O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Davlat sektoridagi blockchain dasturlari: registrlar, notariuslar va boshqalar 3.3. Blokcheyn-texnologiya asosidagi milliy valyuta
71 III BOB DAVLAT SEKTORIDA BLOKCHEYN VA KRIPTAVALYUTA 3.1. Blokcheyn va elektron ovoz berish 3.2. Davlat sektoridagi blockchain dasturlari: registrlar, notariuslar va boshqalar 3.3. Blokcheyn-texnologiya asosidagi milliy valyuta 3.4. Davlatlararo darajasidagi blokcheyn Moliya oqimlarini tashkil etishdan tashqari, blokcheyn texnologiyasidan jamiyatning boshqa o‗tkir muammolarini hal qilish uchun foydalaniladi. Ulardan biri – ijtimoiy muhim masalalar bo‗yicha har qanday ovoz berishni o‗tkazish muammosi. Mavjud bo‗lgan elektron ovoz berish tizimlari (EOBT) bir qator kamchiliklarga ega. Ulardan asosiysi – bu kodlar va natijalar shakllanadigan yagona markaz bo‗lib, u erdan ularni nazorati amalga oshiriladi va ma‘lumotlarni to‗plash ustidan nazorat usullari va shakllari belgilanadi. Tashqaridan natijalarning to‗g‗riligini tekshirish deyarli imkonsiz. Bu esa ovoz berish natijalarining jamiyat kutgan saviyasini olishga imkon bermaydi. Bundan tashqari, ko‗p odamlar bunday tizimlar kiberhujumlardan yaxshi himoya qilinmagan, va demak, natijalar noto‗g‗ri ko‗rsatilishi mumkin, degan ishonch hosil qilganlar. Har qanday ovoz berishni tashkil etishdagi asosiy qiyinchilik – natijalar shaffofligi, ochiqligi va asosiysi, hiyla-nayranglar ishlatib bo‗lmasligini ta‘minlashdir. Barcha ushbu masalalarni blokcheyn texnologiyasi hal qiladi. U mavjud EOBT lariga muqobil tizim bo‗lishi mumkin. Shunday jamiyat yoki davlatni tasavvur qilingki, unda har qanday muhim masala bo‗yicha har qaysi fuqaro ovoz berishi, saylovlar va referendumlar bir necha yilda bir marta emas, balki zarurat tug‗ilganda o‗tkazilishi mumkin. Agar blokcheyn texnologiyasi asosida onlayn-ovoz berish umume‘tirof qilinsa, kelajak aynan shunaqa bo‗lishi mumkin. Blokcheyn tranzaksiyalarning haqiqiyligini tekshirish uchun yaratilgan. Tranzaksiyalarning xronologik bog‗langan bloklarga birlashtirilishi – tranzaksiyani va ―rozi‖ yoki ―qarshi‖ ovozlarni himoya qilishning ishonchli usulidir. Ovozlarni tekshirishning avvalgi chigal mexanizmlariga tayanmasdan, saylov komissiyalari buning uchun blokcheyndan foydalanishlari mumkin. Ovoz berishning yangi texnologiyalarining huquqiy tartiboti 2013 yil dekabrida EHHT ning demokratik institutlar va inson huquqlari bo‗yicha byurosi ishlab chiqqan ―Ovoz berishning yangi texnologiyalaridan foydalanishni kuzatish 72 bo‗yicha yo‗riqnoma‖ sida belgilangan. ―ovoz berishning yangi texnologiyalari‖ atamasi deganda u erda ovoz berish va uning natijalarini jamlashda axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tushuniladi. Bu tushuncha EOBT, saylov byulletenlari skanerlari va internet-ovoz berishdan foydalanishlarni o‗z ichiga oladi. EOBT larining ko‗plab tarafdorlari o‗z yakuniy maqsadlari sifatida ―elektron demokratiyani‖ ko‗rishadi, ya‘ni bu bevosita va bilvosita demokratiyaning uyg‗un birikmasi bo‗lib, unda barcha fuqarolar har qanday masala bo‗yicha ovoz berishlari yoki ushbu sohada yanada xabardor bo‗lgan kishilarga tez o‗z ovozlarini berish imkoniga ega. Ovoz berishni o‗tkazish uchun blokcheyn texnologiyasidan foydalanish bo‗yicha birinchi loyihalardan biri - FollowMyVote onlayn-platformasi bo‗ldi. O‗z ovozini berish uchun saylovchi hech qaerga borishi shart emas: ilova onlayn- identifikatsiya o‗tkazib, sutka davomida saylov natijalarini sarhisob qila oladi. Ovoz berishning bunday usuli ancha mablag‗ni tejashga imkon beradi: saylov uchastkalari, saylov komissiyasini tashkil qilish kerak emas, saylovchilar ham o‗zlarining fuqarolik burchlarini bajarishlari uchun hech qaerga borishlari lozim bo‗lmaydi. Undan tashqari, saylov natijalarini sarhisob qilishda xato yo‗l qo‗yish ehtimoli butunlay chiqariladi. Dasturning o‗zi barcha hisob-kitoblarni bajarib, natijalarni chiqaradi, ham bunda ovoz berish natijalari saylov o‗tkazilgan kuniyoq ma‘lum bo‗ladi. Blokcheyn texnologiyasi saylovchilar ovozlari bilan bo‗lishi mumkin bo‗lgan nayranglarga yo‗l qo‗ymaydi. Blokcheyn har bir saylovchi bergan ovozni berilgan paytidan to umumiy natijalarda hisobga olingunga qadar kuzatishga imkon beradi. AQSH kompaniyasi ishlab chiqqan ovoz berish blokcheyn-tizimi saylovda har bir nomzod uchun ―hamyon‖ yaratishni taqozo etadi. Barcha saylovchilarga bitta ovoz berish huquqini beruvchi bitta raqamli tanga tarqatiladi. Odamlar tangalarini tanlangan hamyonga yuborib, ovoz berishlari mumkin. Butun jarayon ma‘lumotlar bazasiga yozib olinadi, va saylovchi ovozining to‗g‗ri hisoblanganligini tekshirishi mumkin. Bunday saylovlar – demokratik va shaffof saylov jarayonining ajoyib misolidir, ayniqsa, 2000 yilda AQSH da prezident saylovlarida ancha-muncha tizim xatolari sodir bo‗lganini hisobga olganda. Va hammamiz bilamizki, 2020 yilda AQSH da prezident saylov kampaniyasi natijalari qanday mojarolar bilan sarhisob qilingan. Bugungi kunda blokcheyn asosida ovoz berish korporatsiyalar, assotsiatsiyalar va NTT (notijorat tashkilot) lar darajasida aprobatsiya qilinadi. MHD uchun ishlab chiqilgan e-voting elektron ovoz berish platformasini ishga tushirish 2017 yilning birinchi yarim yilligiga rejalashtirilgan. Yangi servis qimmatbaho qog‗ozlar egalariga masofadan turib ovoz berishda qatnashishga 73 imkon beradi. Ular yig‗ilishda ishtirok etish uchun o‗zlari ro‗yxatdan o‗tishlari, kun tartibi bilan tanishib chiqishlari va ovozlarini u yoki bu qaror foydasiga onlayn tarzda berishlari mumkin. Yangi platforma doirasida avtorizatsiyani Davlat xizmatlari portalida qo‗llanadigan Yagona avtorizatsiya va autentifikatsiya tizimi (YAAAT) yordamida o‗tish mumkin. Servis turli emitentdagi qimmatbaho qog‗ozlar egalariga bitta platformada ovoz berishga imkon beradi. Yangi servis investorlar uchun bepul bo‗ladi. Ular yig‗ilish jarayonini video- yoki matnli uzatish rejimida kuzatishlari va kun tartibi bo‗yicha ovoz berishlari mumkin. Ovoz berish uchun zarur bo‗lgan barcha ma‘lumot onlayn ochiq bo‗ladi. Qaror emitentlar va registratorlar IT-tizimlari bilan oson yaxlitlanadi. Emitent va hisob komissiyasi ham onlayn tarzda aksionerlar ovoz berishlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni olishlari mumkin. Yana bir yangilik - e-proxy voting texnologiyasi yordamida aksioner o‗zining depozitariysi orqali, unga ovoz berish to‗g‗risidagi hujjatni shakllantirish va jo‗natish to‗g‗risida ko‗rsatma berib, qimmatbaho qog‗ozlar bo‗yicha o‗z huquqlarini amalga oshiradi. Ushbu texnologiya bo‗yicha faqat aksionerlar ovoz berishlari mumkin, ularning qimmatbaho qog‗ozlari depo hisoblarida turadi. Albatta, korporativ ovoz berishdagi blokcheyn texnologiyasini hali real sharoitlarda sinash, keyin esa, mamlakatning ovoz berishga ruxsat berilgan barcha fuqarolarini qamrab olish uchun, ko‗lamlashtirish lozim. Tashkilotchilar yangi bloklarni mustaqil ravishda mayn qilishlariga yoki ishlab chiquvchilardan yordam so‗rashlariga to‗g‗ri keladi. Bir qator mamlakatlar ham bunday texnologiyalarni tadbiq etish bo‗yicha tajribalar qildi. Shu asnoda Estoniya birinchi milliy saylov jarayonida EOBT dan foydalangan mamlakat bo‗ldi. 2013 yilda, u erda birinchi bor munitsipal hokimiyat organlariga onlayn-saylovlar bo‗lib o‗tganda, estoniyalik tashkilotchilar mansabdor shaxslar tomonidan internet-xavfsizlik qoidalari muntazam ravishda buzilganligi to‗g‗risida shikoyat qilganlar: ular (mansabdor shaxslar) asosiy PO ni internet tarmog‗ining xavfli ulanmalari bo‗yicha yuklab olib, kuzatish kameralari oldida pin-kod va parollarni chiqarib, saylov uchun xavfsiz bo‗lmagan kompyuterlarda PO tayyorlashardi. Saylov uchun blokcheyn texnologiyasi asosida PO dan foydalanishda esa tashkilotchilar ko‗p qiyinchiliklarni chetlab o‗tishga muvaffaq bo‗ldilar. 2016 yil fevral oyida Nasdaq va Estoniya e-Residency platformasi ham blokcheynda asoslangan elektron ovoz berish xizmati uchun ishlatilishi va Tallinn fond birjasida savdo qiluvchi kompaniyalar aksionerlariga yig‗ilishlarda ovoz berishga imkon berishi haqida e‘lon qildi. Saylovlar jarayonini onlaynga o‗tkazish yo‗lidagi asosiy to‗siq – xavfsizlikdir. Biroq, saylovchi, blokcheyndan foydalanib, uning ovozi hisob uchun 74 berilganiga va bunda uning anonimligi saqlanganiga ishonch hosil qilishi mumkin. 2014 yilda Liberal Alliance, Daniyadagi siyosiy partiya, ovoz berish uchun blokcheyndan foydalangan birinchi tashkilot bo‗ldi. O‗shandan beri o‗xshash tizimlar Norvegiya va Ispaniyada qabul qilindi, ularning ommaviyligi AQsh da ham kengayib bormoqda. Flux Party – Avstraliya siyosiy partiyasi, blokcheyn texnologiyasidan foydalanish bo‗yicha alohida nuqtai nazarga ega. U demokratiyani yanada texnologik qilmoqchi. Flux Party shunday qonun qabul bo‗lishini ta‘kidlaydiki, u bo‗yicha blokcheyn tarmog‗idagi kriptovalyuta tokenlari onlayn-ovoz berish uchun platforma sifatida qo‗llanilishi, va shu tariqa hukmron kuchlarga tez o‗zgarayotgan muhitda zamonaviy texnologiyalar bilan hamnafas bo‗lishga yordam beradi. Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling