2.Daftarlar bilan ishlash
O’quvchilar yozuv daftari asosida uyushtiriladigan yozuv darslarida o’quvchilar asosan grafik malakalarni egallaydilar.
O’quvchilar tayyorlov davrining birinchi bosqichida yozuv chiziqlarini farqlash (asosiy yozuv chizig’i: ( = ); yordamchi yozuv chizig’i: ( - - - // ), harf elementlarini yozish, elementlar oralig’ini chamalash orqali ular orasida bir xilda masofa qoldirish, hoshiyalar ustidan chizishni mashq qilish orqali qo’lni yozuvga tayyorlash ishlarini bajaradilar.
Ikkinchi bosqichda unli harflarning kichik va bosh shakllarini yozishni o’rganadilar.
Asosiy davrda undosh harflarning kichik va bosh shakllarini, o’rganilgan unli va undoshlar bilan bo’g’in, so’z, gap yozishni mashq qiladilar. Bu davrda harflarning shaklini o’quvchi xotirasida to’g’ri gavdalantirishshga, tovushlarning so’z ma`nosini farqlashdagi vazifasini anglashga, so’z ma`nosini tushunish va izohlab yozishga o’rgatiladi.
Daftarda ta`lim beruvchi, o’rganuvchi-tekshiruvchi xarakterdagi mashqlar berilgan.
Boshlang’ich sinflarda yozuv daftarining bugunga qadar to’rt xil bo’lib, bular quyidagilar:
Kichik (ikki) yo’lli quyidagi daftarga 1-sinf o’quvchilari yozadilar:
__________________
__________________
- - - - - - - - - - - - - - -
__________________
__________________
2-sinfning I-II choraklarida ikki yo’lli, ammo tik (vertikal) chizisiz daftarga yozadilar:
___________________
___________________
___________________
___________________
2-sinfning III choragidan boshlab, 3-4-sinflarda bir yo’lli (katta chiziqli) daftarga yozadilar:
____________________
____________________
____________________
Matematik daftar, 1-4-sinflarda matematuka darslarida va bosma harflarni mashq qiladilar:
__________
Do'stlaringiz bilan baham: |