27
joyga borishga intiladi.
Turist avtomobildami, poyezddami, mehmonxonadami
qisqasi qayerda bo‘lmasin u o‘zini xavf – xatarsiz holda sezishi, unga zarurat birinchi
yordam ko‘rsatilishi zarur. Moboda zarurat tug‘ilsa, u yer kurrasining har qanday joyi
bilan bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lishi, yuqori
darajada tibbiyot maslahatlari,
zaruriy servis xizmati olish imkoniga ega bo‘ladi. Huquqni himoya qilish va turistlar
xavfsizligini ta’minlovchi tashkilotlar sayyohlarni har qanday xavf-xatarlardan
himoya etishi lozim. Ko‘pgina mamlakatlarda sayyohlarni quriqlovchi maxsus
politsiyalar tashkil qilingan. Xalqaro turizmda yana
muhim narsa shundan iboratki,
turistlarni joylashtirish joylarida (mehmonxonalar, turbazalar, sanatoriyalar, kongress
markazlari h.k.) xalqaro andozalarga mos kelgan holda sayyohlar uchun o‘zining
jismoniy formasini saqlab turish uchun sport maydonchalari, suzish basseynlari,
trenajerlar, yugurish yo‘lakchalari bo‘lishi talab etiladi.
Undan tashqari xorijiy
sayyohlar talab va takliflarini hisobga olgan holda axborot markazlarining bo‘lishi,
unda xorijiy sayyohlarga o‘z ona tilida turli xil xizmat turlaridan foydalanishni talab
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: