O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Partiyaning keyingi, yanada ko‗lamli vazifasi – shunday sharoit yaratishki, unda


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI


Partiyaning keyingi, yanada ko‗lamli vazifasi – shunday sharoit yaratishki, unda 
hukumat doimiy o‗zgarishlar rejimida faoliyat ko‗rsatib, buning uchun blokcheyn 
texnologiyasidan foydalanadi. 
Flux Party texnologik platformasi korrupsiyadan himoyalangan. Har bir 
saylovchi masalani hal qilishga bitta saylov tokenini oladi, u ―ha‖ yoki ―yo‗q‖ deb 
javob berishga imkon beradi. Agar saylovchi muayyan masala bo‗yicha ovoz 
berish o‗rniga ovozini boshqa odamga bermoqchi bo‗lsa, tokenini sotishi mumkin. 
Siyosiy ballar yangi masalani ovozga qo‗yishga ilgari surish uchun ham 
qo‗llaniladi. Shunday qilib, Flux Party odamlarni ularga taalluqli bo‗lmagan yoki 
ular tushunmagan masalalar bo‗yicha o‗ylamay ovoz berishdan saqlaydi. Tizim 
shunday tuzilganki, odamlar faqat ularni qiziqtirgan masalalar bo‗yicha ovoz 
beradi. 
Tokenlarni haqiqiy qiymatli narsalarga almashtirib bo‗lmaydi. Bu 
saylovchilarni pora bilan o‗z tomoniga og‗dirishga yoki ovozlar sotib olish uchun 
mablag‗ ajratishga to‗sqinlik qilishi kerak.
Ovozlarni sanash va yozib olish saylov ma‘lumotlari bloklarining zanjirini 
shakllantirish yo‗li bilan boradi. Blokcheyn-ovoz berish modeli saylovchilar 
tomonidan uchta QR-kodli byulleten to‗ldirishdan iborat bo‗ladi: noyob 
kriptografik nomer ko‗rinishidagi blokcheyn-manzil, noyob identifikatsion ovoz 
berish kodi va saylovlarda nomzodning noyob identifikatsion kodi. QR-kodlar 
skaner qilingandan so‗ng, uchta axborot bloklari tegishli nomzod yoki partiya 
aktiviga o‗tkaziladi. 
Saylov jarayonida blokcheyn texnologiyasi saylovlarning an‘anaviy shakliga 
munosib muqobil shakl bo‗lishi mumkin. G‗oya istiqboli porloq ko‗rinadi.
O‗zini tekshirish uchun savollar 
1. Elektron ovoz berish tizimining asosiy kamchiligi. 


75 
2. Ovoz berishning yangi nexnologiyalarining huquqiy tartibi nima? 
3. FollowMyVote. onlayn-platformasi nima? 
4. Milliy saylov jarayonida EOBT dan foydalangan mamlakat. 
5. Saylov jarayonini onlayn o‘tazish yo‘lidagi asosiy to‘siq. 
6. Flx Porty texnologik platfirmasi. 
7. Saylov jarayonida blokcheyn texnologiyasi va an‘anaviy shakliga muqobil 
bo‘lishi mminmi? 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling