O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Sog‘liqni saqlash dasturida kiritilgan mablag‘ qanday tejamkorlikka olib keladi?  2


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

1.Sog‘liqni saqlash dasturida kiritilgan mablag‘ qanday tejamkorlikka olib keladi? 
2.‖O‘zbekiston salomatligi‖ bilim bazasi nima? 
3.Odamlarning tibbiy raqamli yozuvlari nima ? 
4.Blockchain texnologiyasidan sog‘liqni saqlash tizimida qanday foydalanish 
mumkin? 
5.Ko‘chmas mulkdagi blockchain dasturlari. 
6.Ubitquity platformasi nima? 
7.Opeb Reputation tizimi nima ? 
8.ThanksCoin nima ? 
9.Blockchayn texnologiyasi B2B bozorida qo‘llanilishi. 
10.‖Dubai Points‖ loyihasi nima ? 
11.Etheramid dunyodagi eng adolatli o‘yin. 
 
 
 
 
 


136 
V BOB BLOKCHEYNNING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI 
5.1 Blokcheyn va taqsimlangan reestrlar texnologiyalari 
5.2 Smart-kontraktlar 
5.3 Huquqiy tartibga solish 
 
So‗nggi besh yil ichida blokcheyn Bitkoin kursining 20 marta o‗sishi bilan 
vujudga kelgan shov-shuvni ham, innovatsionlikning ajralmas xususiyati bo‗lishni 
ham boshidan kechirishga ulgurdi, unga hattoki jahon moliya-kredit tizimining 
kelajagini ham bashorat qilishdi. 
Uning ketidan yorilgan pufak keldi, va texnologiya na davlat tomonidan 
haqiqiy qo‗llab-quvvatlandi, na yuridik jihatdan tan olindi. 
Shov-shuv eson-omon tinchidi. 
Investorlarning ixlosi qaytdi, pragmatiklar esa – aynan nimani tan olish
tartibga solish kerakligini va umuman ular kerakmi degan fikrlarni ifodalashga 
ham ulgurmay qoldi. Ushbu tushunmovchiliklar sababli turli blokcheyn-
assotsiatsiyalar va ko‗pi bilan ikki marta to‗plangan turli darajadagi yig‗ilishlar 
tuzildi. 
Ammo, shunga qaramasdan, shu vaqt ichida kriptovalyutalarning 
samaradorligi va amaliy tatbiq etilishi nazorat qilinmaydigan muhitda real 
ishlatilishi tajribasi bilan tasdiqlandi. Blokcheynning yuz martalab tatbiq etilishlari 
ochiq tarmoqdagi ommaviy ishlatilishi jahannami sharoitida amalga oshirildi va 
ularning barchasi, ko‗plab birjalar tura olgani singari, oyoqda tura oldi.
Butun dunyodagi hukumatlar shu tufayli o‗zlarining real sektordagi qonuniy 
analoglariga raqobatchi bo‗la oladigan kriptovalyutalar va ICO larga har 
qachongidan ham ko‗proq jiddiy qarashga majbur edilar. Venesuela hukumati 
hattoki o‗zlarining 
PETRO
kriptovalyutasining relizini qildi, va ba‘zida ular o‗sha 
payt ushbu qarorlarining maqsadga muvofiqligini uncha tushunmagan deb 
tuyuladi. Xitoyning ham tushungani aniqmas. Lekin qolgan hukumatlar, ozroq 
o‗ylab, o‗zlarining nazorati ostidagi pullardan tashqari, yangi pullar paydo 
bo‗lishini qabul qilmasliklarini ochiq va qat‘iy e‘lon qilishdi, valyuta sifatidagi 
kriptovalyutalarga va qiymat ekvivalenti sifatidagi har qanday tokenlarga ham 
qat‘iy ―YO‗Q‖ deyildi. Iltimos, kriptovalyuta va tokenlarga pul sifatida emas, 
tovarlar sifatida, hujjatlar sifatida qarang!
Shu bilan birga, blokcheyn va tokenlarga texnologiya sifatida hech qanday 
taqiq yo‗qligi va nazarda tutilmasligi aniq. Va hozir, blokcheyn atrofidagi shov-
shuv pasayganda, siz ushbu texnologiyaning hozirgi holatini, uni tartibga 
solishning zarurligini va imkoniyatini xotirjam va sog‗lom baholashingiz mumkin. 
Buning uchun avvalo ushbu tartibga solishning mohiyatini tushuntirib o‗tamiz. 


137 
Shunday qilib, blokcheyn – bu tuzilmalangan bir turdagi axborot 
bloklarining bog‗langan ro‗yxatidir. Bu ro‗yxatdagi har bir yangi blok oldingisi 
bilan kriptografik bog‗liq bo‗lib, shu sababdan butun ketma-ketlikni ―zanjir‖ 
(chain, blockchain) deb atashadi va ushbu zanjir tuzilmasiga soxta blokni suqish 
mushkul. Bundan tashqari, har bir blok zanjirga abadiy yoziladi. 
Odatda, zanjirlar nusxalari tarmoqning turli tugunlarida takrorlanadi
shuning uchun zanjirni (asl holatini), har safar yangi boshlar o‗sgan Gidrani yo‗q 
qilish mumkin bo‗lmagani kabi, yo‗q qilish deyarli mumkin emas. Zanjirning joriy 
holati reestr («ledger») yoki tarmoqdagi istalgan tugun uchun o‗qiladigan ―jurnal‖ 
deb ham ataladi. 
Albatta, ushbu funksional xususiyatlar asosida ancha murakkab bo‗lgan 
matematik modellar va algoritmlar yotadi, ammo natijada, barcha atamalar va 
tafsilotlarni chetlab o‗tib, ular har qanday blokcheyn-tizimning to‗rt asosiy 
iste‘mol xususiyatlariga to‗g‗ri keladi: 

Ma‘lumotlar permanentligi (tarixiy o‗zgarmasligi); 

Transparentlik (reestrdagi har bir blok o‗qish va tahlil qilish uchun ochiq); 

Ma‘lumotlar barqarorligi (yo‗q qilib bo‗lmasligi); 

Tranzaksiyalarning qat‘iy ketma-ketligi. 
Blokcheyn-tizimning ushbu xususiyatlari foydalanuvchida reestrning joriy 
holati hech qanday retrospektiv aralashuvga uchramagan degan ishonchni hosil 
qiladi, ya‘ni unda ma‘lumotlarni soxtalashtirish bo‗lmaydi.
Ekspertlar muhitida ―blokcheyn‖ (―VS‖, Blockchain) va ―taqsimlangan 
reestrlar texnologiyalari‖ («DLT», Distributed Ledger Technologies) atamalarini 
to‗liq o‗xshatish bo‗lmaydi, shu sababdanki, blokcheyn – bu DLT ni amalga 
oshirishning yagona hodisasi bo‗lgani uchun. Haqiqatda, o‗xshash xususiyatlarni 
ta‘minlaydigan texnologiyalar yanada ko‗proq bo‗lishi mumkin (hech 
bo‗lmaganda nazariyada), shu bois terminologik aniqlik uchun biz shundan kelib 
chiqamizki, blokcheyn – bu taqsimlangan reestr texnologiyasining yagona hodisasi 
va umuman bunday texnologiyalar haqida so‗z yuritilganda, biz BC/DLT – ya‘ni 
blokcheyn yoki taqsimlangan reestrlarning boshqa texnologiyasi atamasidan 
foydalanamiz.
Shunday qilib, Bitkoin va yuzlab boshqa kriptovalyuta loyihalarining 
mashhurligi tufayli, BC/DLT butun dunyo hamjamiyatiga ommaviy foydalanish 
texnologiyasi sifatida o‗zining ishonchliligini va barqarorligini isbotlab berdi. 
Bunday mashhurliksiz, ehtimol, hozirgacha BC/DLT ning asosiy so‗z yuritilgan 
jihatlari (o‗zgarmasligi, transparentligi, barqarorligi va qat‘iy ketma-ketligi) ning 
ishonchliligida shubhalar bo‗lardi, ammo zamonaviy blokcheynlar hozir - bu o‗z 
ishonchliligini isbotlagan tizimlardir.


138 
BC/DLT ning jihatlarini amaliyotda o‗rganib, hamjamiyat uning insonlar 
o‗zaro ta‘sirining har qanday tizimlarida qo‗llanilishi imkoniyati to‗g‗risidagi 
xulosaga kelishdiki, u umumiy ma‘lumotlarning shakllanishi va qo‗llanilishida va 
ishtirokchilarda ushbu ma‘lumotlarning autentikligi masalalarida bir-biriga 
ishonmaslikka kamroq bo‗lsa ham asoslar bo‗lgandagi holatlarda quriladi. 
O‗ylab ko‗rsangiz, hayotda, ayniqsa, fuqarolik huquqiy munosabatlar 
sohasida bunday holatlar nihoyatda ko‗p. Bundan tashqari, qonun va huquq 
odamlar bir-biriga ishonishlari shart emas degan asosda ixtiro qilindi. Shu sababli 
davlat huquqiy munosabatlari sohasida, davlat boshqaruvida ishonchsizlik holatlari 
ko‗p uchrab turadi, va bunday ishlarni adolatli hal etish uchun maxsus tizimlar 
yaratilgan, masalan: 

Huquq va boshqa huquq o‗rnatuvchi yozuvlar reestrlari (EGRP, EGRN va b.); 

Ketma-ketlikka rioya etilishini talab qiladigan har qanday tizimlar (naprimer, 
bolalar bog‗chalari va maktablarga bo‗lgan navbatlar, patent organiga 
talabnomalarning navbatlari, davlat xaridlari bo‗yicha savdo jarayonida 
talabnomalarning navbatlari va b.); 

Turli davomiylikdagi ikkita o‗zaro bog‗liq qaytarilmas amaliyotlarni bir xil qilish 
lozim bo‗ladigan har qanday tizimlar (masalan, huquqlarni ro‗yxatdan o‗tkazish 
bilan har qanday oldi-sotdi). 
O‗zgarmaslik, transparentlik, barqarorlik va ketma-ketlik BC/DLT ni 
ma‘lumotlar bilan ishlaganda kafolatlangan ―ozodalik‖ ni talab qiladigan va 
ma‘lumotlarni suiste‘mol qilish yoki noqonuniy harakatlarni istisno qiladigan bu 
turdagi tizimlarni yaratish uchun mukammal texnologiyaga aylantiradi. 
O‗zini tekshirish uchun savollar 
1. So‘ngi besh yilda blokcheyn bitkoinga ko‘ra qancha o‘sdi? 
2. PETRO kriptavalyutasi qaysi mamlakatda joriy qilindi? 
3. Blokcheyn tizimida ma‘lumotlarnisoxtala sohtirib bo‘ladimi? 
Javobingizni izohlabg. 
4. ―DLT‖ atamasini izohlab bering. 
5. BC/DLT ni jihatlarini amaliyotda qo‘llash 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling