O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
Jadval 3. Xalqaro turistlarning tashrifi 1990-2005 yillar (mln. kishi) Asosiy turistik yo‘nalishlar 1990 1995 2000 2005 Mintaqa va hududlar salmog‘i (%) Turizmdan kelgan daromadlar (mlrd. dollar) Bir keluvchi turistdan olingan daromad (dollar) Butun dunyo bo‘yicha 439 540 687 806 100,0 680 840 Yevropa 265,6 315,0 395,8 441,5 57,2 348,2 630 Shimoliy Yevropa 31,8 40,1 45,8 52,9 7,9 53,8 1020 G‘arbiy Yevropa 108,6 112,2 139,7 142,7 17,9 121,4 850 Markaziy (Sharqiy) Yevropa 31,5 60,0 69,6 87,9 4,7 32,3 370 Janubiy (O‘rtayer den-gizi bo‘yicha) Yevropa 93,6 102,7 140,8 158,6 20,6 140,2 890 Osiyo va Tinch okeani mintaqasi 56,2 82,4 110,5 155,4 20,4 138,6 890 Shimoliy-Sharqiy Osiyo 26,4 41,3 58,3 87,6 10,4 70,8 810 Janubiy- Sharqiy Osiyo 21,5 28,8 36,9 49,3 4,9 33,4 680 Okeaniya 5,2 8,1 9,2 10,5 3,6 24,5 2330 Janubiy Osiyo 3,2 4,2 6,1 8,0 1,4 9,8 1220 Amerika mintaqasi 92,8 109,9 128,1 133,5 21,2 144,6 1080 Shimoliy Amerika 71,7 80,7 91,4 89,9 15,7 107,1 1190 Karib dengizi 11,4 14,0 17,1 18,9 3,0 20,4 1080 41 havzasi Markaziy Amerika 1,9 2,6 4,9 6,5 0,7 4,6 700 Janubiy Amerika 7,7 4,7 15,3 18,2 1,8 12,5 690 Afrika 15,2 20,3 28,2 36,7 3,2 21,5 590 Shimoliy Afrika 8,4 7,3 10,2 13,7 1,0 7,0 510 Sahara sahrosi mintaqasi 6,8 13,0 17,9 23,0 2,1 14,5 830 Yaqin Sharq 9,6 13,7 24,2 39,1 4,0 27,6 710 Manba: Vsemirnaya turistskaya organizatsiya (YUNVTO) ©. 2006. Yevropa turizmi. Yevropa sharqiy yarim sharda joylashgan bo‘lib, uning umumiy maydoni (orollar bilan birgalikda) 10,5 mln. kv.km. tashkil qiladi. Mintaqa turistik resurslarga juda boy bo‘lib yer shari bo‘yicha alohida ajralib to‘radi. Yevropa qirg‘oqlari Atlantika va Shimoliy muz okeani va uning 10 dan ortiq dengizlari bilan yuvilib turadi. Mintaqa hududida 20 ta dan ortiq daryolar, 15 ta katta kichik ko‘llari 25 taga yaqin orollari, 10 dan ziyod tog‘ tizmalari, takrorlanmas vulkanlari, xilma-xil (arktik, antraktik, subarktik, mu’tadil, subtropik) iqlim poyaslari, rang-barang tabiat zonalari azal-azaldan sayyohlarni o‘ziga jalb qilib kelgan. Yevropa insoniyat sivilizatsiyasining eng muhim, qadimgi o‘choqlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Yevropa xalqaro turizm oqimining ilk bor tashkil etilgan mintaqasidir. Hozirgi vaqtda uning siyosiy haritasida 40 tadan ortiq davlatlar mavjud bo‘lib, ulardan 27 tasi Yevropa Ittifoqi tashkilotiga birlashgan. Bu davlatlarning aksariyat qismi resupublika va 12 tasi esa monarxiya davlat boshqaruviga egadir. Yevropada dunyoning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan qudratli «sakkizlik» davlatlari (Germaniya, Buyukbritaniya, Fransiya, Italiya va Rossiya Federatsiyasi) joylashgan. Ushbu mintaqada ko‘p kam aholi soniga ega bo‘lmagan juda kichik «mitti davlatlar» (Andorra, Monako, San-Marino, Lixtenshteyn, Vatikan) ham o‘rnashgan. Xorijiy Yevropa (MDH davlatlaridan tashqari) dunyo aholisining eng zich joylashgan mintaqalaridan biri bo‘lib, uning hududida yer shari aholsinining 8 foizdan ortiq qismi yashaydi. Yevropa dunyoda eng yirik, qadimiy shaharlari, ibodatxonalari, sport inshootlari, ko‘ngil ochar o‘yingohlari, san’at markazlari (teatrlar, muzeylar, san’at galareyalari), dam olish maskanlari, kurortlar, shifobaxsh mineral suvlari, dengiz plyajlari, mehmonxonalar, restoranlar, zamonaviy transport kommunikatsiyalari (aeroportlar, dengiz, daryo portlari, temir yo‘l, avtomobil vokzallari, yuqori sifatli avtomobil yo‘llari, tezyurar poyezdlari va havo kemalari, yuqori klasli dengiz va okean passajir kemalari), rivojlangan bank-moliya tashkilotlari, xilma-xil servis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalari barchasi xalqaro turizmning rivojlanishiga juda katta imkoniyatlar tug‘diradi. Yevropa mintaqasi tabiiy geografik va siyosiy jihatdan G‘arbiy Yevropa, Markaziy (Sharqiy) Yevropa, Shimoliy Yevropa va Janubiy (O‘rta Yer dengizi bo‘yi) Yevropa qismlariga bo‘linadi. Yevropa xalqaro turizmda egallagan salmog‘ining pastligiga qarmasdan, hamon u dunyo turizmning eng asosiy mintaqalaridan bir bo‘lib qolmoqda (54,8%). Buning asosiy sabablari birinchidan mintaqada xilma-xil rekratsion (tabiiy, madaniy-tarixiy) resurslarning mavjudligi, ikkinchidan turizmning rivojlanishi uchun qo‘lay ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmalar omillari (yuqori 42 darajadagi turmush tarkibi, shahar aholisi salmog‘ining yuqoriligi, transport tarmoqlarining ser qatnovligi) dir. Yana mintaqaning geografik joylashish omili, ya’ni ko‘pgina dunyo mamlakatlariga quruqlik, suv yo‘llari bilan chiqish imkoniyatlarining mavjudligidir. Ushbu mintaqaning eng muhim xususiyatlaridan biri ichki mintaqaviy turistik oqimning ustunligidir. Yevropa bo‘ylab sayohat qilayotgan turistlarning qariyib 9/10 qismi yevropalik aholidir. Yevropada xalqaro turizmning rivojlanishi bo‘yicha Shimoliy Yevropa mintqasi, undan so‘ng Janubiy (O‘rta Yer dengizi bo‘yi) mamlakatlari (Ispaniya, Italiya, Gresiya va Fransiya) yetakchilik qilib kelmoqda. Bu mintaqada turizmning o‘rtacha yillik o‘sish darajasi 2005-2006 yillarda 6-6,5 foizni tashkil qildi. Turizmning eng past o‘sish darajasi (1-1,4 %) Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari (Polsha, Chexiya, Belgiya, Lyuksemburg, Avstriya)da kuzatildi. Umuman olganda, Yevropa mamlakatlarida xalqaro turizm sohasiga aknchagina to‘sqinlik qilgan omillardan biri bu mintaqada iqtisodiy konyukturaning o‘zgarishi, ya’ni yevro pul birligiga o‘tishi bilan ifojalanadi. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling