O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Xalqaro ommaviy turizmning yuksalish davri


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

 
3.4. Xalqaro ommaviy turizmning yuksalish davri 
Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin Yevropaning ayrim mamlakatlarida
AQSH va Kanadada xalqaro turizm endi rivojlana boshladi. 1951 yilga kelib butun 
dunyo bo‘yicha qayd etilgan turistlarning umumiy soni urushgacha bo‘lgan darajaga 
yetdi va 25 mln. dan ortiq kishini tashkil qildi. Urushdan keyingi yillarda turizm 
sohasi ommaviy jamiyatning barcha tabaqadagi a’zolari uchun xizmat shakli bo‘lib 
hisoblanadi. Kuchli dam olishning rivojlanish infrastrukturasi shakllanadi. Bu davr 
turistik firmalarning aktiv faollashuvi ommaviy qurilish mehmonxonalari, motellar, 
dam olish uylari va ko‘ngil ochar joylari bilan ifodalanadi. Xalqaro miqyosda 
ayriboshlash keng ko‘lamda rivojlana boshladi. Turizm yakka tartibdan, uyushgan 
ommaviy holatga aylana boshladi. 1947 y. Parijda xalqaro turistik tashkilotlarning 
rasmiy Ittifoqi (MSOTO) tasdiqlandi. Uning haqiqiy a’zolari bo‘lib davlat va 
nodavlat tashkilotlari hisoblanadi. Ittifoq tarkibiga 116 davlat kirgan. 
XX asr o‘rtalari xalqaro turizmning eng yuqori darajada yuksalishi bilan 
harakterlanadi. 1960 yilda chetga chiquvchi turistlar soni 71 mln. kishiga yetdi. 1971 


37 
yilga kelib, u 168 mln. kishini tashkil qildi. Xalqaro turizm jadallik bilan 
rivojlanishiga birinchi o‘rinda dunyoda siyosiy vaziyatning o‘zgarishi «sovuq urush» 
siyosatining susayishi va rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining o‘sishi bilan 
belgilanadi. Turistlarning ijtimoiy kelib chiqish tarkibi anchagina o‘zgardi. G‘arb 
mamlakatlaridagi mehnatkash ommaning iqtisodiy, turmush tarzining ijobiy holga 
o‘zgarishi, ish haqining o‘sishi, ta’til kunlarining ko‘payishi kabilar katta ta’sir 
ko‘rsatdi. Xalqaro turizm rivojlanishiga fan-texnika taraqqiyotning o‘sishi, ayniqsa 
havo transportida reaktiv passajir samolyotlarning yaratilishi katta imkoniyatlarni 
tug‘dirdi. 
Xalqaro turizm rolining ko‘tarilishida BMT tezkorlik bilan rivojlanib 
borayotgani xalqaro hamkorlikning ushbu sohasiga juda katta e’tibor berdi. 1963 y. 
Rimda (Italiya) BMT turizm va sayohatlar bo‘yicha I konferensiya o‘tkazildi. 
Konferensiyada «Vaqtinchalik keluvchi», «Turist», «Ekskursant», kabi turizmda 
maxsus tushunchalarga aniqlik kiritish konferensiyada statistik hisobotlarni bir xil 
qilish va ularni tahlil qilish, turizm rivojlanishi istiqbolini belgilash, chegaralarda 
turistlarni chiqarish va kiritishning rasmiyatchilik tartib qoidalarini soddalashtirish 
ko‘rib chiqildi. Xalqaro turizm masalasi BMT – savdo va taraqqiyot 
konferensiyaning faoliyati BMT mintaqaviy iqtisodiy komissiyasi doirasida, asosan 
Yevropa iqtisodiy komissiyasiga kiritilgan. 
1969 yil BMT bosh Assambliyasi rezalyutsiyasiga muvofiq nodavlat xalqaro 
turistik tashkilotlarning maxsus ittifoqi (MSOTO) qaytadan tashkil etilib, BTTga 
aylantirildi. BTT 1975 yil 2 yanvarda o‘z ustavini qabul qildi. Uning tarkibiga 51 
davlat a’zo bo‘lib kiritilgan. BTT tashkilotining asosiy maqsadi - turizm sohasida 
davlatlarning bir-birlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yilganini ta’min etish, turizm 
sohasida rivojlanishni rag‘batlantirish, tinchlik, taraqqiyot va inson haq-huquqlarini 
himoya qilish, jadal iqtisodiyot yuksalishiga o‘z hissasini qo‘shishdan iboratdir. 
1980 yillardan boshlab xalqaro turizm xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng 
muhim doimiy, barqaror rivojlanib borayotgan sohasiga aylana boshladi. Turistik 
xizmatlar ko‘rsatish tarkibi o‘zgardi. Jahon turizmi bozori borgan sari xilma-xillasha 
bordi. Aholining ijtimoiy sohasida turistik mahsulotlarga bo‘lgan talabi va ehtiyoji 
orta bordi. Turizmning ommaviy uyushgan holdagi shakli o‘sib bordi. Turistlarga 
xizmat ko‘rsatish sifati (transport, joylashtirish, ovqatlantirish, dam olish, hordiq 
chiqarish) borgan sari rivojlanaboradi. Xilma-xil turistik mahsulotlarni taklif etuvchi 
maxsus turistik firmalar (tashkilotlar) soni ko‘payabordi. 
XX asrning so‘nggi o‘n yilida xalqaro turizm eng yuqori texnologiyalar 
asosida rivojlanib boroyotgan jahon turizm industriyasiga aylandi. Yirik xalqaro 
Transmilliy kompaniyalar (TMK), mehmonxonalar zanjiri, zamonaviy ovqatlanish 
korxonalari, ko‘ngil ochar ob’ektlar - bular barchasi xalqaro turizmni rivojlantirishga 
juda qulay shart-sharoitlarni tug‘diradi. 
1990 yillar boshida Fors qo‘ltig‘idagi (Iroq-Eron urushi), O‘rta yer dengizining 
Shimoliy-sharqiy qismi, Shimoliy Afrikadagi harbiy mojarolar xalqaro turizm 
taraqqiyotiga anchagina ta’sir ko‘rsatdi. Davlatlar o‘rtasidagi urushlar, 
kelishmovchiliklar, munosabatlarning keskinlashuviga olib keldi. Bu borada xorijiy 
turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar, qisman aviakompaniyalar juda katta 


38 
moddiy zarar ko‘ra boshladilar. Ularning ayrimlari esa bankrot darajasiga tushib 
qoldilar. 
Umuman olganda, XX asrning 90 - yillarida xalqaro turizm biroz susayib, 
uning o‘sish sur’ati o‘rtacha 4 foiz atrofida kuzatiladi. Xalqaro turizmning 
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri-bu xalqaro terrorizm va eksteremizm 
bo‘lib qolmoqda. 2001 yil 11 sentyabrda terroristik harakatlar birgina AQSH 
turizmga emas, balki butun jahon turizm rivojlanishiga berilgan qattiq zarba bo‘ldi. 
Terroristik harakatlar oqibati natijasida birgina AQShga kelib-ketuvchi turistlar soni 
12,6% qisqardi. Turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi juda ko‘pgina turistik kompaniyalar, 
firmalar, mehmonxonalar, aviakompaniyalar bankrotlik darajasiga tushib qoldilar. 
2001 yilda xorijga chiquvchi turistlar soni 2000 yilga nisbatan birdaniga 1,3 % 
ga qisqardi. Ya’ni chetga chiquvchi turistlar soni 2000 yilda 698 mln. kishini tashkil 
qilgan bo‘lsa, 2001 yilda 689 mln. kishini tashkil qildi. So‘ngi 20 yil ichida turistlar 
sonining keskin kamayishi birinchi marotaba kuzatildi. 
BTT ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda xalqaro turizm yana o‘z mavqiyeni 
saqlab qolishga qodir bo‘ldi. Uning evaziga butunjahon yalpi milliy mahsulotning 6 
%, xalqaro investitsiyalarning 7 %, dunyo iste’mol harajatlarining 11 % va soliqlar 
tushumining 5 % to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda G‘arbiy Yevropa va Shimoliy 
Amerikada ishlayotgan ishchilarning 13 tadan biri turizm industriyasida, Janubiy 
sharqiy Osiyo mamlakatlarida esa har bir 15 ishchidan biri turizm biznesi bilan 
banddir. 
Terrorizm, tabiiy ofatlar, inson salomatligi uchun qo‘rquv, xavf-xatarlar, jahon 
bozorida neft narxining keskin ko‘tarilishi, valyuta kursining o‘zgarishi, iqtisodiy 
inqirozlarga duch kelishi va siyosiy barqarorsizlik, ekologik vaziyatlarning 
keskinlashuvi va bir qator global (olamshumul) muammolarning kuchayishi xalqaro 
turizm industriyasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Shunga qaramasdan xalqaro 
turizm sohasi jahon iqtisodiyotida borgan sari o‘z mavqiyeni saqlab qolmoqda. 
Dunyo mamlakatlari o‘rtasida xalqaro turizm ommaviylashib va turistlar kelishi oshib 
bormoqda (jadval 2). 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling