O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

 
 


82 
Davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlashning Britaniya tajribasi 
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ham blokcheyndan qo‗llana boshlashdi. 
Britaniya hukumati, misol uchun, ushbu texnologiyaning turli sohalarda, shu 
jumladan, 
ijtimoiy 
va 
pension 
ta‘minotning islohotlarida sinashlarini 
rag‗batlantiradi.
Shu tariqa, Britaniya mehnat va pension ta‘minot vazirligi blokcheyn 
texnologiyasi asosidagi platforma prototipini sinamoqda, u aholiga yanada 
samarali ijtimoiy yordam ko‗rsatish uchun qo‗llaniladi. Loyihaga Londonning 
GovCoin Systems fintex-kompaniyasi ko‗maklashmoqda. Hamkorlar orasida -
Barclays banki va London universitet kolleji. Prototip sinovlari 2016 yil iyunida 
boshlandi. Dastur doirasida ijtimoiy nafaqa oluvchilar mablag‗larni boshqarish 
uchun mobil telefonlardan foydalanishadi, ularning sarflanishi to‗g‗risidagi 
ma‘lumot esa blokcheynga yozib olinadi. Loyiha maqsadi - ijtimoiy yordam 
to‗lovlarining firibgarlikni oldini olishi mumkin bo‗lgan yanada samaraliroq va 
xavfsizroq tizimini ishlab chiqishdir. 
Undan tashqari, Buyuk Britaniyada alohida muhim bo‗lgan, AES, elektr 
tarmoqlari va toshqinlardan himoya tizimlari kabi infratuzilmaviy ob‘ektlar uchun 
kiberxavfsizlik sohasida blokcheyn-echimlar yaratishga tushdilar.
Konversiya: V2G-echimlarning nodavlat sektorida qo‗llanilishi 
Ulkan hujjatlar aylanmasi muammosi nafaqat davlat institutlariga, balki 
korporativ sektorga ham xosdir. Va agar blokcheyn ushbu muammoni davlat 
boshqaruvi darajasida bartaraf etsa, bunday yondashuvni tijorat tashkilotlarida ham 
amalga oshirib bo‗lmaydimi? Bir qator ishlab chiquvchilar bu yo‗nalishda harakat 
qilmoqda, lekin bunday loyihalar barcha ichki korporativ jarayonlarning qayta 
anglanilishini talab etadi.
Shunday qilib, CoinSpark o‗z protokolining yangi talqinini chiqardi; u 
foydalanuvchilarga, texnologiyalarni notarial tasdiqlangan tijorat tranzaksiyalar 
uchun samarali qo‗llab, bitkoin-o‗tkazmalar bilan bog‗liq shaxsiy xabarlar 
yuborishga imkon beradi. 
Protokolning 
anchagina 
yangilanishi 
ikkala 
tomonning 
bitkoin-
tranzaksiyalar qilish va aktivlarni topshirish imkoniyatlariga asoslangan turli xil 
ilovalarga natijalarni yozib olish imkonini berdi. 
Bitkoin-tranzaksiyalarning metama‘lumotlariga to‗g‗ridan-to‗g‗ri xabarni 
kodlash o‗rniga CoinSpark unga xabar xeshini va serverning ushbu xabar kelgan 
manzilini joylashtiradi. Bu barchaga xabarning o‗zi emas, faqat xeshi ko‗rinishidan 
dalolat beradi. Bunday funksiya xohlovchilarga xabarlarni bitkoinning ommaviy 
reestriga joylashtirishga imkon beradi. 
―Xabarning o‗zi blokcheynda ko‗rinmaydi, uni faqat yuboruvchi – xabar 
uzatgan server, - va ushbu serverga bo‗lgan talabnomani imzolashi lozim bo‗lgan 


83 
oluvchi ko‗rishi mumkin. CoinSpark ni bitkoin-blokcheyndan foydalanishda 
xabarlarni uzatishni soddalashtirish usuli sifatida bir qadami. Masalan, elektron 
pochta ilovasini yaratish mumkin; u odamlarga blokcheyn orqali notarial 
tasdiqlangan usul bilan ―cheksiz kichik‖ bitkoin summalari evaziga bir-birlari bilan 
xabar almashishga imkon beradi. ―Bu erda asl maqsad – kriptovalyuta bilan 
bo‗lgan bitimlar sonini oshirish emas, balki xabarlarni notarial tasdiqlashdan 
foydalanishni kengaytirishdir‖.
Boshqa loyiha, DocuSign, 188 mamlakatdan 225 000 kompaniyalar va 85 
mln foydalanuvchilardan ortig‗iga hujjatlarni imzolashga va qayta uzatishga
hamda ularni istalgan vaqtda, istalgan joyda, istalgan qurilmada yashirincha va 
ishonch bilan boshqarishga imkon beradi. DocuSign muhrni, faks yuborishni, 
hujjatlarni skaner qilishni va ulardan nusxa olishni elektron analoglarga 
almashtiradi. Tashkilotlar Digital Transaction Management (DTM) DocuSign 
platformasi va elektron imzo ko‗rinishidagi echim bilan shartnomalar tuzishni, 
bitim va texnologik jarayonlarni tezlashtirishadi. DocuSign tranzaksiyalarni 
boshqarish bo‗yicha xizmatlarni taklif qiladi. Uning global ishonch tarmog‗iga 
(GIT) har kuni 85 000 yangi noyob foydalanuvchilar qo‗shiladi. GIT da 62% dan 
ziyod hujjatlar bir soat davomida rasmiylashtiriladi. DocuSign 43 tilda mavjud. 
Loyiha investorlari - SAP, Visa, Dell, Intel, Mitsui, BBVA, NTT, Samsung va 
boshqa butunjahon mashhur kompaniyalar. 
2016 yil iyun oyida loyiha yangi imkoniyatni - Standards-Based Signatures 
(standart imzolar) ni taqdim etdi. U foydalanuvchilarga hujjatlarni elektron 
ko‗rinishda, butun dunyodagi elektron imzolar sohasida standartlarga rioya qilib, 
imzolashga imkon beradi. Ya‘ni DocuSign ning butun funksionaliga – plyus 
elektron imzolar sohasidagi EI standartlariga muvofiqlik va DocuSign dan yoki 
ishonchli uchinchi tomonlardan elektron sertifikatlar qo‗llash tanloviga ega bo‗lish 
mumkin. 
DocuSign gibrid bulutini ishga tushirish rejalashtirilgan bo‗lib, u 
mijozlarga ma‘lumotlarning ishonchli, ochiq, to‗liq elektron oqimlaridan imzo 
haqiqiyligi, ma‘lumotlarning himoyalanganligi nazorat qilgan va ularni o‗z 
brandmaueri (tarmoq ekrani) himoyasi ostida saqlagan holda foydalanishga imkon 
beradi. Yana bir qo‗shimcha - Persistent Authentication (doimiy autentifikatsiya), 
u bilan mijoz hujjatlarga takror murojaat qilganda takror autentifikatsiyadan 
o‗tmaydi.
O‗zini tekshirish uchun savollar 
1. Gartner 
konsalting 
kkompaniyasining 
davlat 
sektorida 
blokcheyn 
texnologiyasi bo‘yicha bashorati. 


84 
2. Davlat boshqaruv sohasidagi blokcheyn texnologiyalarining istiqbollari. 
3. Buyuk Britaniya xukumati taqsimlangan reestr texnologiyalari bo‘yicha 
xulosalari. 
4. Jahon amaliyotida taqsimlash reestrtexnologiyalari. 
5. Tibbiy xujjatlar aylanmasida blokcheyndan foydalanish. 
6. Korxonalarni davlat ro‘yxatiga olishda xujjatlar aylanmasinida blokcheyn 
texnologiyasidan foydalanish. 
7. Raqamli vasiyatnomalarda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish. 
8. Davlat blokcheyni. 
9. Ko‘chmas mulk davlat reestrlarida blokcheyn texnologiyasidan foydalanish. 
10. Buyuk Britaniyada ijtimoiy va pension ta‘minotni isloh qilishda blokcheyn 
texnologiyasidan foydalanish tajribasi. 
11. Blokcheyn texnologiyalari orqali B2G yechimlarini nodavlat sektorida 
qo‘llanilishi. 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling