O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.32 Mb.
bet112/119
Sana05.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1672830
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   119
Qo’shimcha adabiyotlar
1.Karimov.I.A.“Yuksakma’naviyat-yengilmas kuch” T. 2008
2.Karimov.I.A.“Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining
poydevori”T.1995.
3.Yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi. T.2005.
4.G’ulomov M. “Husnixat metodikasi” Toshkent. 1976.
5.Shoabduraxmonov Sh. va boshqalar.Hozirgi o’zbek adabiy
tili. Toshkent.1980.
6.Sodiqov A. va boshqalar. Tilshunoslikka kirish. Toshkent 1981.
7.Ensiklopediyai tojik. 8 jildlik, 7-jild. Dushanbe. 1987..
8.O’zbek sovet ensiklopediyasi. 14 jildlik 12-jild Toshkent. 1989.
9.O’zbek milliy ensiklopediyasi. 1-tom. Toshkent. 2000.
10.Mallayev N. O’zbek adbiyoti tarixi. Toshkent. 1981.
11.Abdullayev V. O’zbek adbiyoti tarixi. Toshkent 1984
12.Afsahob A. As tarixi paydyishi xat.Tojikistin. Dushanbe 1994.
13. Sheynina Ye.Ya.Ensiklopediya simvolov.chast-IV “Pismena”.
“Torsing” Moskva 2006.


Elektron ta’lim resurslari
1. www.ziyonet.uz
2. www.pedagog.uz
3. www.tdpu.uz

Izohli (glossariy) lug’at

A-O’zbek alifbosining birinchi harfi va shu harfning nomi.


Avlod - bir davr kishilarining nasli, zot.
Alfavit-Biror til yozuvining ma’lum tartibda joylashgan harflari majmui.
Alomat-shartli ravishda qabul qilingan belgi, ramziy ishoralar.
Analiz-tekshirish obyektini fikran tarkibiy elementlarga ajratib tadqiq qilish usuli.
Arxiv-eski hujjatlar, yozma va grafik yodgorliklarni saqlash va tavsiflash bilan shug’ullanadigan maxsus muassasa.
Avesto yozuvi-qadimiy avesto afsonasini yoritish uchun ixtiro qilingan imlo.
Ajdod-ilgari o’tgan bir davr kishilarining nasl-nasabi
B- O’zbek alifbosining ikkinchi harfi va shu harfning nomi.
Bosh harf-Tildagi harflarning katta o’lchamdagi shakllari.
D- O’zbek alifbosining uchinchi harfi va shu harfning nomi.
Daftar-yozish uchun kitobcha shaklida tikilgan qog’ozlar
E-O’zbek alifbosining to’rtinchi harfi va shu harfning nomi.
F- O’zbek alifbosining beshinchi harfi va shu harfning nomi.
Finikiy yozuvi-22 ta undosh harf mavjud bo’lgan, qadimiy Kan’onning bo’g’in va undosh yozuvi asosida vujudga kelgan yozuv.
Fonografik yozuv-“fonos”-ovoz, “grafiya”-yozaman. Har bir alomati ovoz yoki fonemani bildiradi.
Frazeografiya- (gapni yozaman) aks tasvir va qadimgi shartli alomatlar (tamg’a, dog’).
G- O’zbek alifbosining oltinchi harfi va shu harfning nomi.
Genetik tamoyil-husnixat fanining harflar elementini o’rganuvchi sohasi.
Grafika-bo’yoq siz, chiziq va shtixlar asosida narsalarni tasvirlash vositasi.
H- O’zbek alifbosining yettinchi harfi va shu harfning nomi.
Harf elementlari-harfning qismlari,bo’laklari.
Harf nusxalari-harfning yozilgan tayyor shakli.
Harflar shaklini tahlil qilish (genetik) usul-harf qismlari-elementlarini o’rgatuvchi metod.
Harf-yozuvda tildagi biror tovushni ifodalash uchun qabul qilingan va alfavit sirasiga kiritilgan belgi.
Hijriy-musulmon yil hisobi.
Husnixat-qoidaga muvofiq chiroyli qilib yozish, kalligrafiya.
I- O’zbek alifbosining sakkizinchi harfi va shu harfning nomi.
J- O’zbek alifbosining to’qqizinchi harfi va shu harfning nomi.
K- O’zbek alifbosining o’ninchi harfi va shu harfning nomi.
Kichik harflar- tildagi harflarning kichik o’lchamdagi shakllari.
L- O’zbek alifbosining o’n birinchi harfi va shu harfning nomi.
Logografiya-“logos”-so’z, “grafiya”-yozaman, yozuvdagi har bir alomat bir so’zni bildirgan.
M- O’zbek alifbosining o’n ikkinchi harfi va shu harfning nomi.
Ma’no-Soz biblan ifodalanadigan tushuncha,gap va ish harakat zaminidagi mazmun.
Malaka-Kasbni yaxshi o’zlashtirish natijasida orttirilgan mahorat.
Manba-biror narsa yoki ish harakatining yuzaga kelishi uchun asos bo’lgan omil.
Metod (uslub)-Tabiat va jamiyat hodisalarini bilish,tadqiq qilish usuli.
Metodika-Biror ish yoki ta’limotni bajarish,amalga oshirish metodlarining, usullarining yig’indisi.
Metodologiya-Ayrim fanlarning metodlari haqidagi ta’limot.
N- O’zbek alifbosining o’n uchinchi harfi va shu harfning nomi.
Nusxa ko'chirish harf nusxasini ustidan bostirib yozish.
Nutq-fikrni so’z orqali ifodalash qobiliyati, mahorati.
O- O’zbek alifbosining o’n to’rtinchi harfi va shu harfning nomi.
Oromiy yozuvi- undosh tovushlardan iborat qadimiy yozuv.
O’- O’zbek alifbosining o’n beshinchi harfi va shu harfning nomi.
P- O’zbek alifbosining o’n oltinchi harfi va shu harfning nomi.
Paleografiya-qadimgi qo’lyozmalar yozuvini va ularning tashqi ko’rinishini o’rganadigan fan.
Q- O’zbek alifbosining o’n yettinchi harfi va shu harfning nomi.
Qalam-o’rtasida ingichka uzun grafit joylashgan cho’p shaklidagi yozuv asbobi.
Qog’oz-yozich va chizish uchun ishlatiladigan yog’och yoki lattadan tayyorlangan yupqa material.
R- O’zbek alifbosining o’n sakkizinchi harfi va shu harfning nomi.
Ruchka-bir uchida pero o’rnatilgan yozuv quroli (hozirda sharikli ruchka)
S- O’zbek alifbosining o’n to’qqizinchi harfi va shu harfning nomi.
Sanoq-ohang usuli- harf elementlarini sanab yozish usuli.
So’g’d yozuvi-qadimiy so’g’d zaminida yaratilgan (sutra) yozuv.
Stasndart (lash)-bir o’lchamga solingan, qolipdagi shablon.
T- O’zbek alifbosining yigirmanchi harfi va shu harfning nomi.
Tamoyil-bir sohadagi tartib,qoida tusini olgan yo’nalish.
U- O’zbek alifbosining yigirma birinchi harfi va shu harfning nomi.
V- O’zbek alifbosining yigirma ikkinchi harfi va shu harfning nomi.
X- O’zbek alifbosining yigirma uchinchi harfi va shu harfning nomi.
Xattot-chiroyli va aniq yozadigan odam, kalligraf. (Xushnavislik).
Xattotlik-kasb oti, san’at sohasi.
Y- O’zbek alifbosining yigirma to’rtinchi harfi va shu harfning nomi.
Yozuv-grafik belgilarning qog’ozda ifodalanishi.
Z- O’zbek alifbosining yigirma beshinchi harfi va shu harfning nomi.
Fonografiya-“ovoz yozaman” degan ma’noni bildirib ikki turkumga bo’lingan, harflar unli va undosh belgilarni ifodalagan.
Logografiya-“logos”-so’z, “grafiya”-yozaman. Yozuvdagi har bir belgi bir so’zni bildirgan.
Sillabografiya-bo’g’in yozuvi, har bir alomat bo’g’inni ifodalagan.
Iyerogliflar-“muqaddas yozuv”degan ma’noni anglatgan. Logografik yozuvning mukammal shakli.
SH- O’zbek alifbosining yigirmab yettinchi harfiy birikma va shu harfning nomi.
CH- O’zbek alifbosining yigirma oltinchi harfi y birikma va shu harfning nomi.
NG- O’zbek alifbosining yigirma sakkizinchi harfiy birikma va uning nomi.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling