O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Alohida holat: ko‗chmas mulk davlat reestrlari


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

Alohida holat: ko‗chmas mulk davlat reestrlari 
Mulkchilik huquqlarini davlat ro‗yxatiga olish – bu murakkab va uzoq 
muolajadir. Barcha mavjud tizimlar, hatto eng zamonaviylari, boshqarishda juda 
murakkab bo‗lib, ko‗p xarajatlidir. Sotib olingan, hadya qilingan, merosga olingan, 
garovga qo‗yilgan yoki boshqa mol-mulk evaziga olingan har qanday ko‗chmas 
mulkni tegishli davlat tuzilmasida ro‗yxatdan o‗tkazish lozim. Buyuk Britaniyada 
2014/15 moliya yilida narxi 40 000 funt yoki undan yuqori bo‗lgan turar joy mulki 
bilan bitimlarning umumiy miqdori 1,2 mln dan oshdi. Xaridorlar ham, sotuvchilar 
ham mol-mulk ta‘riflari to‗g‗risidagi ma‘lumotni olishlari yoki uni faqat davlat 


80 
tomonidan qo‗llab-quvvatlanadigan markaziy reestr yordamida yangilashi 
mumkin.
Vaqt-vaqti bilan firibgarlar, soxta hujjatlardan foydalanib, o‗zlariga 
birovning mulkini rasmiylashtiradi yoki unga ipoteka (kredit) oladi. 
Blokcheyn texnologiyasi aktivlarga bo‗lgan mulkchilik huquqini isbotlash 
va kapitalga ruxsat olish qiyin bo‗lgan ko‗plab rivojlanayotgan mamlakatlarda 
―iqtisodiy inqilob‖ qilishi mumkin. Blokcheyn asosida Gruziyadagi erga 
mulkchilikni ro‗yxatdan o‗tkazish bo‗yicha loyihaning sherigi bo‗lgan perulik 
mashhur iqtisodchi Ernando de Soto bayonotida, ―Biron Misrni olaylik: u erda 
aholining 90%i bog‗i bor xususiy uyga ega bo‗lib, ammo mulkchilik huquqini 
tasdiqlaydigan rasmiy hujjati yo‗q. Mulkchilik huquqisiz esa biznes boshlab yoki 
bankda kredit olib bo‗lmaydi‖, - deb ta‘kidladi, yana blokcheyn texnologiyasi uzoq 
vaqt turg‗unlikda bo‗lgan mamlakatlarda haqiqiy inqilob ko‗tarishga qodir, deb 
qo‗shimcha qiladi.
Blokcheyn – mulkchilik huquqlarini ro‗yxatga olishning yo‗naltirilgan 
yondashuvi, tranzaksiyalarni qayta ishlash samaradorligini oshirishi va 
qisqartirishi, hatto ko‗chmas mulk bilan bo‗lgan bitimlarda firibgarlikni to‗liq 
oldini olishi mumkin. 
Mol-mulkni ro‗yxatga olish markazlashgan boshqaruvli blokcheyn orqali 
amalga oshirilishi mumkin – bu firibgarlikdan yaxshi himoyani ta‘minlab, 
bitimlarning barqarorligini ko‗paytiradi va shaffofligini oshiradi, chunki 
amaliyotlar tarixi barcha qiziqqanlar uchun ochiq turadi. Blokcheyn mulkchilik 
huquqi to‗g‗risidagi tortishuvlarda ham yordam berishi mumkin, chunki har bir 
bitim taqsimlangan reestrda tekshiriladi va saqlanadi. 
Ro‗yxatga olish organlariga blokcheyn ko‗plab jarayon va tizimlarni
ma‘lumotlarning 
taqsimlangan 
qayta 
ishlanishi 
yordamida 
ularning 
samaradorligini oshirib va xarajatlarni qisqartirib, bitta tizimga birlashtirishga 
imkon beradi. 
Dunyoda ko‗chmas mulk huquqlarini ro‗yxatga olishni blokcheyn-asosga 
o‗tkazish keng amaliyoti o‗rnatildi, yana bunda ilg‗or texnologiyalarni tadbiq etish 
bo‗yicha etakchi bo‗lib, ko‗pincha kutilmagan mamlakatlar chiqadi. 
Gondurasda allaqachon blokcheyn er reestri ishiga yordam bera olishini 
o‗rganishmoqda. Bu davlatda erga bo‗lgan mulkchilik bilan muammolar ko‗p, va 
yangi texnologiya huquqlarni blokcheynda barcha bitimlar to‗g‗risidagi 
verifikatsiya qilinadigan yozuvlar orqali kuzatishga imkon berishi mumkin. 
Gonduras hukumati Amerika Factom blokcheyn-startapiga erga bo‗lgan 
mulkchilikni ro‗yxatga olishning taqsimlangan tizimini yaratishga buyurtma berdi. 
Mamlakat butkul yaroqsiz kadastrdan aziyat chekardi, u kadastr ko‗p marotaba 
tegishli yozuvlar yo‗qolganligi, yaroqsiz holga kelganligi yoki almashib qolganligi 


81 
tufayli uylar va erlarning qonuniy egalari ko‗pincha ko‗chaga haydalganiga sabab 
bo‗lardi. Lekin, ma‘lumotlarga ko‗ra, loyiha to‗xtab qolgan.
Shvetsiyada allaqachon nazariyadan amaliyotga o‗tishdi. 2016 yil iyun oyida 
u erda blokcheyn asosida erga bo‗lgan mulkchilik huquqlarini ro‗yxatdan o‗tkazish 
va hisobga olish tizimini testdan o‗tkazishdi. Vazifa Shvetsiya milliy er xizmatiga 
yuklatildi. U ChromaWay blokcheyn-startapi, Kairos Future konsalting firmasi va 
Telia telefon aloqasi xizmatlari provayderi bilan hamkorlikda blokcheyn-
texnologiya hujjatlarni topshirish uchun xavfsizroq jarayonlarni yaratishda tabiiy 
xatolar xavfini bartaraf etishi mumkinligini o‗rganmoqda. 
Ushbu texnologiyaga Gretsiya ham qiziqish bildirdi, u erda yaxshi er reestri 
yo‗q: mamlakat hududining atigi 7%i xaritaga etarlicha aniq kiritilgan. 
2016 yil aprel oyida BitFury texnologik kompaniyasi Milliy agentlik bilan 
Gruziyaning ijtimoiy ro‗yxatdan o‗tkazish bo‗yicha pilot loyihasini taqdim etdi. 
Bir qator ekspertlar ushbu tajribalarni tanqidiy baholamoqda.
Muammo yagona nazorat nuqtasidan iborat bo‗lib, uni markazlashtirishga 
olib boradigan davlat o‗rnatishga harakat qiladi. Natijada blokcheyndagi loyiha 
xususiy monopoliyaga aylanib, u xeshlarni shunday blokcheynga jo‗natadi. 
BitFury ning Gruziyada blokcheyn asosida mulkchilik huquqlarini ro‗yxatdan 
o‗tkazish bo‗yicha tashabbusi va, chamasi, Gondurasdagi Factom muvaffaqiyatsiz 
loyihasi shunday loyihalardan bo‗ldi. Bu davlat texnologiyasiga muvofiq 
qo‗llanash lozim bo‗lgan tizimlardan emas. Biz shunday platforma yaratishimiz 
kerakki, u xizmatlarni etkazib beruvchilar o‗rtasida erkin raqobat rivojlanishiga 
imkon bersin. 
Ko‗chmas mulk bilan bo‗lgan bitimlar blokcheynda qayta ishlanishi 
mumkin, unda nega har bitta uyni yoki er hududini ma‘lum aktivni namoyon 
etadigan aniq bir ―rangli tanga‖ bilan bog‗lab, va uni, har qanday boshqa 
bitimdagidek, raqamli valyutadan foydalanib, almashtirib bo‗lmaydi? U holda 
butun mulkchilik amaliyot tarixi blokcheyn orqali yuritilishi mumkin bo‗lardi. 
Asosiy daraja – qimmatbaho narsalarga bo‗lgan mulkchilik huquqlari 
yozilgan reestr bo‗lib, u xavfsizlikni oshirish uchun ―rangli tangalar‖ ni chiqarish 
yordamida bitkoin blokcheyniga bog‗lanadi. Shuningdek tizimda shunday daraja 
bo‗lishi kerakki, unda konsensusga erishish amalga oshadi va xizmatlarni taqdim 
etadigan sub‘ektlar, tizim tugunlari va shu bilan bir vaqtda savdo maydonchalari 
sifatida chiqib, ishtirok etadi. Ular API va smart-shartnomalar bo‗yicha 
talabnomalar yordamida, mulkchilik huquqlarini himoyalangan topshirishni 
amalga oshirib, zarur reestrlar (misol uchun, fuqarolar reestri) bilan 
markazsizlashtirilgan o‗zaro ta‘sirda bo‗lardi. 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling