O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Rasm.Mumkin bo'lgan o'zaro ta'sir modellari


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

Rasm.Mumkin bo'lgan o'zaro ta'sir modellari 
Bugungi kunda yirik mayning pullari faoliyatini ta‘minlovchi uskunalar 
qiymatining minimal bahosi 15 mln dollarni tashkil etadi. 
Foydalanuvchilar 
Markaziy 
bank 
Konchilar 
Serverlar 
Moliya 
institute 


93 
Ikkinchi modelga muvofiq, kriptovalyuta emitenti sifatida moliya 
tashkilotlarining o‗zi bo‗ladi. Bu holatda oldingi variantlarga qaraganda markaziy 
bank MT ga kriptovalyutaning markazlashtirilgan mayningini yuboradi.
Bu erda o‗zaro ta‘sirning yana ikkita variantini ko‗rish mumkin.
Uchinchi modelda mamlakat hududida yagona kriptovalyutali integratsiya 
qilingan kriptotizim ko‗riladi. PO ni ishlab chiqish markaziy bank vazifasi bo‗lib 
qoladi, MT esa dasturlardan foydalanishga litsenziya oladilar. Mayning va 
foydalanuvchilar tranzaksiyalarini qayta ishlash uchun quvvatlarga ketadigan 
xarajatlarni qoplash tizimga qo‗shilgan MT lar zimmasida qoladi. Moliya 
tashkilotining mayningi hajmi oldindan MB bilan kelishilgan bo‗lishi lozim. 
Infratuzilmaning ushbu varianti bilan bo‗lgan holatdaga zarur talab – uchtadan 
kam bo‗lmagan MT larning mavjudligi va bitta MT ixtiyoridagi 51% dan ziyod 
maynerlar konsentratsiyasini istisno qilish. 
To‗rtinchi modelga ko‗ra, MT lar avtonom kriptotizimlarni amalga oshiradi. 
Dasturiy ta‘minot ishlanmasi bilan moliya tashkiloti shug‗ullanadi, o‗zini 
quvvatlar bilan ham o‗zi ta‘minlaydi va markaziy bankga nazorat uchun interfeys 
taqdim etadi. Kriptovalyuta muomalasi faqat MT infratuzilmasi doirasida amalga 
oshiriladi. Mayning hajmi oldindan MB bilan kelishilgan bo‗lishi lozim. 
Konsepsiyada: markazsizlashtirilgan kriptotizimlar texnologiyasi mohiyatini 
tushunmoq lozim, unga muvofiq tranzaksiyalar miqdorining oshishi ushbu 
tranzaksiyalarni qayta ishlash uchun ko‗proq quvvatlar talab etadi, kriptovalyuta 
topish murakkabligining pasayishi esa tizim xavfsizligi darajasining pasayishiga 
olib keladi. Shu bois birlamchi mayningning ma‘lum vaqt davomida 
kriptovalyutani qo‗shimcha chiqarmasdan tizim faoliyat ko‗rsatishi uchun etarli 
bo‗lgan hisob hajmini asos qilib qo‗yish kerak.
Yana shuni inobatga olish lozimki, kriptovalyutani MB ning maxsus 
hisobida qonuniy pullarni depozitlash evaziga MT hamyoniga o‗tkazgandan keyin, 
elektron pullar ta‘minotining majburiy rezervlari hisobi bo‗yicha kriptovalyutani 
oldindan to‗langan, hisob-kitob vositasi sifatidagi moliya mahsuloti sifatida ko‗rib 
chiqsa bo‗ladi. Konsepsiya muallifi rejasi bo‗yicha, kriptovalyuta, naqd pulsiz 
hisob-kitob shakli bo‗lib, qonuniy pul bilan to‗liq ta‘minlanishi lozim. 
Kriptovalyutaning qoplanmasi

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling