O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

 
 
2.4 Blokcheynning moliya bozorlari samaradorligiga ta‘siri 
Blokcheyn unda qanday ma‘lumot saqlanishi jihatidan universaldir. Bu 
noqonuniy muhojirlar haqida ma‘lumot bo‗lishi mumkin, va blokcheyndan bunday 
foydalanish Evropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan sinov qilinmoqda. Yoki 
moliyaviy aktivlarni raqamli ko‗rsatish, ularni davlat va banklardan mustaqil 
ravishda mavjud bo‗lgan tizimda berish va muomalaga chiqarish. Bu blokcheynni 
dunyoga ochgani va unda davom etayotgan qiziqishni tug‗dirgani diqqatga 
sazovordir. 
Blokcheynga bo‗lgan qiziqish nafaqat axborot texnologiyalari, balki yangi 
biznes falsafasini ham anglatadi. Blokcheyn texnologiyalari nuqtai nazaridan – bu 
himoyalangan taqsimlangan ma‘lumotlar bazasining bir ko‗rinishigina bo‗lib, u 
ketma-ket (tranzaksiyalar jarayonida) almashadigan yaxlit holatlarning uzluksiz 
zanjiri ko‗rinishida ma‘lumotlarni saqlashga imkon beradi. Blokcheyn ana shu 
yaxlitlikni kafolatlaydi. Undan tashqari, blokcheynning ilg‗or versiyalaridan 
boshlab (2015 yilda Ethereum kriptovalyutasi kelishi bilan) avtonom ravishda 
tranzaksiyalarni bajaradigan ―aqlli shartnomalar‖ deb atalmish dasturiy kodni ham 
saqlash imkoni paydo bo‗lib, unda hisoblash va tekshirishlarning murakkab 
mantiqi yozib olinishi mumkin. Bu esa blokcheynga H2H, H2M, M2M (inson-
inson, 
inson-mashina, 
mashina-mashina) 
o‗zaro 
ta‘sir 
kontraktlarini 
raqamlashtirish va taqdim etishga, va, demak, Moliya 4.0 ning yanada rivojlanishi 
uchun zarur bo‗lgan ―qo‗l‖ va avtonom tizimlar (shu jumladan, insonsiz 
texnologiyalar va buyumlar Internetini) ning ayrim qismlarini uyg‗un ravishda 
birlashtirishga imkon berdi.
Biroq axborot texnologiyalari taraqqiyoti, agar blokcheyn biznes yuritish 
paradigmasi almashishiga olib kelmasa, o‗z-o‗zidan hech qanday ahamiyatga ega 
bo‗lmasdi, ayniqsa pul hisoblash va investitsiyalar sohasida.
Birinchidan, blokcheyn moliyaviy xizmatlarni qonuniylashtirishdagi nozik 
joylarni yopadigan ko‗prikchani yaratdi. Bank faoliyatida hujjatlar aylanmasi 
ko‗proq avtomatlashtirilgan bo‗ladi. Lekin, kriptovalyutalardan farqli o‗laroq, bu 
biznes-jarayonlarning to‗liq qonuniylashtirilishi emas. Ko‗plab qo‗l va yuqori 
xarajatli amaliyotlari mavjud. Masalan, Thomson Reuters Survey statistikasiga 


61 
ko‗ra, Evropa banklari faqat mijozlarni identifikatsiya va tekshirish uchun yiliga 60 
mln dollardan ziyod mablag‗ sarflaydi. Bundan tashqari, xavfsizlikni ta‘minlashga 
bo‗lgan yuksak xarajatlar mijozlarga yuqotishlardan to‗liq himoyani 
kafolatlamaydi. Nilson Report ma‘lumotlariga ko‗ra, 2022 yilga kelib dunyoda 
karta hisoblari bilan bog‗liq firibgarlikdan bo‗lgan yuqotishlar 20 mlrd dollardan 
oshishi kutilmoqda. 
Aksincha, Bitkoin dasturiy kodi har qanday qiziqqan shaxsga ochiq bo‗lib, 
shu tfayli ko‗p marotaba zaiflikka tekshirilgan. Bunday shaffoflik Bitkoin va uning 
asosida yotgan blokcheynga moliyaviy axborotni saqlash va uzatishning deyarli 
muakammal usuli o‗rnatilishiga imkon berdi. Kriptovalyuta tarmog‗idagi eng ko‗p 
bo‗lgan yuqotishlar mijozlarning o‗zlari omonatlariga bo‗lgan tiklanishi imkonsiz 
parollarni yo‗qotganligi bilan bog‗liq edi.
Ikkinchidan, 
blokcheyn 
va 
kriptovalyutalar 
asosida 
yotgan 
markazsizlantirish va tartibga solinmaslik, AQSH va Evropa tashabbusi bilan 
deofshorizatsiya va banklarga nisbatan moliyaviy shaffoflik talablarining qattiq 
olinishi mijozlarga bo‗lgan bosimga olib kelgani sababli, shu kunlarda juda 
talabgor bo‗lib qoldi. Natijada kriptovalyutalar ofshor hisoblar egalari tomonidan 
bandargoh sifatida qabul qilindi. Bundan tashqari, kriptovalyutalar uchun, 
banklarga qaraganda, minimal qoldiqlar talablari yo‗q, shu bois hisoblarga xizmat 
ko‗rsatish bo‗yicha xarajatlar bo‗lmaydi. Raqamli valyutalar sohiblari deyarli to‗liq 
anonimligi ta‘minlanadi. Blokcheyn mijozning zaruriy biznes-ehtiyojini hal qiladi: 
―Menga shunday tizim kerakki, unda hech kim menga o‗z pullarimni sarflashga 
taqiqlay olmasin‖.
Shu sababdan, xususan, Xitoy kriptovalyutalarning asosiy xaridori va 
mayning quvvatlarini 90% ining sohibiga aylangan bo‗lib, u erda kapital chiqarish 
va valyuta nazoratiga nisbatan bo‗lgan davlat siyosati juda qattiqdir. Xitoy 
iqtisodiyoti va siyosatidagi har qanday o‗zgarishlar kriptovalyutalar kursida tezda 
aks etadi. Misol uchun, 2019 yil may oyidagi bitkoin kursining 4 ming dollardan 9 
ming dollargacha o‗sishi AQSH ning Xitoyga nisbatan eksport sanksiyalarini joriy 
etishi bilan keladigan tahdidlar bilan bog‗liq edi. 
Uchinchidan, blokcheyn va kriptovalyutalar jamg‗arish vositalaridan 
tashqari pul almashinuvining muqobil imkoniyatlarini taklif etdi. Ko‗p 
mamlakatlarda kriptovalyutalar emissiyasi va muomalasi kredit pullarni tartibga 
solish sohasidan chiqqan bo‗lib, hatto soliq organlari ham ushbu amaliyotlarni 
faqat qisman qamray oldi. Raqamli valyutalarga bo‗lgan qiziqishning ortishi ularni 
almashtirish bo‗yicha internet-xizmatlarning keng spektri, maxsus birjalar, ko‗plab 
yurisdiksiyalarda savdo maydonchalarining vujudga kelishiga sabab bo‗ldi. 2018 
yil o‗rtasiga borib birjalar soni 500 dan oshdi. Bank tizimi bilan bir qatorda 
to‗lovlar va jamg‗armalarga nisbatan turli darajada qulaylikdagi 2 mingga yaqin 


62 
raqamli valyutalardan iborat tizim vujudga kelib, uning umumiy kapitalizatsiyasi 
chorak trillion dollardan oshgan edi. 
Kriptovalyuta hisob-kitoblarining har qanday internet-xizmatlarga bo‗lgan 
integratsiyasining soddaligi raqamli valyutalarning qabul qilinganligining 
butunjahon to‗rining har qaysi burchagida kuzatish mumkin bo‗lishiga olib keldi. 
Biroq, blokcheynga hamma qiziqishiga qaramasdan, uning huquqiy tartibga 
solishdan chiqib ketishi shunga olib keldiki, valyutalar bozori haqidagi ma‘lumot 
juda xato qilib ko‗rsatilgan bo‗lib, tranzaksion xarajatlar esa yuqori. Misol uchun, 
analitiklar baholashlariga ko‗ra, Bitkoinning e‘lon qilingan birja savdolarining 
faqat 5% ga yaqini haqiqiydir (95% soxta savdolar chayqovchilar tomonidan 
kursni manipulyasiyasi uchun o‗yin qilinadi). YUzlab birjalardan 10 tasigina 1 mln 
dollardan ortiq kunlik real aylanmaga ega. 10 ta xizmatdan faqat bittasi shunchaki 
o‗zaro kriptovalyuta almashish emas, fiat pullarga almashtirish xizmatlarini taqdim 
etadi.
Kriptovalyutalar yordamida savdo hisob-kitoblarining muhim muammolari 
quyidagilardan iborat: 
- tartibga solinmagan va ko‗pincha adolatsiz o‗tkazmalar to‗lovlari; pul 
mablag‗larini sotuvchiga o‗tkazish beqarorligi va davomiyligi;
- sotib olish tugallangandan so‗ng to‗lovni bekor qilish xavfi;
- fiat pullarga "chiqish" qiyinchiliklari va qimmatligi;
- to‗lov tizimining funksiyalarini ta‘minlovchi deyarli barcha quvvatlar Xitoy 
tomonidan nazorat qilinadi.
Ushbu muammolar va xavflarning ko‗pchiligi, odatda, valyuta egalari 
zimmasiga tushadi, moliyaviy vositachilar esa, aksincha, ―xayp‖ dan foyda 
olishadi.
O‗zini tekshirish uchun savollar 
1. H2H, H2M, M2M-lar nimani anglatadi? 
2. Evropa banlari faqat mijozlarni identifakatsiyateshirish uchun yiliga 
qancha mablag‘sarflaydi? 
3. Kriptavalyuta tarmog‘idagi eng ko‘p bo‘lgan mijozlarning yo‘qotishlari 
nima? 
4. ―Menga shunday tizim kerakki, unda xech kim menga o‘z pullarimni 
sarflashimni taqiqlay olmasin‖. Bu qanday fikr? 
5. Kriptavalytalarning asosiy xaridori kim? 
6. Raqamli valyutaga bo‘lgan qiziqishning ortishi. 
7. Bitkoin e‘lon qilinganda birja savdolarining neca foizi haqiqiy necha foizi 
soxta sabdo chayqovchiari bo‘lgan? 


63 
8. Kriptavalytalar 
yordamida 
savdo 
xisob 
kitoblarining 
muxim 
muammolarini ko‘rsating? 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling