha ishlab chiqarish harajatlari va chiqimlar 
turagent tomonidan to‘lanadi; 
 turagent sotilgan turning bajarilishi uchun o‘z haridori oldida bevosita 
javobgardir. 
Turoperator o‘z tomonidan turagentga har bir sotilgan tur uchun komission 
taqdirlashni to‘laydi. Bunday taqdirlash miqdori turni sotish narxiga foiz hisobida 
belgilanadi yoki qayd qilingan summa ko‘rinishida to‘lanadi. Turoperator 
shuningdek turagent oldida sotilgan turni bajarish chog‘ida vujudga keladigan 
turistga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun to‘liq javob beradi. 
Bitim ob’ekti. U turoperatorning turlarni sotish va bronlashtirish tartibi va 
sonining ruyxatini belgilaydi, masalan: 
 turoperator yillik katalogiga muvofiq yoki cheklangan turlar ruyxatiga 
asosan turlarni sotish; 


295 
 turagentdan tushgan buyurtma va turoperatorda mavjud bo‘sh o‘rinlarga 
qarab turlarni sotish; 
 turagent tomonidan unga qat’iy berkitilgan o‘rinlar kvotasi bo‘yicha 
turlarni sotish. Bu holda turagent ajratilgan o‘rinlar kvotasini 
turoperatordan qo‘shimcha tasdiq olmasdan sotish huquqiga ega. 
Turlar narxi. Tomonlar reklamada e’lon qilingan turlarning har biri bo‘yicha 
yagona narx haqida kelishib olishadi. Hech bir tomon bu narxlarni oshirish yoki 
kamaytirishga haqli emas. Turagent belgilangan narxga turistning iltimosi bilan 
ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmatlar uchun narx qo‘shish huquqiga ega. Masalan, 
turistning yashash joyidan guruh yig‘iladigan joygacha va qaytish qiymatiga. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling