O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Shakl 1  Kirish (chiqish) kartochkasining namunaviy nusxasi


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Shakl 1 
Kirish (chiqish) kartochkasining namunaviy nusxasi 
Immigratsion № kelish kartochkasi 
xizmat 
Barcha sayyohat qiluvchi shaxslarning yoshidan qat’iy nazar (pasport ma’lumotlari 
asosida to‘ldiriladi) 
1. Familiyasi Ismi
2. Jinsi 3. Tug‘ilgan sanasi 
Erkak Ayol kun__ oy_______ yil 
_____ 
4. Fuqaroligi 5. Mashg‘ulot turi 
6. Borib ko‘radigan mamlakatdagi
turar joyi adresi _______________________________________
( uy, ko‘cha, shahar)
7. Doimo yashaydigan mamlakat (uy adresi) 
______________________________________ 
( uy, ko‘cha, shahar)
 
8. Pasport № ___________ Berilgan joyi_________________________
Berilgan sanasi___________________________________________________ 
( oy, kun, yil) 
9. Keluvchi pascajirlar uchun 
chiqish 
punkti______________________________________ 
to‘xtash 
punkti______________________________________ 
10. Borishning asosiy maqsadi (kvadratlarda mos belgini bajaring): 
1. Rezidentning qaytishi 5. Ishga aloqador kasbiy maqsadlar
2. Immigratsiya (mehnatni qo‘shib) 6. Davolanish
3. Dam olish, rekreatsiya va ta’til 7. Diniy maqadlar (ziyoratchilik)
4. Do‘stlar va qarindoshlarga 8. Boshqalar 
_________________________ 
borish
_________________________________


64 
Immigratsion stutus 
Xizmat uchun belgilar 
Eslatma: Kartochka to‘liq to‘ldiriladi, kelish va ketish sanalarini hisobga olgan 
holda turistlarning mamlakatda bo‘lish muddati 
Kirish (chiqib ketish) kartochkasi turist boradigan joy, unda bo‘lishning 
davomiyligi (tunash miqdori), joylashishi haqida ma’lumotlarga ega emas. Shuning 
uchun chegarada hisobga olishdan tashqari, statistik kuzatuvning boshqa joylashish 
vositalariga kelishni qayd etish usuli qo‘llaniladi. U muvoffaqiyatli ravishda chegara 
statistikasini to‘ldiradi, ayrim mamlakatlarda esa uning o‘rnini bosadi. Otellarda va 
boshqa joylashish vositalarida statistik kuzatuvlar chog‘ida to‘planadigan 
ma’lumotlar mamlakat bo‘ylab keluvchilarni taqsimlash, xalqaro va ichki 
turistlarning istaklarini aniqlash joylashish tiplarini tanlash, mehmonxona 
bazalarining gavjumligini nazorat qilish imkonini beradi. Bu usul anchagina oddiy
lekin xodimlardan birlamchi hisob operatsiyalarini bajarishda xushyorlikni oshirish, 
intizomlik va sarishtalikni talab qiladi. 
Turistlarga joylashish chog‘ida maxsus formadagi mehmon kartochkasi 
beriladi. Ular har bir tashrif buyuruvchi tomonidan alohida yoki tez-tez g‘arbda yo‘l 
qo‘yilganiday hamrohlik qilayotgan shaxslar soni ko‘rsatilgan holda faqat oila 
boshlig‘i tomonidan to‘ldiriladi. 
Kartochkada ko‘rsatilgan grafalarni to‘ldirishdan tashqari bir qator otellarda 
ishbilarmon turistlardan kompaniya joylashgan manzilgoh, mehmonxona haqi to‘lovi 
turi (naqdmi, kredit kartochkasi yordamidami, pul o‘tkazish yo‘li bilanmi)ni aytish 
so‘raladi. Qayd etish shaklida oteldan foydalanishning asosiy qoidalari va ichki tartib, 
xususan yong‘in xavfsizligi ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Mijoz imzosi unga 
berilgan ushbu ma’lumotlar – yashash qoidalari, xizmat haqlari, boshqa amaldagi 
tartiblar bilan tanishganini tasdiqlaydi. Mehmonxona kartochkalarining shakllari 
mamlakatlar bo‘yicha farq qiladi. BTT korxonalar bo‘yicha mehmonlarni 
joylashtirish, axborot bilan ta’minlashda xalqaro darajani bir xilligiga erishish uchun 
namunaviy shakllarini tuzdi (shakl 2). 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling