O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Rasm. Elektron pulni chiqarish uchun oltita asosiy dalillar
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI
Rasm. Elektron pulni chiqarish uchun oltita asosiy dalillar Markaziy banklar ma‘lum ma‘noda, tijorat banklarning ularda saqlagan rezerv qoldiqlari faqat raqamli ko‗rinishda mavjud bo‗lgan sharoitlarda, allaqachon raqamli valyuta chiqarmoqda. Yanada keng masala – MB lar raqamli valyutani faqat banklarga emas, xususiy shaxslarga ham bera oladimi. Bu butun moliya Seigner(valyut a chiqarish huquqi) uchun soliqni qisman qaytarish Muqobil moliyaviy biznesni rivojlantirishga ko'maklashish Moliyaviy xizmatlarni arzon narxlarda taqdim etishni takomillashtiri sh Pul-kredit siyosati vositalarining keng doirasini oshkor qilish imkoniyati Xavfsizroq moliyaviy tizim To'lov tizimidagi yangiliklarni saqlash 86 tizimi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi shubhasiz. Shunday bo‗lsa-da, bu imkoniyat allaqachon Angliya banki va Kanada banki tomonidan ko‗rib chiqildi, va, hech shubhasiz, u kelgusi yillarda o‗sib borayotgan qiziqish mavzusi bo‗ladi, chunki mavjud global moliyaviy infratuzilmaning nomukammalligi haqidagi bayonotlar tobora balandroq eshitilmoqda. Ko‘pchilik tadqiqotchilar AQSH, Kanada, Xitoy va Buyuk Britaniya milliy banklari shaxsiy blokcheyn ishlab chiqilishiga munosabatlari qandayligini qiyosladilar. Ularning ma‘lumotlariga ko‗ra, AQSH federal rezerv tizimi raqamli valyuta chiqarilishi xususida maxsus e‘lonlar qilgani yo‗q, ammo yanada tez to‗lovlar ta‘minlash kontekstida AQSH da to‗lov infratuzilmasini yaxshilashning potensial usuli sifatida taqsimlangan reestrlar texnologiyasini ko‗rsatdi. Kanada banki blokcheynni faqat banklararo to‗lovlar uchun vosita sifatida ko‗radi. Kanada banki yaqinda Royal Bank of Canada, Canadian Imperial Trade Bank va Toronto banki, shuningdek, R3 bilan blokcheynda Kanada dollarlarida hisoblash konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadida hamkorlik qilganini e‘lon qildi. Yaratilishi mo‗ljallangan ilova faqat banklararo to‗lovlar bilan ishlashi kerak edi – Kanada bankining keng omma uchun qanday bo‗lmasin elektron pul chiqarish rejalari yo‗q. Xitoy xalq banki, Citi tadqiqotchilari fikriga ko‗ra, raqamli valyutani imkon qadar tezroq ishga tushirishga harakat qiladi, lekin uni harakatga keltiradigan bazaviy texnologiyani hali tanlash kerak bo‗ladi. XXB alohida ta‘kidladiki, raqamli valyuta uchun asosiy omil – mahfiylik bilan noqonuniy faoliyatni oldini olishlik o‗rtasida muvozanatdir. Shuningdek, bank pul-kredit siyosati ustidan nazoratni saqlab qolish o‗ta muhim ekanligini ta‘kidladi. Raqamli valyutani texnologik amalga oshirish uchun bir nechta variant mavjud; blokcheyn - ulardan biri, ammo XXB texnologiyaning ko‗lamliligi va samaradorligi bilan hali ham jiddiy muammolar mavjudligini ta‘kidlaydi. Aksincha, Angliya banki blokcheynni faol o‗rganib, o‗z ishlanmalarini tadqiqotchilar ma‘ruzalari va chiqishlari orqali yoritmoqda. Bank umuman moliyaviy texnologiyalarda diqqatini jiddiy jamlab, blokcheyn rivojlanishida faol ishtirok etmoqda – shu asnoda, yaqinda fintex-akselerator ishga tushirildi. ―Ommaviy taqsimlangan reestr Markaziy bank raqamli valyutasini yaratish uchun imkoniyatni ochib berishi mumkin edi. G‗oya go‗zal ko‗rinadi. Masalan, bu odamlarning xavfsiz bazisli aktivga to‗g‗ridan-to‗g‗ri ruxsatlari borligini anglatishi mumkin edi. Natijada yangilik anchagina va ehtimol, keskin bank ishini o‗zgartirardi. Biroq bu model, amaldagi bank modeli bilan birga mavjud bo‗lsa, likvidlik xavfini oshiradi, bu esa Markaziy bankning pullarni boshqarishga jalb etilganlik darajasini pasaytiradi... Markaziy bankning Buyuk Britaniya uchun 87 raqamli valyuta yaratish istiqboli, menimcha, hali uzoqda. Biz to‗lovlarni amalga oshirish oson bo‗lishi ustida ishlaymiz va garchi naqd pullar endi, qachonlardir bo‗lgani kabi, u darajada muhim bo‗lmasada, ularning hukmronligi ma‘lum vaqt davomida saqlanib keladi‖. Bu fikrni Angiya banki boshqaruvchisi Mark Kerni o‗zining 2016 yil 16 iyundagi London lord-meri ziyofatida so‗zlagan nutqida bayon etgan. Nutqining nomlanishi simptomatikdir: ―Fintex-transformatsiyani amalga oshirib: revolyusiya, restavratsiya yoki reformatsiya?‖ Davlat pul-kredit tizimiga blokcheyn asosida moliyaviy texnologiyalarni tadbiq etishdan bo‗ladigan potensial foydani hozir ko‗plar o‗rganmoqda. Misol uchun, Greshem kolleji va RwS tadqiqotchilarining soliq yig‗ish va nafaqa to‗lovlari kabi davlat xizmatlari sohasida raqamli pullardan foydalanish mumkinligi haqida hisoboti ma‘lum. Undan tashqari, Buyuk Britaniyaning ishga joylashtirish va pensiya departamenti allaqachon blokcheyn texnologiyasini va mijozlarning farovonligini oshirishga va pullarining qaerga ketishini kuzatishga yordam beradigan mobil ilovani sinovdan o‗tkazdi. Angliya banki yagona raqamli valyutaga o‗tishning quyidagi afzalliklarini ko‗rsatadi: Soxtalashtirish imkonsizligi; Maksimal bo‗linganlik; Himoyalanganlik, kriptografik barqarorlik; Tranzaksiyalarning tezkorligi; Mablag‗lar harakatining shaffofligi. Emissiya davlat nazorati ostida qolishi lozim, raqamli valyuta protokolining o‗zi esa avval ajratib ko‗rsatilgan, quyidagi trendlarga maksimal ravishda muvofiqdir: Globallik: valyuta faqat talabnoma hududida internet tarmog‗iga ruxsat mavjudligi yoki mavjud emasligi bilan cheklangan; Ishonchlilik: barcha moliyaviy amaliyotlar va bitimlar shaffof, kuzatiluvchan, davlat texnologik davrgacha bo‗lgan moliyaviy jinoyatlardan himoyalangan; Kapital: valyuta qiymatining erkin nazorati, uning boshqa raqamli valyutalarga konvertatsiyasini va to‗lov tizimlarida foydalanilishini soddalashtirish; Yangi jahon tartibi: moliya sektorining texnologikligi, jahon standartlariga muvofiqlik, davlatning fuqarolar bilan o‗zaro ta‘sirining keyingi ―raqamlanishi‖ istiqbollari, ijtimoiy kontrakt qaytmasligi. ―Doyche bank‖ tadqiqotlar markazi ushbu masalaga bo‗lgan fikrini e‘lok qildi. ―To‗lov bozori rivojlanishining potensial uzoq muddatli oqibatlariga qaraganda, yangi savol tug‗iladi: qanaqa pullarda to‗laymiz? Bugun biz asosan 88 tijorat banklari pullaridan foydalanayapmiz... Tezkor to‗lov potensial xizmatlarining keng doirasini hisobga olganda, asosiy to‗lov shakli sifatidagi bank depozitlari, agar bunday xizmatlarning nobank etkazib beruvchilari chakana to‗lovlar bozorida ustun holatga ega bo‗lsa, ahamiyatini yo‗qotishi mumkin‖. Shunday qilib, quyidagi asosiy savol bilan munozara vujudga keldi: markaziy banklar shaxsiy raqamli pullarni chiqarishlari kerakmi, yoki ular, avvalgidek, buni tijorat banklariga qo‗yib bersinmi – yoki umuman qo‗shilmasinmi, Facebook, Amazon, Verifone va Apple kabi nomoliyaviy tijorat kompaniyalari o‗z elektron pullarini chiqarsinmi? Oxir-oqibatda, tabiiy naqd pullardan foydalanish barqaror ravishda pasaymoqda. Agar Markaziy Bank qog‗oz pullarni o‗zining elektron ekvivalentiga almashtirmasa, valyuta emissiyasining bosqichma-bosqich va nazorat ostida xususiylashtirilishi boshlanadi. Albatta, blokcheyn elektron valyuta bilan bir xil emas. Yangi texnologiyaning milliy to‗lov vositalariga aloqasi yo‗q. Shuni anglash lozimki, Angliya bankida tranzaksiyalar bloklarining konsensus shakllanishiga yordam beruvchi zanjiri vositasida, unga bog‗langan aktivlar bilan tadbiq etiladigan umumiy reestr yaratilishi haqida emas, balki blokcheyndan jismoniy shaxslarning shaxsiy hisoblarini boshqarish uchun foydalanish haqida fikr yuritishmoqdaki, u erda o‗tkazmalar MB da hisoblar qoldiqlari bilan tezkor amalga oshiriladi. Nima uchun Markaziy bank kriptografik algoritm foydasiga pul oqimini boshqarish uchun o‗z mas‘uliyatidan voz kechishi kerak? Ehtimol, Angliya banki britkoinni funt sterlingga bog‗lamaydi. So‗z faqat tijorat banklariga elektron pullarni emissiya qilishga ruxsat haqida bormoqda. Bu erda bir qator muammolar mavjud: agar xususiy pullar chiqarilishi muvaffaqiyatli bo‗lsa va ular almashinuv va chiqarilishiga soliq ko‗rinishidagi daromad olish vositasiga aylansa, u holda tez kunda raqobatchilar paydo bo‗ladi; va bu raqobatchilar muqobil pullarni ta‘minlab berganliklari sababli, xususiy pullar qiymati ularning ishlab chiqarilishi xarajatlari miqdoriga qadar pasaya boshlaydi. Milliy valyutalarning to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗rnini bosuvchilaridan boshqa narsa bo‗lmagan raqobatlashuvchi xususiy valyutalarning har qanday volatillikni( Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling