O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Nazorat savollari 
 
1. Xalqaro turistik tashkilotlarni sanab o‘ting. 
2. Butunjahon turistik tashkiloti – BTT tashkil etilishi tarixini aytib bering. 
3. Butunjahon turistik tashkilotning hududiy tarkibini ko‘rsating. 
4. Nodavlat turistik tashkilotlar va milliy xalqaro turistik tashkilotlarni 
aniqlang. 
5. «O‘zbekturizm»MK faoliyati va tashkil etilishi tarixini ta’riflang. 
6. O‘zbekiston Respublikasida hududiy sayohat va ekskursiyalar byurosi 
turistik davlat tashkilotlarini gapirib bering. 
7. «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasining asosiy vazifalarini sanab o‘ting. 
 


291 
XI Bob. XALQARO TURIZMDA TURISTIK
SAYOHATLARNI TASHKIL ETISH 
 
11. 1. Turistik safarlarni tashkil etishda turistik firmalarning
o‘rni va roli. 
11.2. Agent bitimi. 
11.3. Turoperatorlarning xalqaro turlarni tashkil etish
xususiyatlari. 
11.4. Xorijiy turfirmalar bilan sheriklik munosabatlarini yo‘lga
qo‘yish. 
11.5. Turoperatorning yo‘nalish bo‘yicha asosiy funksiyalari. 
11.6. Qabul qilish bo‘yicha turoperatorning asosiy funksiyalari. 
11.7. Turistik agentliklar ish texnologiyasi va funksiyalari. 
11. 1. Turistik safarlarni tashkil etishda turistik firmalarning o‘rni va 
roli 
Barcha sayohatlar xoh ichki, xoh xalqaro turizmda bo‘lsin, uyushtirilgan va 
uyushtirilmagan sifatida baholanadi. 
Turistik firmalar vositachiligi yoki yordamida xorijga yoki o‘z mamlakatiga 
individual va guruh bo‘lib sayohat qilish uyushtirilgan turizm hisoblanadi. 
Individual yoki guruh bo‘lib o‘z mamlakati yoki xorijga ishtirokchilarning 
o‘zlari tomonidan tashkil etilgan sayohat esa uyushtirilmagan turizm hisoblanadi. 
Odatda turizmning bu kategoriyasiga nisbatan «havaskor turizm» (oddiy tilda 
«Yovvoyilar») degan atama qo‘llaniladi. 
Uyushtirilgan va uyushtirilmagan turizm maxsus statistikasi milliy va xalqaro 
masshtabda yurgizilmaydi, ammo ekspertlar bahosi bo‘yicha jahon turizmi umumiy 
hajmiga uyushtirilgan turizmning 35 % ga yaqin, uyushtirilmagan turizmning 65 % 
ga yaqin ulushlari to‘g‘ri keladi. 
Uyushtirilgan sayohat ulushi hozircha uyushtirilmagan safarlardan ancha 
orqada qolayotgan bo‘lsada, mutloq raqamlarda uyushtirilgan turizm ko‘psonli 
oqimlarni tashkil qiladi va yildan yilga ortib borayapti. 
Turistik firma – yig‘ma tushuncha. Uning zamirida tadbirkorlik tarkibi, 
turistik xizmatlar oldi-sotdisi sohasida tijoriy asoslarda vositachilik operatsiyalari 
bilan shug‘ullanuvchilar tushuniladi. Turistik firmaning o‘zi turistik xizmatlar ishlab 
chiqarmaydi. U buning uchun zarur ishlab chiqarish vositalariga ega emas. Shuning 
uchun u sof vositachilik vazifasini bajaradi va ist’molchi topshirig‘i bilan ishlab 
chiqaruvchilardan har xil turistik xizmatlarni sotib oladi (mehmonxona, transport 
ovqatlanish korxonalari va sayr tomoshalar va boshq.). Turistik firma ist’molchi va 
turistik xizmatlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida vositachi o‘rnini egallaydi (jadval 
26). 


292 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling