O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Huquqiy qobiliyati. Firmaning milliy qonunchilik asosida xalqaro turistik 
faoliyat bilan shug‘ullanishiga imkon beradigan ahvoli. Bunday maqomga ega 
bo‘lmagan huquqiy va jismoniy shaxs, to‘la huquqli turistik firma sifatida qaralishi 
mumkin emas. Bunday firma bilan tuzilgan har qanday bitim yoki kelishuv keltirib 
chiqaradigan oqibatlari bilan haqiqiy emas deb hisoblanadi. 
Turistik firma huquqiy qobiliyatligi rasmiy hujjatlarda aks etadi: litsenziya 
yoki patent, registratsiya va boshq. Firmaning huquqiy agentlikka yoki xalqaro 
turistik tashkilotga a’zoligi, transport kompaniyalari tomonidan akkredatsiyalangani 
hisoblanishi mumkin. 
Kredit qobiliyatligi. Turfirmada o‘z faoliyatini ta’minlash va tuzilgan 
shartnomalar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitobni amalga oshirish uchun moliyaviy 
vositalar mavjudligi. Litsenziyaga amal qilish muddati davomida uni tugashigacha 
o‘z kuchini saqlab qoluvchi huquqiy qobiliyatlilikdan farqli ravishda kredit 
qobiliyatlik doimiy o‘zgarib turishi mumkin. Ba’zan firma hisobida pul mablag‘lari 
qolmaydi va turfirma yagona kredit qobiliyatligi kafolati avans to‘lovlarigina bo‘lib 
qolishi mumkin. Xorijiy turfirma bilvosita kredit qobiliyatligi tasdig‘i bo‘lib uning 
sotiladigan boyliklari mavjudligi asosiy fondlar va moliyaviy javobgarligining 
sug‘urtalangani hisoblanadi. 


299 
Layoqatligi. Firma qobiliyati tuzilgan bitimlardan kelib chiqadigan barcha 
majburiyatlar va harajatlarni bajarishi bilan belgilanadi. Oborot, ixtisoslashganlik, 
bozoriy ulush, turindustriyalar, transport kompaniyalari bilan aloqa sotish 
tarmoqlari mavjudligi, turmahsulotni bozorda harakatlanmoqlari mavjudligi, 
turmahsulotni bozorda harakatlantirish imkonini, xodimlar soni va malakasi kabi 
ko‘rsatkichlar layoqatlik mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘rib chiqilgan masalalarni 
o‘rganish natijasiga qarab, turoperator uning uchun istiqbolliroq bo‘lgan xorijiy 
turfirma (turfirmalar) bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatish haqida qaror qabul 
qiladi.Hamkorlik shartlari ularning kelishuvidan keyin tegishli huquqiy hujjatlarda 
(kontrakt, shartnoma, bitim, xatlar) qayd etiladi. Ushbu shartlar tomonlarning bir-
biri va turistlar oldida javobgarligi va majburiyatlariga, bitimning son va miqdor 
ko‘rsatkichlariga taaluqli bo‘lishi kerak.

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling