O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Turizmda maxsus tashkil qilinadigan kuzatuvlar
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
Turizmda maxsus tashkil qilinadigan kuzatuvlar. Turistik oqimlar va
harajatlar aniq hisobi turizm statistikasi bosh usullari - chegaraga va joylashtirish vositalariga kelganlarni qayd etish, shuningdek bank usullari – maxsus kuzatuvlar tashkil etish bilan birgalikda olib borilganda ortadi. Immigratsiya xizmati tomonidan taqdim etiladigan hisobot, turistlarni qabul qilish bo‘yicha korxonalar, banklar va valyuta almashtirish punktlari hisobotlari asosiy statistik axborotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ammo ommaviy-iqtisodiy murakkab hodisalar singari u turizmning hamma tomonlarini qamrab olish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun ham uning bir qism ma’lumotlari maxsus statistik kuzatuvlar yordamida olinadi. Ularning axborotlari kelib tushishi chog‘ida ishlanadi. So‘ngra tizimlashtiriladi, hisobdorligi to‘ldiriladi va turistik faoliyatning alohida qirralarini sinchiklab o‘rganishga imkon beradi. Tekshiruv o‘tkazish kata tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladigan juda murakkab ish bo‘lib, u olinadigan ma’lumotlarning to‘liqligini, ularni ishnochligini, birxilligini, o‘z vaqtidaligi va taqqoslanganini ta’minlashi lozim. Ma’lumotlarni yig‘ish oldindan ishlab chiqilgan reja bo‘yicha amalga oshiriladi. Rejada kuzatuvning metodologik, metodik va tashkiliy masalalari aks etadi. Unda maqsadi qo‘yiladi, ob’ekti va kuzatuv birligi ajratiladi, hamda tekshiruv dasturi tuziladi. Har qanday statistik kuzatuvni rejalashtirishda eng avvalo uning aniq maqsadlari shakllantiriladi. Xuddi ana shu vazifalar ruyxatini aniqlashtiradi va statistik kuzatuvlar jarayonida olinadigan ma’lumotlarni aniqlaydi. Turistik tekshiruvlarning ko‘proq tarqalgan maqsadlari alohida mamlakatlar bo‘yicha kelishlar sonini (chiqib ketish oqimi uchun chiqishlar) belgilash hisoblanadi. Unda tashrif buyuruvchilarning jinsiy tarkibi, yoshi, oilaviy ahvoli, fuqaroligi, ma’lumotlilik darajasi va boshqalar ifodalanadi. Turistik tekshiruvlarda safarning o‘ziga alohida e’tibor qaratiladi. Boriladigan joyi, ko‘zlangan masofa, transport turi, bo‘lish davomiyligi, joylashtirish tipi va boshqalar ko‘zda tutiladi. Tashrif buyuruvchilarni tekshirishdan maqsad – Aruba oroliga (Kichik Antil orollari arxipelagi, Vest-Indiya) uyushtiriladigan sayohatlarni muntazam har uch oyda bir marta ko‘zdan kechirishdan iborat. Ya’ni turistlar tarkibini aniqlash, orolga asosiy turistik oqimni tashkil qilayotgan mamlakatlar, tashrif buyuruvchilar tomonidan turistik yo‘nalish sifatida Arubani tanlanishi, ularning Arubada bo‘lish chog‘ida harajatlari kattaligi, taklif qilingan turistik mahsulotlardan qoniqish darajasi kabilar e’tiborga olinadi. Bu axborotlar marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, taklif qilinayotgan turistik mahsulotlarni takomillashtirish yoki yangilarini yaratish uchun zarurdir. Maqsadni tanlash bilan bir qatorda kuzatuv ob’ekti ajratiladi. Ya’ni olinadigan ma’lumotlar mohiyati o‘rganiladi. Kuzatuv ob’ektini aniqlashda o‘rganilayotgan 69 statistik ma’lumot aniq chegarasini belgilash talab etiladi. Bir holatda bu ish maqsadlarida safar qilayotgan shaxs, boshqasida shaxsiy avtomobilda sayohat qiluvchi, uchinchisida esa faqat Yevropadan yoki boshqa biror mamlakatlar (hududlar)dan kelayotgan turistlar bo‘lishi mumkin. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling