O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

Jahon amaliyoti 
Bugungi kunda bir qator yo‗nalishlarni ajratish mumkin bo‗lib, ularda 
taqsimlangan reestr texnologiyalari hukumatga yaxshi yordam berishi mumkin: 

Soliq yig‗ish; 

Nafaqalarni taqsimlash; 

Pasport berish; 

Er kadastrlari bilan ishlash; 

Tovar etkazish kanallarini ta‘minlash; 

Davlat yozuvlari va xizmatlarini butunligicha saqlash. 
Blokcheyn imkoniyatlarini yaqqol namoyon etgan mavjud loyihalardan atigi 
bir nechtasi quyida keltirilgan. 
Tibbiy hujjatlar aylanmasi. Saudiya Amirliklari Du aloqasi operatorining 
innovatsiyalar bo‗yicha vitse-prezidenti Djosh Vels blokcheyn texnologiyasi 
yordamida estoniyalik PO ishlab chiqaruvchisi Guardtime bilan hamkorlikda tibbiy 
hujjatlarni raqamli shaklga o‗zgartiradigan loyiha taqdim etdi. Bundan oldin 
o‗xshash loyihalar to‗g‗risida Philips va IBM e‘lon qilgan. Xuddi shunday 
BitHealth, amerikalik startap, kasallarga davolanishni engillashtirib, tibbiy 
hujjatlarni ishonchli saqlash va berish uchun bitkoin-blokcheyndan foydalanadi. 
Korxonalarni davlat ro‗yxatiga olishda hujjatlar aylanmasini 
soddalashtirish. BitOasis ichki jarayonlarni qulaylashtirish uchun DMCC bilan 
birgalikda yaratilgan loyihani taqdim etdi. Ishlab chiquvchilar servis 
imkoniyatlarini shunday tasvirlaydi: ―Siz hisob ochish uchun bankga murojaat 
qilganingizda, hujjatlardan nusxa olish va qattiq tekshiruvdan o‗tishingiz kerak. 
Bularning barchasi ko‗p vaqt va kuch talab qiladi. Endi jarayon daqiqalarda bo‗ladi 
– va mulkdorlar tekshirgan va imzolagan barcha yozuvlarning nusxalari bo‗lgan 
blokcheyn tizimida bir nechta klik etadi‖. Startap sheriklarni – banklar va 
telekommunikatsion xizmatlar provayderlarini izlaydi. BitOasis kompaniyasi 
Wamda Capital va PayFort to‗lov tizimi yordamida yangi g‗oyaga asos soldi. 
Raqamli vasiyatnomalar. Dubay xalqaro moliya markazi (DIFC) ning 
hukumat tomonidan boshqariladigan erkin iqtisodiy hududida biznes ta‘sischilari 
uchun ega bo‗lish huquqlarini topshirishni engillashtiradigan g‗oya taqdim etildi.
Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarida oilaviy biznes keng 
tarqalgan bo‗lib, oilaviy kompaniyalarning 75%i mulkdorlarning yangi avlodiga 
boshqarish huquqlarini topshirishga urinishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. 
Faqat Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (shu jumladan, Janubiy Osiyo) 


78 
mamlakatlarida bir avloddan ikkinchi avlodga topshirish jarayonida turgan 
qimmatbaho ashyolar qariyb 1 trln dollarga baholanadi. Blokcheynda saqlanadigan 
vasiyatnomalar va shartnomalar ushbu muammoni bartaraf etishga yordam beradi. 
Loyiha DigitUs bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. 
Davlat boshqaruvida blokcheyndan foydalanishni hujjatlar aylanmasi 
bo‗yicha ham fuqarolarga, ham davlatga xizmat ko‗rsatadigan yagona operator ishi 
sifatida tasavvur qilish mumkin. Bu erda muhimi – ma‘lumotlarni saqlash va ularni 
boshqarish tizimini yaratish bo‗lib, bu tizim ikkala tomonning ham ishonchini 
qozonishi lozim. Yangi texnologiya hujjatlar aylanmasini soddalashtirishi va ularni 
yuritish uchun xarajatlarni kamaytirishi kerak.
Blokcheyn vaqt belgilarini o‗rnatishga imkon beradi. Aslida, butn tarmoq 
ba‘zi ma‘lumotlar (xesh) holatini ma‘lum vaqtda tekshiradi – bu o‗ziga xos 
kriptonotariusdir. 
Blokcheyn barchaga ochiq ma‘lumotlar bazasi bo‗lgani sababli, konsensus 
bu erda taqsimlangan bo‗ladi. Demak, markazsizlashtirilgan usul bilan hujjatingiz 
haqiqiyligini tasdiqlash mumkin. Proof of Existence foydalanuvchilarga faylni 
yuklashga va blokcheynga kirganlikning kriptografik isbotini olish uchun 
tranzaksiya uchun komissiya to‗lashga imkon beradi.
Ispaniyaning blokcheynda hujjatlarni notarial tasdiqlash uchun yaratilgan 
Stampery servisi shaxsiy xarakterdagi hujjatlar bilan barcha ishlaydiganlarga, 
masalan, yuristlar va intellektual mulk va mualliflik huquqlari himoyachilariga 
foydali bo‗lishi mumkin. Stampery da tasdiqlangan barcha hujjatlar taqsimlangan 
reestrda qoladi va ularni o‗zgartirib yoki o‗chirib bo‗lmaydi – bu bilan ularning 
haqiqiyligi tasdiqlanadi. Blokcheynda tasdiqlash narxi esa notariusning o‗xshash 
xizmatlaridan bir necha marta arzon. Shu asnoda, har bir foydalanuvchi oyiga 10 ta 
hujjatgacha bepul yuklashi mumkin. Bundan ko‗p hujjatlarni tasdiqlash 9,9 
dollarga tushadi. 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling