O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‗zini tekshirish uchun savollar
5.2 Smart-kontraktlar Smart-kontraktlar haqida va ayniqsa ularning an‘anaviy kontraktlar (shartnomalar) ga hech qanday aloqasi yo‗qligi to‗g‗risida aniq tushuncha beradigan payt keldi. 139 Smart-kontrakt BC/DLT evolyusiyasida g‗oyat muhim qadam natijasi bo‗lib, BC/DLT bajarilishi muhitida ishlaydigan kompyuter dasturidan iborat. Bunday dasturning ijro etish dasturi shaffof (kod o‗qish uchun ochiq) va oldindan bilinadigan (chunki ijro BC/DLT ning yakkalangan muhitida amalga oshiriladi). Blokcheyn-tizim foydalanuvchisi smart-kontrakt ko‗zda tutilgan algoritmga muvofiq va boshqa hech qanday tarzda bajarilmasligiga ishonch hosil qilishi mumkin, shuning uchun smart-kontrakt ishonch hosil qiladi, deb hisoblash adolatli (aniqrog‗i, uning bajarilish tartibi ishonchli). Albatta, bu siz ushbu algoritmni anglay bilishingiz sharoitida ishlaydi. Smart-kontrakt konsepsiyasi birinchi bor 1990-yillar boshida, hali BC/DLT paydo bo‗lishidan oldin, ta‘riflab berilgan, va huquqiy ma‘noga ega edi: smart- kontrakt kafolatlangan tranzaksiyalar to‗g‗risidagi shartnomaning yangi shakli sifatida, yoki munosabatlar sub‘ektlari hech qaysisini nazorati ostida bo‗lmagan muhitda dastur qilingan, tranzaksiyalarning qoldirilgan ijrosi bilan bo‗lgan shartnoma sifatida taklif etilgan. Bu erda ta‘kidlash joizki, smart-kontrakt nafaqat BC/DLT da amalga oshirilishi mumkin, balki BC/DLT ning paydo bo‗lishi bilan uning bajarilishiga ta‘sir etmoq imkonsizligi bilan bog‗liq xususiyatlarini texnik jihatdan ta‘minlash mumkin bo‗ldi va shu bois smart-kontraktlar faqat BC/DLT bilan o‗xshatila boshlandi. Biz ham smart-kontraktni faqat BC/DLT bilan bog‗liqlikda ko‗rib chiqamiz, u erda smart-kontrakt – bu taqsimlangan reestrga yozib olingan va ma‘lum algoritmga ko‗ra reestrda bitta yoki bir nechta tranzaksiyalar amalga oshiradigan kompyuter dasturi xolos, demakki bu dastur: BC/DLT muhitida tranzaksion ma‘lumotlarni qayta ishlashning barcha asosiy qonunlari (o‗zgarmaslik, transparentlik, barqarorlik va ketma-ketlik) ga bo‗ysunadi; Bajariladigan dastur kodi ham shu qonunlarga bo‗ysunadi, shu sababli dastur kodini almashtirib yoki o‗chirib bo‗lmaydi, demakki bajarish mazmuni va xarakterini ham almashtirib yoki deklaratsiya etilmagan usulda bekor qilib bo‗lmaydi (umumiy bekor qilinmaslik); Albatta, smart-kontrakt bajarishni bekor qilish mexanizmini ko‗zda tutishi mumkin, lekin bu har doim shaffof mexanizm bo‗lib, uni boshqa manfaatdor tomon ruxsatisiz qilib bo‗lmaydi. Tomonlar smart-kontrakt bajarishni bekor qilish holatlarini oldindan kelishib olishadi. Lekin smart-kontrakt odatda bekor qilish va maqsadli tranzaksiyaga har qanday aralashish imkonsizligini ta‘minlash uchun yaratiladi (aks holda u befoyda bo‗lardi), shuning uchun bekor qilinmaslikni ―umumiy bekor qilinmaslik‖ deb atash lozim. 140 Dasturning har bir ishga tushirilishi va ishga tushirish parametrlari reestrda qayd etiladi. Ushbu xususiyatlar birgalikda majburiyatlarni bajarish sharoitlarining, ko‗pincha real huquqiy bitimlar muhitida ilgari ulashilmas xususiyatini – majburiyatlarni bajarishning kelishilgan tartibiga rioya etiladi, tartibning buzilishini esa manfaatdor tomonlardan yashirib bo‗lmasligiga bo‗lgan ishonchni ta‘minlaydi. Ushbu imkoniyatni namoyish etish uchun biz ko‗chmas mulk oldi-sotdi bitimini aqlli shartnoma yordamida tuzilgan va bajarilgan kabi abstrakt misol keltiramiz. Agar ko‗chmas mulk operatsiyalari blokcheyn ro‗yxatidan o‗tgan va shu tarmoq kriptovalyutasi bilan to‗lanadi, deb tasavvur qilsak, u holda ko‗chmas mulk oldi-sotdisining smart-kontraktini yozish mumkin bo‗lib, uning doirasida quyidagilar amalga oshiriladi: xaridorning hisob varag‗idagi ma‘lum summani blokirovka qilish va davlat ro‗yxatidan o‗tkazish fakti (huquqiy ekspertiza natijasi) ni kutish; davlat ro‗yxatidan o‗tkazish ijobiy natija bergan taqdirda summani xaridor hisobidan sotuvchining hisob varag‗iga o‗tkazish, bu esa o‗z navbatida avtomatik ravishda sotuvchidan xaridorga yozuv huquqining qarama-qarshi o‗tkazilishini taqozo etadi. Shunday qilib, bitim tasvirlangan tarzda ijro etilishiga va hech kim uning ijrosi davomida aralashmasligiga amin bo‗lib, biz xaridor va sotuvchi o‗rtasidagi ishonchsizlikni bartaraf etamiz, ya‘ni ro‗yxatdan o‗tib, lekin pul to‗lanmaydi, yoki aksincha – ro‗yxatdan o‗tmaydi, lekin pulni qaytarib bo‗lmaydi. Bugungi kunda biz ushbu xavflarni bank qutilari va akkreditivlar yordamida kamaytiramiz, ya‘ni uchinchi tomonni jalb qilamiz. BC/DLT bilan bo‗lgan taqdirda, ―uchinchi tomon‖ smart-shartnomaning o‗zi, uning ruhsiz amalga oshirish mexanizmi hisoblanadi. Aslida, siz huquqiy tartibga solish nuqtai nazaridan smart-shartnoma mohiyati haqida bilishingiz kerak bo‗lgan barchasi shu. Tranzaksiyani xolisona bajarish – smart-shartnomaning asosiy vazifasi va uning asosiy amaliy qiymatidir. O‗zini tekshirish uchun savollar 1. Smart-kontrakt nima? 2. Smart-kontrakt konsepsiyasi qachon tariflab berilgan? 3. Smart-kontrakt- bu kompyuter dasturi ekanligini izohlab bering? 4. Mol-mulk oldi-sotdi bitimini aqlli shartnoma yordamida tzish va bajarilishiga misol eltiring. 5. Smart-kontrakt moxiyatini tushintirib bering. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling