40
Xalqaro turizmda turistlar tashrifi. Hozirgi
kunda turizm servisi dunyo
bozorida neft mahsulotlari va avtomobil sotish bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi.
Turizmdan keladigan umumiy daromad 680 mlrd. doll. yoki 547 mlrd. yevro (2005
y.) ni tashkil qiladi. Absolyut holda hisoblaganda xalqaro turizm sohasidan keladigan
foydaning o‘sishi 47 mlrd. dollar bo‘lib, bu summa Ispaniya davlatining xalqaro
turizmdan oladigan umumiy daromadiga tengdir
yoki Karib dengizi havzasi,
Markaziy Amerika, Janubiy Amerika va Janubiy Osiyo mintaqalari umumiy
daromadiga tengdir. Ushbu daromadda har bir mintaqaning o‘ziga yarasha salmog‘i
bo‘lib, unda Yevropa mamlakatlari qo‘shimcha 20 mlrd.
dollar ishlab, umumiy
daromadlar summasi 348 mlrd. dollarga yetdi. Bu esa butun
jahon turizmidan kelib
tushgan daromadning 51 % tashkil qiladi. Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlari
o‘z natijalarini yaxshilab 13 mlrd. dollarga umumiy daromad miqdorini 145 mlrd. (21
%) ga, Osiyo va Tinch okeani havzasi mintaqasi esa qo‘shimcha 11 mlrd. dollar olib,
umumiy daromadlar miqdorini 139 mlrd. dollar (20 %) ga yetkazdi. Afrika mintaqasi
o‘z qo‘shimcha foydasini 2 mlrd. dollarga ko‘paytirib,
daromadning umumiy
miqdorini 21 mlrd. dollarga ko‘tardi. Yaqin Sharq mamlakatlari ham qo‘shimcha 2
mlrd. dollar ishlab, umumiy daromadni 28 mlrd. dollarga olib bordi.
Bu esa butun
jahon turizmidan kelgan umumiy daromadiga mos ravishda 3 va 4 % ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: