O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 Davlatlararo darajasidagi blokcheyn


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

3.4. Davlatlararo darajasidagi blokcheyn 
Virtual 
valyutalarni butun jahon 
moliya tizimining fundamental 
o‗zgarishining lokomotivi, ular hattoki SWIFT ni ham o‗rnini bosishi mumkin. 
Ko‗pgina kriptovalyutalar asosida yotgan blokcheyn-texnologiya har qanday 
shaklga kira oladigan raqamli belgilarga almashinuvga yo‗naltirilgan protokoldir. 
Ya‘ni, SWIFT kabi, blokcheyn ham milliy yurisdiksiya doirasidan chiqadi. Bu 
tarzda, misol uchun, Colored Coins investitsion kompaniyasi o‗z faolligini 
rivojlantirib, u investitsiyalar bozorini blokcheyn-texnologiyalar yordamida tahlil 
qiladi. Undan tashqari, qoplash hududi bo‗yicha blokcheyn SWIFT ni orqada 
qoldiradi, chunki to‗liq kompyuter texnologiyalariga asoslangan. Ushbu bozorda 
vujudga keladigan qiyinchiliklarga qaramasdan, hukumatlar tomonidan tartibga 
solinadigan moliya va valyuta bozorlari ancha halokatli oqibatlar bilan inqirozlarga 
uchragani ham kriptovalyutalar foydasiga yuradi. Va nihoyat, xalqaro valyuta 
tizimi sohasidagi ko‗plab mutaxassislar blokcheyn texnologiyasining tez 
rivojlanishi tufayli "dollarcheyn" yoki "evrocheyn" paydo bo‗lishini taxmin 
qilmoqdalar. 
Blokcheyn BMT dasturlarida 
BMT tashkil qilgan Butunjahon oziq-ovqat dasturi (BOOD) 2017 yil 
boshida birinchi bor Ethereum blokcheynini muvaffaqiyatli qo‗lladi. Building 
Blocks nomli birinchi muvaffaqiyatli test yanvar oyi Pokistonda o‗tkazildi: 100 
kishi Ethereum test tarmog‗ida tasdiqlangan tranzaksiyalar yordamida 3000 rupiya 
va oziq-ovqat oldilar. 
2017 yil 1 may kuniga Iordaniyada tajribaga start e‘lon qilindi: BOOD 
moliyaviy qo‗llab-quvvatlanish va oziq-ovqatga muhtoj 10 000 dan ortiq 
foydalanuvchilarga ma‘lum miqdorda dinar yuboradi. Loyiha maqsadi – 2018 
yilga kelib oluvchilar soni 500 000 ga etishishiga erishish. 2015 yilda BOOD 
doirasida jami 680 mln dollarlik insonparvarlik yordami yuborildi. Mavjud tizim 
hali komissiyalardan, foydalanuvchilarning mahfiy emasligi va turli xavflardan 
aziyat chekmoqdaki, qachonki ushbu barcha muammolarni blokcheyndagi 
tranzaksiyalarga o‗tish yordamida hal etish mumkin.
O‗zini tekshirish uchun savollar 
1. Kris Skinner virtual valyutalar xaqidagi fikri. 
2. "dollarcheyn" yoki "evrocheyn" paydo bo‗lishini taxminlar. 


97 
3. BMT tashkil qilgan Butunjahon oziq-ovqat dasturi (BOOD) birinchi bor 
Ethereum blokcheynini nechanchi yilda muvaffaqiyatli qo‗lladi? 
4. Building Blocks nomli birinchi muvaffaqiyatli test birinchi marta qaysi 
mamlakatda qo‘llanildi? 
5. 2017 yil 1 may kuniga Iordaniyada tajribaga start nima edi? 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling