291
XI Bob. XALQARO TURIZMDA TURISTIK
SAYOHATLARNI TASHKIL ETISH
11. 1. Turistik safarlarni tashkil etishda turistik firmalarning
o‘rni va roli.
11.2. Agent bitimi.
11.3. Turoperatorlarning xalqaro turlarni tashkil etish
xususiyatlari.
11.4. Xorijiy turfirmalar bilan sheriklik munosabatlarini yo‘lga
qo‘yish.
11.5. Turoperatorning yo‘nalish bo‘yicha asosiy funksiyalari.
11.6. Qabul qilish bo‘yicha turoperatorning asosiy funksiyalari.
11.7. Turistik agentliklar ish texnologiyasi va funksiyalari.
11. 1. Turistik safarlarni tashkil etishda turistik firmalarning o‘rni va
roli
Barcha sayohatlar xoh ichki, xoh xalqaro turizmda bo‘lsin, uyushtirilgan va
uyushtirilmagan sifatida baholanadi.
Turistik firmalar vositachiligi yoki yordamida xorijga yoki o‘z mamlakatiga
individual va guruh bo‘lib sayohat qilish
uyushtirilgan turizm hisoblanadi.
Individual yoki guruh bo‘lib o‘z mamlakati yoki
xorijga ishtirokchilarning
o‘zlari tomonidan tashkil etilgan sayohat esa
uyushtirilmagan turizm hisoblanadi.
Odatda turizmning bu kategoriyasiga nisbatan «havaskor turizm» (oddiy tilda
«Yovvoyilar») degan atama qo‘llaniladi.
Uyushtirilgan va uyushtirilmagan turizm maxsus statistikasi milliy va xalqaro
masshtabda yurgizilmaydi, ammo ekspertlar bahosi bo‘yicha jahon turizmi umumiy
hajmiga uyushtirilgan turizmning 35 % ga yaqin, uyushtirilmagan turizmning 65 %
ga yaqin ulushlari to‘g‘ri keladi.
Uyushtirilgan sayohat ulushi hozircha uyushtirilmagan
safarlardan ancha
orqada qolayotgan bo‘lsada, mutloq raqamlarda uyushtirilgan turizm ko‘psonli
oqimlarni tashkil qiladi va yildan yilga ortib borayapti.
Turistik firma – yig‘ma tushuncha. Uning zamirida tadbirkorlik tarkibi,
turistik xizmatlar oldi-sotdisi sohasida tijoriy asoslarda
vositachilik operatsiyalari
bilan shug‘ullanuvchilar tushuniladi. Turistik firmaning o‘zi turistik xizmatlar ishlab
chiqarmaydi. U buning uchun zarur ishlab chiqarish vositalariga ega emas. Shuning
uchun u sof vositachilik vazifasini bajaradi va ist’molchi topshirig‘i
bilan ishlab
chiqaruvchilardan har xil turistik xizmatlarni sotib oladi (mehmonxona, transport
ovqatlanish korxonalari va sayr tomoshalar va boshq.). Turistik firma ist’molchi va
turistik xizmatlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida vositachi o‘rnini egallaydi (jadval
26).