O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

 
 
 
 
 
 
 
 


71 
III BOB DAVLAT SEKTORIDA BLOKCHEYN VA 
KRIPTAVALYUTA 
3.1. Blokcheyn va elektron ovoz berish 
3.2. Davlat sektoridagi blockchain dasturlari: registrlar, notariuslar va 
boshqalar 
3.3. Blokcheyn-texnologiya asosidagi milliy valyuta
3.4. Davlatlararo darajasidagi blokcheyn 
Moliya oqimlarini tashkil etishdan tashqari, blokcheyn texnologiyasidan 
jamiyatning boshqa o‗tkir muammolarini hal qilish uchun foydalaniladi. Ulardan 
biri – ijtimoiy muhim masalalar bo‗yicha har qanday ovoz berishni o‗tkazish 
muammosi. 
Mavjud bo‗lgan elektron ovoz berish tizimlari (EOBT) bir qator 
kamchiliklarga ega. Ulardan asosiysi – bu kodlar va natijalar shakllanadigan 
yagona markaz bo‗lib, u erdan ularni nazorati amalga oshiriladi va ma‘lumotlarni 
to‗plash ustidan nazorat usullari va shakllari belgilanadi. Tashqaridan natijalarning 
to‗g‗riligini tekshirish deyarli imkonsiz. Bu esa ovoz berish natijalarining jamiyat 
kutgan saviyasini olishga imkon bermaydi. Bundan tashqari, ko‗p odamlar bunday 
tizimlar kiberhujumlardan yaxshi himoya qilinmagan, va demak, natijalar noto‗g‗ri 
ko‗rsatilishi mumkin, degan ishonch hosil qilganlar. 
Har qanday ovoz berishni tashkil etishdagi asosiy qiyinchilik – natijalar 
shaffofligi, ochiqligi va asosiysi, hiyla-nayranglar ishlatib bo‗lmasligini 
ta‘minlashdir. Barcha ushbu masalalarni blokcheyn texnologiyasi hal qiladi. U 
mavjud EOBT lariga muqobil tizim bo‗lishi mumkin. Shunday jamiyat yoki 
davlatni tasavvur qilingki, unda har qanday muhim masala bo‗yicha har qaysi 
fuqaro ovoz berishi, saylovlar va referendumlar bir necha yilda bir marta emas, 
balki zarurat tug‗ilganda o‗tkazilishi mumkin. Agar blokcheyn texnologiyasi 
asosida onlayn-ovoz berish umume‘tirof qilinsa, kelajak aynan shunaqa bo‗lishi 
mumkin.
Blokcheyn tranzaksiyalarning haqiqiyligini tekshirish uchun yaratilgan. 
Tranzaksiyalarning xronologik bog‗langan bloklarga birlashtirilishi – tranzaksiyani 
va ―rozi‖ yoki ―qarshi‖ ovozlarni himoya qilishning ishonchli usulidir. Ovozlarni 
tekshirishning avvalgi chigal mexanizmlariga tayanmasdan, saylov komissiyalari 
buning uchun blokcheyndan foydalanishlari mumkin. 
Ovoz berishning yangi texnologiyalarining huquqiy tartiboti 2013 yil 
dekabrida EHHT ning demokratik institutlar va inson huquqlari bo‗yicha byurosi 
ishlab chiqqan ―Ovoz berishning yangi texnologiyalaridan foydalanishni kuzatish 


72 
bo‗yicha yo‗riqnoma‖ sida belgilangan. ―ovoz berishning yangi texnologiyalari‖ 
atamasi deganda u erda ovoz berish va uning natijalarini jamlashda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tushuniladi. Bu tushuncha EOBT, 
saylov byulletenlari skanerlari va internet-ovoz berishdan foydalanishlarni o‗z 
ichiga oladi.
EOBT larining ko‗plab tarafdorlari o‗z yakuniy maqsadlari sifatida ―elektron 
demokratiyani‖ ko‗rishadi, ya‘ni bu bevosita va bilvosita demokratiyaning uyg‗un 
birikmasi bo‗lib, unda barcha fuqarolar har qanday masala bo‗yicha ovoz berishlari 
yoki ushbu sohada yanada xabardor bo‗lgan kishilarga tez o‗z ovozlarini berish 
imkoniga ega. 
Ovoz berishni o‗tkazish uchun blokcheyn texnologiyasidan foydalanish 
bo‗yicha birinchi loyihalardan biri - FollowMyVote onlayn-platformasi bo‗ldi. 
O‗z ovozini berish uchun saylovchi hech qaerga borishi shart emas: ilova onlayn-
identifikatsiya o‗tkazib, sutka davomida saylov natijalarini sarhisob qila oladi.
Ovoz berishning bunday usuli ancha mablag‗ni tejashga imkon beradi: 
saylov uchastkalari, saylov komissiyasini tashkil qilish kerak emas, saylovchilar 
ham o‗zlarining fuqarolik burchlarini bajarishlari uchun hech qaerga borishlari 
lozim bo‗lmaydi. Undan tashqari, saylov natijalarini sarhisob qilishda xato yo‗l 
qo‗yish ehtimoli butunlay chiqariladi. Dasturning o‗zi barcha hisob-kitoblarni 
bajarib, natijalarni chiqaradi, ham bunda ovoz berish natijalari saylov o‗tkazilgan 
kuniyoq ma‘lum bo‗ladi. Blokcheyn texnologiyasi saylovchilar ovozlari bilan 
bo‗lishi mumkin bo‗lgan nayranglarga yo‗l qo‗ymaydi. Blokcheyn har bir 
saylovchi bergan ovozni berilgan paytidan to umumiy natijalarda hisobga 
olingunga qadar kuzatishga imkon beradi.
AQSH kompaniyasi ishlab chiqqan ovoz berish blokcheyn-tizimi saylovda 
har bir nomzod uchun ―hamyon‖ yaratishni taqozo etadi. Barcha saylovchilarga 
bitta ovoz berish huquqini beruvchi bitta raqamli tanga tarqatiladi. Odamlar 
tangalarini tanlangan hamyonga yuborib, ovoz berishlari mumkin. Butun jarayon 
ma‘lumotlar bazasiga yozib olinadi, va saylovchi ovozining to‗g‗ri 
hisoblanganligini tekshirishi mumkin. Bunday saylovlar – demokratik va shaffof 
saylov jarayonining ajoyib misolidir, ayniqsa, 2000 yilda AQSH da prezident 
saylovlarida ancha-muncha tizim xatolari sodir bo‗lganini hisobga olganda. Va 
hammamiz bilamizki, 2020 yilda AQSH da prezident saylov kampaniyasi natijalari 
qanday mojarolar bilan sarhisob qilingan.
Bugungi 
kunda 
blokcheyn 
asosida 
ovoz 
berish 
korporatsiyalar, 
assotsiatsiyalar va NTT (notijorat tashkilot) lar darajasida aprobatsiya qilinadi.
MHD uchun ishlab chiqilgan e-voting elektron ovoz berish platformasini 
ishga tushirish 2017 yilning birinchi yarim yilligiga rejalashtirilgan. Yangi servis 
qimmatbaho qog‗ozlar egalariga masofadan turib ovoz berishda qatnashishga 


73 
imkon beradi. Ular yig‗ilishda ishtirok etish uchun o‗zlari ro‗yxatdan o‗tishlari, 
kun tartibi bilan tanishib chiqishlari va ovozlarini u yoki bu qaror foydasiga onlayn 
tarzda berishlari mumkin. Yangi platforma doirasida avtorizatsiyani Davlat 
xizmatlari portalida qo‗llanadigan Yagona avtorizatsiya va autentifikatsiya tizimi 
(YAAAT) yordamida o‗tish mumkin. Servis turli emitentdagi qimmatbaho 
qog‗ozlar egalariga bitta platformada ovoz berishga imkon beradi. 
Yangi servis investorlar uchun bepul bo‗ladi. Ular yig‗ilish jarayonini video- 
yoki matnli uzatish rejimida kuzatishlari va kun tartibi bo‗yicha ovoz berishlari 
mumkin. Ovoz berish uchun zarur bo‗lgan barcha ma‘lumot onlayn ochiq bo‗ladi. 
Qaror emitentlar va registratorlar IT-tizimlari bilan oson yaxlitlanadi. Emitent va 
hisob komissiyasi ham onlayn tarzda aksionerlar ovoz berishlari to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlarni olishlari mumkin.
Yana bir yangilik - e-proxy voting texnologiyasi yordamida aksioner 
o‗zining depozitariysi orqali, unga ovoz berish to‗g‗risidagi hujjatni shakllantirish 
va jo‗natish to‗g‗risida ko‗rsatma berib, qimmatbaho qog‗ozlar bo‗yicha o‗z 
huquqlarini amalga oshiradi. Ushbu texnologiya bo‗yicha faqat aksionerlar ovoz 
berishlari mumkin, ularning qimmatbaho qog‗ozlari depo hisoblarida turadi. 
Albatta, korporativ ovoz berishdagi blokcheyn texnologiyasini hali real 
sharoitlarda sinash, keyin esa, mamlakatning ovoz berishga ruxsat berilgan barcha 
fuqarolarini qamrab olish uchun, ko‗lamlashtirish lozim. Tashkilotchilar yangi 
bloklarni mustaqil ravishda mayn qilishlariga yoki ishlab chiquvchilardan yordam 
so‗rashlariga to‗g‗ri keladi.
Bir qator mamlakatlar ham bunday texnologiyalarni tadbiq etish bo‗yicha 
tajribalar qildi. Shu asnoda Estoniya birinchi milliy saylov jarayonida EOBT dan 
foydalangan mamlakat bo‗ldi. 2013 yilda, u erda birinchi bor munitsipal hokimiyat 
organlariga 
onlayn-saylovlar 
bo‗lib o‗tganda, estoniyalik tashkilotchilar 
mansabdor shaxslar tomonidan internet-xavfsizlik qoidalari muntazam ravishda 
buzilganligi to‗g‗risida shikoyat qilganlar: ular (mansabdor shaxslar) asosiy PO ni 
internet tarmog‗ining xavfli ulanmalari bo‗yicha yuklab olib, kuzatish kameralari 
oldida pin-kod va parollarni chiqarib, saylov uchun xavfsiz bo‗lmagan 
kompyuterlarda PO tayyorlashardi. Saylov uchun blokcheyn texnologiyasi asosida 
PO dan foydalanishda esa tashkilotchilar ko‗p qiyinchiliklarni chetlab o‗tishga 
muvaffaq bo‗ldilar.
2016 yil fevral oyida Nasdaq va Estoniya e-Residency platformasi ham 
blokcheynda asoslangan elektron ovoz berish xizmati uchun ishlatilishi va Tallinn 
fond birjasida savdo qiluvchi kompaniyalar aksionerlariga yig‗ilishlarda ovoz 
berishga imkon berishi haqida e‘lon qildi.
Saylovlar jarayonini onlaynga o‗tkazish yo‗lidagi asosiy to‗siq – 
xavfsizlikdir. Biroq, saylovchi, blokcheyndan foydalanib, uning ovozi hisob uchun 


74 
berilganiga va bunda uning anonimligi saqlanganiga ishonch hosil qilishi mumkin. 
2014 yilda Liberal Alliance, Daniyadagi siyosiy partiya, ovoz berish uchun 
blokcheyndan foydalangan birinchi tashkilot bo‗ldi. O‗shandan beri o‗xshash 
tizimlar Norvegiya va Ispaniyada qabul qilindi, ularning ommaviyligi AQsh da 
ham kengayib bormoqda. 
Flux Party – Avstraliya siyosiy partiyasi, blokcheyn texnologiyasidan 
foydalanish bo‗yicha alohida nuqtai nazarga ega. U demokratiyani yanada 
texnologik qilmoqchi. Flux Party shunday qonun qabul bo‗lishini ta‘kidlaydiki, u 
bo‗yicha blokcheyn tarmog‗idagi kriptovalyuta tokenlari onlayn-ovoz berish uchun 
platforma sifatida qo‗llanilishi, va shu tariqa hukmron kuchlarga tez o‗zgarayotgan 
muhitda zamonaviy texnologiyalar bilan hamnafas bo‗lishga yordam beradi. 
Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling