O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.32 Mb.
bet110/119
Sana05.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1672830
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   119
O’qitish vositalari

UUM,matn,doska,darslik,DTS dasturi,bo’r,latta.

O’qitish usullari

Mashg’ulot savollari, yozuv mashqi

Monitoring va baholash

Yozuv,ogzaki savollar, so’rov, adabiyotlar tavsiyasi..

O’qitish sharoiti

Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya.

Husnixat va uni o’qitish metodikasi fani, “Husnixat darsi ishlanmasi.
3-4-sinflar husnixat darslarini rejalashtirish” mavzusining texnologik xaritasi.



Ish bosqich-
lari va vaqti

Faoliyat mazmuni

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchi

I bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish (10 daqiqa).



1.1.Ma’ruza asosidagi amaliy mashg’ulot ekanligi haqida eslatish.
1.2.Mavzu haqida ma’lumotlarni kengaytirish va mustahkamlash, Boshlang'ich sinflarda yozuvga o’quv dasturining tahlili, 3-4-sinf husnixat darslarini rejalshtirish.

Talabalar tinglaydilar va yozib oladilar

II bosqich.
Asosiy (60 daqiqa)

2.1.Talabalar bilimini aqliy hujum orqali faollashtiradi.
Bilimlarni faollashtirish savollari:
1. 3-4- sinf yozuv mashqlari 1-2- sinflar yozuv mashqlaridan nimasi bilan farqlanadi?
2. Dasturda 3-4-sinflar husnixat fani uchun qancha soat ajratiladi?
3.Yozuv darsi ishlanmasi necha qismdan iborat?
2.2.Faollashtirilgan bilimlar asosida talabalarning mashg’ulotda yechiladigan muammoga e’tibor qaratishini boshqaradi.

Savollarga javob beradilar
Muammoni yechish bo’yicha o’z fikrlarini bildiradilar

Savollarda aks etgan har bir muamoni yechish bo’yicha mini guruhlar vakillari mustaqil fikrlar bildiradilar, munozara qiladilar.



III bosqich.
Yakuniy (10 daqiqa)

3.1. Mavzu bo’yicha yakun qiladi, qilingan ishlar kasbiy faoliyatda ahamiyati muhimligiga talabalar e’tibori qaratiladi.
3.2. Mustaqil ish uchun quyidagicha topshiriq beradi: Tavsiya etilgan uslubiy adabiyotlar va DTS dasturida mavzuga doir bildirilgan fikrlar bilan yaqindan tanishish

Tinglaydilar
Topshiriqni yozib oladilar va bajaradilar

Tayanch iboralar:Harflar balandligini saqlash,murakkab jarayon,dars ishlanmasi,qo’l harakatini uzmay yozish,dam olish daqiqasi, harflar balandligi 3mm,bosh harflar balandligi 6-7mm,bir chiziqli daftar yo’li balandligi 8mm,ishlanma rejasi,DTS dasturi,dastur talablari,taqvim reja.



Республикада туризмни ривожлантириш дастурларини кўриб чиқишда ва шу мақсадда хорижий сармояларни жалб қилишда қуйидагиларга эътибор бериш лозим:
-Талабалар туризм индустриясига сармояларни, шу жумладан хорижий инвестияларни қандай қилиб жалб қилиш;
-инвестиция қўйилмаларнинг туризм хизматларига бўлган талаб ва таклифни ҳисобга олган ҳолда қандай режалаштирилиши;
-сарфланган сармояларнинг амал қилаётганлигини таҳлил қила олишни билишлари зарур.


Республикада туризмни ривожлантириш дастурларини кўриб чиқишда ва шу мақсадда хорижий сармояларни жалб қилишда қуйидагиларга эътибор бериш лозим:
-Талабалар туризм индустриясига сармояларни, шу жумладан хорижий инвестияларни қандай қилиб жалб қилиш;
-инвестиция қўйилмаларнинг туризм хизматларига бўлган талаб ва таклифни ҳисобга олган ҳолда қандай режалаштирилиши;
-сарфланган сармояларнинг амал қилаётганлигини таҳлил қила олишни билишлари зарур.


Республикада туризмни ривожлантириш дастурларини кўриб чиқишда ва шу мақсадда хорижий сармояларни жалб қилишда қуйидагиларга эътибор бериш лозим:
-Талабалар туризм индустриясига сармояларни, шу жумладан хорижий инвестияларни қандай қилиб жалб қилиш;
-инвестиция қўйилмаларнинг туризм хизматларига бўлган талаб ва таклифни ҳисобга олган ҳолда қандай режалаштирилиши;
-сарфланган сармояларнинг амал қилаётганлигини таҳлил қила олишни билишлари зарур.

MASHG’ULOTNING MAZMUNI:

1. 2-sinfda chiroyli yozuvga o’rgatish.


Bir chiziqli daftarda harflarni bir xil balandlikda yozish chiroyli yozuvga o’rgatishning asosiy shartlaridan biridir.Yozuvda harflarni bir xil balandlikda saqlash ancha qiyin bo’lib,o’quvchi barcha imloga oid malakalarni egallay olmaydi.Shuning uchun 1-sinfdan boshlab siyrak qiya ikki chiziqli daftarga yozib mashq qildiriladi,so’ngra siyrak qiya (vertikal) chiziqsiz daftarga va 2-sinfning ikkinchi (III choragi) yarmidan boshlab bir chiziqli daftarga yozib mashq qildiriladi.Katta yo’lli daftarda kichik harflar o’chami 3 mm,bosh harflar o’lchami esa 6 mm o’lchamda bo’ladi.
Boshlang’ich ta’limning keyingi (2,3,4) bosqichlarida yozuv tezligining o’shib borishi natijasida o’quvchilar yozuvida kamchiliklar kuzatiladi.

3.Yozuvga o’rgatish darsi ishlanmasi.
Quyida biz ikkinchi sinfda o’tkaziladigan bir soatlik chiroyli yozuv darsining namunasini keltiramiz.
Ushbu dars namunasidan o’qituvchilar boshqa mavzularni o’tishda ham foydalanishlari mumkin.
Mavzu: kichik ,, ng “ harfiiy birikmasini yozishga o’rgatish.
Maqsad: O’quvchilarni kichik ,, ng “ harfiy birikmasini to’g’ri va chiroyli yozishga o’rgatish.
Darsning jihozlari. ,, Yozish vaqtida yo’g’ri o’tir “ nomli plakat, kichik ,, ng “ harfiniy birikmasining yozilish qoidalari kattalashtirib ko’rsatilgan jadvallar.

Darsning borishi.


1. O’qituvchi o’quvchilarning darsga tayyorgarligini har bir o’quvchining oldida daftar ruchka borligini tekshirib, yozuv daftarlarini ham ko’rib chiqadi.
2.Sinfda osib qo’yilgan ,,Yozish vaqtida to’g’ri o’tir “ nomli plakatdan foydalanib, o’quvchilarning o’tirishini tekshirib chiqish, parta ustidagi qiya chiziqlarga daftarning holatini to’g’rilab olish.
3.O’quvchilarga barmoqlarning harakatlarini o’stiruvchi mashqlar bajartiriladi.
Bunday mashqlarni partada o’tirgan holda bajartirish mumkin. Chunonchi, qo’llarimizni oldinga uzatib, barmoqlarimizni harakatlantiramiz.
O’rmalaydi o’rgimchak,
To’xtamasdan g’izillab.
To’qir katta belanchak,
Uychasida bizillab.
Ushbu mashq davomida qo’l barmoqlari 9-10 marotaba harakatlantiriladi.
Bu sinfda badantarbiya daqiqalarini o’tkazish ta’lim-tarbiya, gigiyena vazifalarini bajaribgina qolmay, balki bolalarning jismoniy jihatdan sog’lom o’sishiga, qaddi- qomatining to’g’riva erkin shakllanishiga yordam beradi.
4. Bugun kichik ,, ng’’ harfiy birikmani yozishni mashq qilamiz.
O’qituvchi doskada kichik ,, ng’’ harfi kattalashtirib chizilgan plakatdan foydalanib, uning elementlarini va qanday yozilishini tushintirib beradi. Shundan so’ng ,, ng’’ harfini doskada yozib ko’rsatadi. O’quvchilar esa uning yozilishini diqqat bilan kuzatadilar. O’qituvchi doskada harf elementlarinitushuntirishbilan birga, uning bir butun shaklda yozilishini ham eslatib o’tadi.
5.O’qituvchi bosma va yozma ,, ng’’ harfini bir-biri bilan solishtirib ko’rsatadi.
O’quvchilarga kichik ,, ng’’ harfining bosma va yozma shakllarini bunday taqqoslab ko’rsatishning ahamiyati katta, chunki ko’pchilik o’quvchilar ayrim harflarni kitobdagi bosma shakliga o’zshatib yozishga harakat qiladilar.
6.O’qituvchi kichik ,, ng’’ harfining birinchi elementini yana qayta doskada ko’rsatib beradi.
Shundan so’ng o’quvchilar daftarlarida qizil siyoh bilan yozib ko’rsatilgan shu elementni topib, uning davomidan yozish ko’rsatiladi.
Bu harfni yozishda pastdan yuqoriga qiya chiziqcha chiziladi, yuqoridan pastga kichik tayoqcha tushiriladi, va qo’l harakatini uzmasdan turib yana tagi ilmoqli ikkinchi kichik tayoqcha tushiriladi.
7.O’quvchilarni o’rnidan turg’azib, oldin o’rganilgan badantarbiya mashqkaridan 2-3 tasini bajartiriladi. (“Kir yuvishda onamizga yordam beramiz” harakatli mashq. Bunda bolalar kir yuvayotgan, uni qisib, qoqib yoyayotgan va dorga osayotgan harakatlar qiladilar) Bu mashqlar 2-3 daqiqadan oshmasligi kerak. Mashq tugagandan so’ng yana yozuv mashqlari davom ettiriladi.
8. O’qituvchi doskani kichik ,,ng’’ harfining elementlariga ajratmay, bir butun shklda yozilishini ko’rsatib beradi. O’qituvchilar o’qituvchining ko’rsatmasiga muvofiq yozishni davom ettiradilar.
9. Bolalarga kichik ,,ng’’ harfining bir necha kichik harflar bilan bog’lanishi ko’rsatib berilgandan so’ng ular o’z daftarlarida mashq qiladilar.
10.Uyga vazifa. Daftarga ikki qator ,, ng’’ harfini va shu harf bilan bog’langan so’zlarni yozib kelish topshiriladi. O’qituvchi uy vazifalarni bajarish vaqtida ham yozuv qoidalariga qat’iy amal qilish lozim ekanligini ealatib o’tadi.
11. Dars jarayonida toza va chiroyli yozgan o’quvchilarning daftarlari namuna qilib ko’rsatiladi, rag’batlantiriladi va shunday chiroyli, toza yozish zarurligi uqtiriladi.
Husnixat mashg’ulotlarini yuqorida ko’rsatilgani kabi uyushtirish chiroyli va to’g’ri yozish malakasini hosil qilish, o’quv fanlarini puxta o’zlashtirishga yordam beradi.



Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling